Ichki kasalliklar
Davolash va progilaktikasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
Davolash va progilaktikasi. Kasallik xurujlari oralaridagi davrda davo
keyingi xurujning oldini olishga qaratiladi. Xuruj qilganda hamshira, shifokor kelguncha bemor ahvolini yaxshilash choralarini ko’rishi, kiyimboshni yechishi, xona havosini yengillatib turishi, bemorni tinchlantirishi lozim. Kasallik xuruj qilganda turli bemorlarga turlicha davo choralari ko’riladi. Aksariyat hollarda teri ostiga adrenalin (0,1% li eritmasida 0,3-0,7ml) yuborish yaxshi natija beradi. Ba’zi bemorlar teri ostiga 5% li efedrin eritmasidan 1ml inyeksiya qilinadi. Efedin bilan adrenalin eritmasi qo’shib yuborilsa, ta’sir kuchi uzoq muddat saqlanadi. Bundan tashqari kasallik xurujini bartaraf etish uchun venaga 2,4% li eufillin eritmasidan 7-10ml yuboriladi. Ko’pincha dorilarni ingalyatsiya orqali berish yaxshi natija beradi: sambutamol, berotik, berodual, terbutalin, fenoterol har 3-5 soatda aksariyat salmeterol, formoterol har 12 soatda ishlatiladi. Ba’zi paytlarda ishlatiladigan gormonlar kortikosteroidlar (ingalyatsiya, ichish yoki venaga yuborish usullari) bronxial astma kasalligini og’irlik bosqichiga qarab(1-2-3-4 va 5 bosqichiga) bo’linadi.
Kasallik xurujlari oralarida bemor hayotini tartibga solish va nerv tizimini mustahkamlash uchun suv muolajalari, psixoterapiya, nafas gimnastikasi buyuriladi. Bundan tashqari, bemorni davolashda AKTG kortizon, prednizolin, astmatol, antastman, dimedrol kabi dorilar hamda, 10% li kalsiy eritmasi ishlatiladi. Ayrim hollarda kasallik xurujini kamaytirish maqsadida bemorning iqlim sharoitini o’zgartirish katta ahamiyatga ega.
Bu plevra pardasining yallig’lanishidir. Belgilariga qarab, quruq va ekssudatli bo’ladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling