Ichki kasalliklar


Davolash  va  birinchi  tibbiyot  yordami


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  birinchi  tibbiyot  yordami.  Davo  tadbirlari  dastavval 

organizmdan zaharli moddalarni chiqarib tashlashga qaratiladi. Bu  maqsadda 

bemordan ko’p miqdorda (400-700 ml) qon olinadi. Teri ostiga, venaga yoki 

tomchili  klizma    shaklida  izotonik  eritma  yoki  glyukoza  eritmasi  yuboriladi. 

Ayni  vaqtda  parhez  buyuriladi.  Ovqat  ratsionida  oqsil  miqdori  cheklanadi 

(sutkada 20-25 g).. Osh tuzining miqdori ham kamaytiriladi yoki muqlaqo tuz 

berilmaydi  (tuzsiz  parhez).  Bemor  iste’mol  qilinadigan  ovqat  kaloriyali, 

uglevodlar  va  sabzavotlardan  iborat  bo’lishi  lozim.  Buyrak  sohasiga  issiq 

grelka  qo’yish  diurezni  kuchaytirib,  bemor  ahvolini  birmuncha  yaxshilaydi. 

Bemorga narkotiklar va uyqu dori (xloralgidrat, lyuminal) beriladi.  

 

Pielit 



 

Buyrak jomining yallig’lanishi pielit deyiladi. 

 

Etiologiyasi. Buyrak jomiga infeksiya tushishi oqibatida paydo bo’ladi. 

Ichak  tayoqchalari,  limfa  yo’llari  orqali,  boshqa  mikroblar  (stafilokokk, 

streptokokk)  esa  qon  orqali  buyrak  jomiga  o’tadi.  Qabziyat  buyrak  toshi 

kasalligi, siydik tutilishi va boshqa kasalliklar pielitga sabab bo’ladi. Kasallik 

kechishiga qarab o’tkir va xronik bo’ladi.  

 Belgilari. O’tkir pielit et uvshishi bilan boshlanadi. Isitma ko’tarilib, 38-

40

0

  ga  yetadi.  Bel  va  biqin  og’riydi.  Siydik  loyqa,  ba’zan  yiring  aralash 



bo’ladi.  Bir  oz  oqsil  ham  uchraydi.  Mikroskopda  tekshirilganda    ko’p 

miqdorda leykositlar, buyrak jomi epiteliy hujayralari bo’ladi. Eritrositlar oz 

bo’lishi,    bir-ikkita  mumsimon  silindr  uchratish  mumkin.    Siydik  og’riqli 



bo’lib, buyrak sohasi tukillatib ko’rilsa,  (Pasternatskiy belgilari), kasallangan 

tomonda kuchli og’riq seziladi. Qonda leykositoz bo’lib, ROE tezlashadi.  



Xronik pielit aksariyat isitma ko’tarilishi (37,5

0

) bilan kechadi. Orqadan 



buyrak  sohasi  tukkilatib  ko’rilganda  og’riq  seziladi.  Siydik  tekshirilganda 

o’tkir pielitdagi kabi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Leykositlar deyarli kam 

uchraydi.  Ba’zi  hollarda  pielit  asorati  nefritga  va  pielonefrozga  aylanishi 

mumkin. 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling