Ichki kasalliklar


O’tkir  nefritning  formalari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

O’tkir  nefritning  formalari.  O’tkir  nefritning  gemorragik,  shishli 

gepirtonik  formasi  bo’lib,  gemorragik  formasi  qattiq  bosh  og’rishi, 

gematuriya,  al’buminuriya bilan xarakterlanadi. Shishli gepirtonik formasida 

bosh og’rishi, shish, nafas qisishi va gematuriya kuzatiladi.  

Oldini  olsh  va  davolash.  Yuqumli  kasalliklar  (angina,tepki,  pnevmoniya, 

tonzillit va hokazolar) paydo bo’lishining oldini olish kerak.  

Organizmni  chiniqtirish  uchun  sport  va  fizkultura  bilan  shug’ullanish, 

og’iz bo’shlig’ini sanatsiya qilib turish, gavdani qattiq sovib ketishdan saqlash 

muhim  omillardan  biridir.  O’tkir  nefritga  duchor  bo’lgan    bemorlar 

kasalxonada  davolanadi. Bemor yotgan  palata yorug’ va quruq, issiq, havosi 

toza  bo’lishi  kerak.  Bemorga  parhez  buyuriladi.  Tuz  va  suv  miqdori 

cheklanadi. Chekish va spirti ichimliklar ichish qat’iy man etiladi.  

 

Bemor  iste’mol  qiladigan  taomlar  asosan    uglevodlar  (shirin  bo’tqa, 



tuzsiz  yopilgan  non,  qand,  qiyom,  asal,  ho’l  mevalar,  sariyog’,  suzma, 

kartoshka, sut va hokazolar) dan iborat bo’lishi kerak. Ovqat  mahsulotlarida 

oqsilni  kamaytirish  lozim.  O’tkir  nefritning  og’ir  shaklida  bemor  tanasida 

shish  ko’p  bo’lsa,  bemor  och  qoldiriladi  (ovqat  erilmaydi,  suyuqlik  ham  oz 

beriladi).  Bemor  ichgan  suyuqlik  sutkada  ajratgan  siydigi  bir-biriga  teng 

bo’lishi  shart.    Bu  hol  nazorat  qilib  turiladi.    Bundan  tashqari  hamshira 

bemoring ichak va yurak faoliyatini kuzatib turishi kerak. Bemor antibiotiklar 

(penitsilin,  streptomitsin)  beriladi.  Siydikda  qon  paydo  bo’lsa,  (gematuriya), 

bemorga  kalsiy  xlorid  eritmasi,  shuningdek,  K  vitamin  buyuriladi.  Yurak 

faoliyati  susaysa,  adonis,digitalis  chirilib,  strofantin  va  karglikon,  glyukoza 

inyeksiya qilinadi. Buyrakda qon aylanishini yaxshilash va og’riqni qoldirish 

maqsadida buyrak sohasiga iliq grelka quyiladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling