Ichki kasalliklar


Etiologiyasi  va  patogenezi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Etiologiyasi  va  patogenezi.  Aksariyat  plevrit  o’pka    sili,  zotiljam, 

revmatizm, shikastlanish, shuningdek, o’pkaning gemorragik infarkti, uremiya 

oqibatida paydo bo’ladi.  

 

Quruq  plevrit.  Belgilari:  kasallik  to’satdan  boshlanadi.  Biqin  sanchib 

og’riydi;  yo’talganda  va  qimirlaganda  og’riq  zo’rayadi.    Shu  boisdan bemor 

kasal tomoniga   yonboshlab yotishga  majbur bo’ladi.  Uning  tinkasi quriydi, 

o’zini  noxush  sezadi,  ishtahasi  yo’qoladi,  kechalari  ko’p  terlaydi.  O’pka 

auskultatsiya  qilinganda  plevrada  ishqalanish  shovqinni  bemalol  sezadi. 

Bemor  obyektiv  tekshirilganda  kasallangan  tomonning  nafas  olishdan  ortda 

qolganligi  kuzatiladi.  Plevritda  ko’pincha  ko’krak  qafasi  og’rib,  yelka  va 

qo’ltiqqa,  ba’zan  qoringa  tarqaladi.  O’pkadagi  og’riqdan  tashqari,  bemorni 

quruq yo’tal bezovta qiladi.  Tana harorati ko’pincha subfebril, ba’zan yuqori 

(38-39


0

)  bo’ladi.  isitma  yurak  faoliyatining  tezlashuvi  va  ko’p  terlash  bilan 

birga kuzatiladi.  

 

Quruq  plevrit  bilan  o’grigan  bemor    rentgenda  tekshirilganda    bir  xil 



kattalikdagi  qorong’ulik  ko’rinadi.  Diafragmaning  zararlangan  tomonning 

harakatlanishi  orqada  qoladi.    Bemor  1-2  haftadan  so’ng  sog’ayib  ketadi. 

Kasallik ba’zan uzoq davom etishi mumkin.  

 

Davolash.  Bemor    tanani  harorati  tushguncha  o’rinda  yotishi  zarur. 



Ko’krak  qafasining  og’riq  paydo  bo’lgan  tomoniga  gorchichnik  isituvchi 

kompress  qo’yiladi.  Og’riqni  qoldirish  va  yo’talni  pasaytirish  maqsadida 

kodein  yoki  dionin  beriladi.  Salitsiltlar,  butadion  va  piramidon  buyuriladi. 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  quruq  plevrit  ko’pincha  o’pka  siliga  aylanishi 

mumkin.  Shunga  ko’ra,  bunday    bemorlar  dispanser  nazoratida  bo’ladi  va 

streptomitsin PASK bilan davolanadi. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling