Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Proflaktikasi.    O’pkaning  yiringlashishiga  olib  keladigan  sabablar 

bartaraf etiladi: spirtli ichimliklar ichish qatiy man etiladi: to’g’ri kun tartibi 

tutiladi  va  o’pka, bronxlarning  o’tkir  va  surunkali  kasalliklarini    o’z  vaqtida 

to’g’ri  davolash  choralari  ko’riladi.  Ayniqsa,  keksalardagi  o’tkir  zotiljam 

kasalligini o’z vaqtida davolashga e’tibor berish zarur.  

 

O’PKADAN QON KETISHI 

 

O’pka  bronxlarning  turli  kasalliklarida  (masalan,  o’pka  gangrenasi, 



saramas,  bronxektaziya,  o’pkaning  jarohatlanishi  va  hokazolarda)  o’pkadan 

qon  ketadi.  Buning  sabablarini  aniqlash  terapiya  choralarini  ko’rish  muhim 

ahamiyatga ega. O’pkadan ajralgan qon miqdoriga qarab, shartli ravishda qon 

tupurish va o’pkadan qon ketishi farq qiladi. Qon tupurishda balg’amga qon 

aralashgan  bo’lib,  bunda  deyarli  ko’p  qon  yo’qotmaslik  mumkin.  Qon  

ketishida esa bemor ko’p qon yo’qotadi, hatto og’zi qonga to’lib ketadi.  

 

O’pkadan qon ketishi va qon tupurishda bemorga tamomila  tinch sharoit 



yaratish,  boshini  bir  oz  balandroq  qilib  yotqizish,  hamshira  esa  uning 

ahvolidan xabardor bo’lib turishi lozim. Bemor ortiqcha harakatlar qilmasligi, 

ko’p  gapirmasligi  kerak.  Aks  holda  qon  tupurish  va  qon  ketishi  yana 

takrorlanishi  mumkin.    Bunday  hollarda  bemorga  beriladigan    suyuqlik  va 

ovqat miqdori cheklangan bo’lishi kerak.  Unga yengil singadigan bo’tqalar, 

jele (jelatin, qon to’xtatishga yordam beradi), ilitilgan tuxum beriladi.  Klizma 

qilib,  ichagi  tozalab  turiladi.  Birinchi  yordam  tariqasida  bemorga  choy 

qoshiqda  osh  tuzi  eritmasi  ichiriladi.  Narkotik  moddalar  berish  man  etiladi. 

Aks holda nafas olish faoliyati buziladi.  Qattiq yo’tal tutsa,  bemorga kichik 

miqdorda kodein yoki dionin beriladi. Qonni to’xtatish uchun kalsiy xlorid va 

gipertonik  eritmalar  ichiriladi.  Qonning  ivishini  tezlashtirish  maqsadida  

vikosol  beriladi.  Basharti,  qon  ketishi  to’xtamasa,  o’pkaning  zararlangan 

qismiga sun’iy pnevmotoraks qilinib, bemorga qon quyiladi. Ayrim hollarda 

jarrohlik  usuli  bilan  davolanadi,  ya’ni  o’pkaning  zararlangan  qismi  olib 

tashlanadi.  




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling