Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Belgilari.  Tanada  shish  paydo  bo’ladi,  gipertoniya  kuzatiladi,  siydik 

o’zgaradi,  buyrak  yallig’lanishi  oqibatida  og’riq  paydo  bo’ladi.  Buyrak 

kasalligiga  diagnoz  qo’yishda  oddiy  klinik  tekshirish  (bemorni  ko’zdan 

kechirish,  savol-javob  qilish,  paypaslash  va  hokazolar)  dan  tashqari  maxsus 

laboratoriyada  asboblar  yordamida  tekshirish  usullari  katta  ahamiyatga  ega. 

Buyrak  kasalliklari  ba’zan  bemorlarda  tamomila  sezilarsiz  darajada  kechishi 

mumkin. Biroq siydikka tegishli o’zgarishlar paydo bo’lishi, buyrak va siydik 

yo’llarida biror kasallik paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Siydik tarkibiga 

qarab,  kasallikning  xarakteri,  og’ir-yengilligi  haqida  fikr  yuritish  mumkin. 

Shu  boisdan  siydikni  tekshirish  kasallikka  diagnoz  qo’yishda  muhim 

ahamiyatga  ega  bo’lib,  bemorga  tegishli  davo  choralarini  ko’rish  imkonini 

beradi.  

 

Siydik  miqdori  normada  bir  sutkada  taxminan  1000-1600ml  bo’lib, 



rangi  somon  rangiga  o’xshash.  Solishtirma  og’irligi  1015-1020  ga  teng. 

Solishtirma  og’irligining  oshishi,  siydik  miqdorining  ko’payishi,  tarkibida 

yiring, qon bo’lishi buyrak va siydik yo’llari kasallanganligini ifodalaydi.    

 

Nefrit  



 

Buyrak  yallig’lanishi  nefrit  deyiladi.  U  diffuzli  bo’lib,  bunda  har  ikki 

buyrak  parenximasi  yallig’lanadi.  O’choqli  nefritda  normal  parenximalar 

orasida  yarim  yallig’langan  uchastkalar  joylashib,  ular  bitta  har  ikkala 

buyrakka bo’lishi mumkin.  

 

Nefrit  o’tkir  va  xronik bo’ladi.  O’tkir  diffuzli  nefrit  (gromelunefrit)  ga 



aksariyat  streptokokk  infeksiyasi  sabab  bo’ladi.  O’tkir  nefrit  angina,  gripp, 

skarlatina,  pnevmoniyadan,  ba’zan  organizmning  shamollashidan  paydo 

bo’ladi.  Buyrakka  kirgan  begona  oqsilga  nisbatan  ro’y  bergan  allergik 

reaksiya ham o’tkir nefritga sabab bo’ladi.  

 

Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Bemorlar asosan bosh og’rig’i, 

shish,  bel  og’rig’i,  to’sh  osti  sohasida  o’girlik  sezish,  nafas  qisishi  va  kam 

siydik ajralishidan shikoyat qiladilar. Ularning yuzi va qovog’i kerikib, rangi 

oqarib  ketadi.  Shish  borgan  sari  zo’rayib,  bemorni  vaznini  oshirib  yuboradi. 

Yotib  qolgan  bemorlar  belida,  jinsiy  organlar  sohasida  va  oyoq  qo’lda  shish 

paydo  bo’ladi.  Unga  gipertoniya  qo’shilib  nafas  qisa  boshlaydi.  Yurak 

yetishmovchili  ro’y  berib,  chap  qorinch  kengayadi.  Ba’zan  yurak  sohasida 

o’g’riq,  aortada  ikkinchi  ton  ro’y  beradi.  Sistolik  shovqin  yurak  uchida 

eshitiladi.  Bronxit,  o’choqli  pnevmoniya,  o’pka  yallig’lanishi  paydo  bo’ladi. 

Meda ichak traktikada deyrli o’zgarish bo’lmaydi. Faqat bemorlarning ko’ngli 




aynib,  qusishi  mumkin.  Diffuzli  shish  tufayli  jigar  kattalashadi  va  qon 

aylanishi buziladi. Ko’z soqqasining tubi qizaradi. Ko’z to’r pardasiga nuqtali 

qon  qo’yilib,  burun  qonaydi.  Qondagi  umumiy  oqsil  5-6%  gacha  kamayadi. 

Al’bumin kamayib, globulin, fibrinogen ortadi.  

 

O’tkir  nefritning  muhim  belgilari:  gematuriya,  oliguriya,  siydikning 



loyqa  bo’lishi,  rangining  esa  to’q  sariq  yoki  go’sht  selining  rangiga 

o’xshashidir.  Siydikning  solishtirma  og’irligi  yuqori,  oqsil  miqdori  1% 

atrofida bo’ladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling