Ichki kasalliklar


Davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  oldini  olish.  O’tkir  sistetda  bemor  o’rinda  yotishi  kerak, 

unga  ko’p  suyuqlik  (sut,  mineral,  ishqorli  suvlar)  ichish  buyuriladi.    Parhez 

tayin  qilinadi:  sutli  va  sabzavotli  ovqatlar  beriladi.  Iliq  vannaga  tushish, 

buyrak  sohasiga  issiq  grelka  quyish  tavsiya  etiladi.  Dorilardan  sulfanilamid 

preparatlari,  furadonin,  antibiotiklar  beriladi.  Xronik  sistetda  parhezdan 

tashqari,  mineral  suvlar  va  dezinfiksiyalovchi  dorilar  berib,  qovuq  kaliy, 

permanganat (margansovka) ning suyuq eritmasi bilan yuviladi. Qolgan davo 

choralari pielitdagi kabi. 

 

Sistetning  oldini  olish  kasallikning  avj  olishiga  imkon  berdigan 



sabablar(qovuqdan  siydik  to’xtab  qolishi,  kateterni  yaxshilab  sterillamasdan 

kiritish, so’zak, pielitni to’la davolamaslik va boshqalar) ni bartaraf etishdan 

iborat. 

Nefroz 

 

Nefroz  buyrak  kanalchalari  epiteliysida    degenerativ  o’zgarishlar  ro’y 



berishi  bilan  kechadigan  kasallikdir.  Kechishiga  ko’ra  o’tkir  va  xronik 

bo’ladi. 

 

Etiologiyasi. Xronik yuqumli kasallik  (maalan, sil), o’pkaning yiringli 

kasalliklari  (bronxoektaziya),  suyak  kasalliklari  (osteomelit),  sulemadan 

zaharlanish  va  boshqalar  nefrozning  kelib  chiqishiga  imkon  beradi.  Nefroz 

aksariyat  xronik  nefritning  rivojlanish  bosqichlaridan  biri  hosoblanadi. 

Organizmda  moddalar  almashinuvi  buziladi.  Buyrak  kattalashib,distrogfik 

protseslar kechadi. Kanal epiteliysida maxsus oqsil yoki yog’simon moddalar 

(lipoid) yig’ilib qoladi. 

 

Belgilari.  Kasallik,  odatda,  ertalab  yuzning  shishib  ketishi  bilan 

boshlanadi.  U  rivojlangan  sari  shish  gavdaga  tarqaladi.  Bemorning  rangi 

oqarib,  shishgan  qismlari  yuzasi  yaltiroq  va  quruq  bo’ladi.  Bemor 

darmonsizlik, bosh og’rig’i, ishtaha yo’qligi, shish tufayli yaxshi harakat qila 

olmasligidan  shikoyat  qiladi.  Ba’zan  ichki  organlar  ayniqsa,  qorin 

bo’shlig’ida  ham  shish  paydo  bo’ladi.  Arterial  bosim  odatda  ko’tarilmaydi. 

Siydik  kam  ajraladi,  solishtirma  og’irligi  yuqori,  rangi  qo’ng’ir,  reaksiyasi 

ishqoriy bo’ladi. Nefrozning eng xarakterli belgilaridan biri albuminuriya va 

siydikda  oqsil  ko’payishidir.  Kasalning  og’ir  formasida  siydikdagi  oqsil 

miqdori  30%  ga  yetadi.  Siydik  cho’kmasida  gialin  donali  va  mumsimon 

silindrlar,  shuningdek  buyrak  epiteliysi  hujayralari  bo’ladi.  Oqsil  va  yog’ 

almashinuvning  buzilishi,  ko’p  oqsil  yo’qotish  tufayli,  organizmning 



infeksiyaga  nisbatan    qarshiligi  kamayadi.  Natijada  bemor  tasodifan 

qo’shilgan infeksiyadan o’lib qoladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling