Ichki kasalliklar


Davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  oldini  olish.  Davo  choralari  kasallikning  klinik 

ko’rinishiga  qarab  olib  boriladi.  Bemorni  davolashda  parhezning  roli  juda 

katta.    Kasallik  qaytalaganda  bemor  o’rinda  yotishi  kerak.  Qovdagi  azot 

miqdori deyarli normal bo’lsa, bemorga oqsilga boy sutli taomlar buyuriladi. 

Aksincha  buyrakning  azot  ajratish  funksiyasi  buzilgan  bo’lsa,  oqsil  miqdori 

keskin  cheklanadi.  Bemor  shishib  ketgan  bo’lsa,  ovqat  ratsionida  osh  tuzi 

(sutkasiga  2-3  g)  va  suyuqlik  miqdori  kamaytiriladi.  Uglevod  va  yog’larni 

bemorlar  yaxshi  hazm  qilganligi  uchun  ularni  ko’ngil  ko’targancha  iste’mol 

qilish  mumkin.  Badanda  shish  bo’lsa,  siydik  haydovchilardan  gipotiazit 

buyuriladi.  Keyingi  vaqtda  bunday  hollarda  adrenokortikotrop  gormonlar 

(kortizon,  prednizondan)  foydalanish  yaxshi  natija  bermoqda.  Bemorlardagi 

kamqonlikni  davolash  va  oldini  olish  maqsadida  V

12

  vitamin  inyeksiya 

qilinadi,  qon  quyiladi,  temir  preparatlari  beriladi.  Kasallikning  oldini  olish 

uchun  infeksiya  manbalari  (tonzilitlar,  gaymorit),  shuningdek,  o’tkir  nefritni 

bartaraf etish va organizmni chiniqtirish kerak.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Buyrak eklampsiyasi 

 

O’tkir  nefritning  muhim  asoratlaridan  eklampsiyasi  miyada  qon 



aylanishining buzilishi, miya kapilyarlari o’tkazuvchanligining oshishi tufayli 

vujudga  keladi.  Eklampsiya  xuruji  boshlanishidan  oldin  ba’zan  bemorning, 




boshi qattiq og’riydi. Kasallik arterial bosimning ko’tarilishi bilan boshlanadi. 

Eklampsiya  uchun  xarakterli    belgilardan  yana  biri  miyadagi  o’zgarishlardir. 

Bunga sabab miya tomirlarining torayishi natijasida anemiya va miyada shish 

paydo  bo’lishidir.  Eklampsiya  xuruji  to’satdan  boshlanib,  bunda  mayda 

muskular tirishadi va uchib turadi. Og’izdan ko’pik chiqadi. Ko’z qorachig’i 

yorug’likka reyaksiya bermaydi. Es-hush yo’qoladi, tirishish 5-10 minut hatto 

yarim  soatgacha  davom  etadi.  Xuruj  vaqtida  puls  sekinlashadi.  Arteriya  va 

orqa  miya  bosimi  oshadi.  Ko’z  xiralashadi.  Ba’zan  tirishishdan  so’ng  psixik 

hayajonlanish sutkagacha davom etishi mumkin. Bunda bemor bezovtalanadi, 

to’lg’anadi, ko’zlari g’ilaylashadi. Aksari bemorlar tilini tishlab oladi. Bemor 

o’ziga  kelgach,  uzoq  vaqtgacha  dovdiragan  holatda  bo’ladi.  Atrofdagilarga 

loqayt qaraydi, sust harakat qiladi. Ba’zan buning aksi kuzatiladi, u bezovta v 

tajovuzkor bo’ladi.  Bu davrda bemorlarda o’tib ketadigan ko’rlik yuz beradi. 

Ular  xuruj  vaqtida  o’zlarini  qanday  tutganliklarini  eslay  olmaydilar. 

Eklampsiya xuruji kuniga bir necha marta takrorlanishi mumkin. Bunda ko’p 

miqdorda  (300-500ml)  qon  olinadi,  orqa  miya  kanaliga  punktsiya  qilinadi. 

Xloral  gidratdan  klizma  buyuriladi.  Orqa  miya  bosimini  tushurish  uchun 

venaga  tomchilab  100-150  ml  10%  li  magneziy  sul’fat  eritmasi  yuboriladi. 

Buyrak  sohasiga  novokain  eritmasidan  blokada  qilinadi.  Parhez  buyuriladi. 

Suyuqlik cheklangan miqdorda beriladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Azotemik uremiya 



 

 

Buyrak  funksiyasidagi  yetishmovchilik  natijasida  organizmning  azot 



qoldiqlari  bilan  zaharlanishi  azotemik  uremiya  deb  ataladi.  Uremik  holat 

asta-sekin  rivojlana  borib,  bemor  ahvolining  yomonlashuviga  olib  keladi. 




Uremiyaning dastlabki belgilari: bosh og’rig’i, ishtahaning pasayishi; ko’ngil 

aynishi, bo’shashish,  uyquchanlik, terining qichishi va boshqalar. Bu belgilar 

oylab  davom  etishi  natijasida  bemor  ahvoli  tobora  og’irlashib  boradi.  Tili 

qurib,  karash  boylaydi;  og’zida  siydik  hidi  keladi;qon  aralash  ichi  ketadi. 

Nafas  olish  markazida  kislotalar  yig’ilib  qolishidan,  nafas  olish  shovqinli 

bo’ladi,  bemor  Cheyn-Stoks  tipida  nafas  oladi.  Ko’rish  qobiliyati    keskin 

pasayib  ketadi.  Hatto  bemor  ko’rmay  qoladi.  Ba’zan  eshitish  qobiliyati  ham 

pasayadi.  Bemor  o’lishidan  oldin  burun  qirrasida,  yuz  terisida,  peshonasida 

azot  shakllari  yig’ila  boshlaydi.  Burni  qonaydi.  Oxirgi  bosqichda  azotemik 

perikardit  paydo  bo’ladi.  Azotemik  uremiya  oqibatida  markaziy  nerv 

sistemasida o’gir o’zgarish yuz beradi. Bemorning boshi og’riydi va aylanadi. 

Kunduzi bir oz uxlaydi, kechasi esa hech uxlay olmaydi.  

 

Pirovardida  bemor  tamomila  hushidan  ketadi,  bunga  uremik  koma  deb 



aytiladi, bunda bemor “holatirazm” bo’lib, yotadi yoki oyoq-qo’l, muskullari 

“uchadi”,  ko’pincha  nafas  olishi  kuchayadi.  Odatda  bemor  uremik  koma 

holatida o’lib qoladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling