Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Oqibati  va  asorati.    O’pka  absessi  aksariyat  hollarda  terapevtlik 

davolashda moyil bo’lib, 4-5 haftada bemor sog’ayib ketadi. Ba’zan o’pkadan 

qon  ketishi  mumkin.  O’pka  gangrenasini  esa  davolash  qiyin.  Kasallikdan 

yiringli  plevrit  asorati  qoladi.  Jiddiy  asoratlardan  biri  piopnevmotoraks 

(yiringning  plevra  bo’shlig’iga  yorib  o’tishi)  bo’lib,  bunda  bemor  biqinida 

to’satdan  og’riq  paydo  bo’ladi.  ba’zan  kollaps  beradi,  hatto  bemor  o’lib 

qolishi ham mumkin.  

 

Davolash  va  parvarish  qilish.  Bemor  darhol  kasalxonaga  yotqiziladi. 

Asosan,  antibiotiklar  bilan  davolanadi.  Bunda  balg’amdagi  mikroblarning 

tarkibini aniqlashda va antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlash katta 

ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari  sulfanilamid  vositalari  ham  beriladi.  Ular 



ba’zan  bemorlarda  ko’ngil  aynish,  teriga  toshmalar  toshishi,  qichina  kabi 

qo’shimcha ta’sir ko’rsatishi mumkin.  

 

Bunday  hollarda  sulfanilamid  dorilarning  me’yori  kamaytiriladi,  ba’zan 



butunlay  berilmaydi.    Antibiotiklar  sulfanilamid  vositalar  bilan  birga 

ishlatilganda  yaxshi  natija  berdi.  Bemorni  parvarish  qilishda  dastavval  

terisining  tozaligiga  ahamiyat  berish  zarur.  Yotoq  yara  hosil  bo’lmasligining  

oldini  olish,  bemorni  karavotning  oyoq  yoki  bosh  tomonidan  20-30  sm  ga 

ko’tarib  qo’yish  lozim.  Bemor  taomi  yuqori  kaloriyali,  ayniqsa  oqsilga  boy 

bo‘lishi kerak.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling