Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Profilaktikasi.  Kasallikning    profilaktikasi  plevritda  sabab  bo’luvchi 

kasalliklarning  oldini  olish,  ularni  o’z  vaqtida  davolash:  sil,  o’pkaning  turli 

kasalliklarining,  sil  sababiga  ega  bo’lmagan  o’pka  kasalliklarining  oldini 

olishdan iborat. 

 



Tomir va yurakdagi o’tkir yetishmovchiliklar 

 

Tomirdagi  o’tkir  yetishmovchiliklar  ular  tonusining  pasayishi,  vena  va 



kapilyar  qon  tomirlarining  kengayishi  oqibatida paydo bo’ladi.  Natijada  qon 

bosimi  pasayib  ketadi.  Bunda  qorin  bo’shlig’i  organlarida  qon  to’planib 

qolishi oqibatida yurakka qon oqib kelishi kamayadi.  

 

Etilogiyasi. Tomirlardagi o’tkir yetishmovchilikka aksariyat nerv psixik 

travma, markaziy nerv sistemasining travmasi, og’ir jarohatlanish operatsiya, 

qon yo’qotish, intoksikatsiya, ifeksiya va hokazolar sabab bo’ladi. Bu kasallik 

hushdan ketish, kolaps va shok shaklida yuzaga chiqadi. Hushdan ketish qisqa 

muddatli bo’lib, yurak faoliyatining susayishi, bemor rangining oqarib ketishi, 

lab  ko’karishi,  oyoq  qo’lning  muzlab  qolishi  bilan  xatrakterlanadi.  Hushdan 

ketish miya qon bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibatida miya qisqa muddatli 

anemiya  hosil  bo’lishidan  yuzaga  keladi.  Hushdan  ketishning  asosiy 

sabablari:  ko’p  qon  ketishi,  holdan  toyish,  ochlik,  uzoq  muddat  tik  turish, 

qattiq  og’riq  to’satdan  kuchli  hayajonlanish  va  shuning  kabi  hodisalardir. 

Uzoq muddatli hushdan ketish bemor hayoti uchun xavfli bo’lib, bunda yurak 

faoliyati susayib ketadi.  

 

Shok va kollaps 



 

Infeksiya  va  intoksikatsiyalarda  tomirlarning  o’tkir  yetishmovchiligi 

tufayli qon aylanishining buzilishi  kollaps deb ataladi: jarohatlanish, travma, 

kuyish, perforativ peritonitda bo’ladigan kollaps holat shok deyiladi. 

 

Belgilari.  Shok  yoki  kollaps  vaqtida  bemor  hushdan  ketmaydi,  u  faqat 

o’zini  zaif sezadi.  Gavda temperaturasi  normadan pastga tushadi, oyoq-qo’li 

muzlab qoladi, ko’z qorachig’i kengayadi; yuzi kul rang tusga kiradi va sovuq 

yopishqoq  ter  bilan  qoplanadi.  Tili  quruq  bo’ladi,  bemor  tashnalik  sezadi, 

nafas  yuzaki,  puls  tezlashgan,  sezilarsiz  bo’lib,  ba’zan  butunlay  qo’lga 

bilinmaydi. Arterial hamda venoz qon bosimi pasaygan va siydikning miqdori 

ancha kamaygan bo’ladi. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling