Ichki kasalliklar


Davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  oldini  olish.    Kasallikni  keltirib  chiqargan  yiringli 

kasalliklarga  qarshi  antibiotiklar,  siydik  haydovchi  moddalar,  oqsilga  boy, 

yog’siz,  tuzi  past  taomlar  buyuriladi.  Issiq  va  quruq  iqlimli  kurortlarda 

davolanish tavsiya etiladi.  

 

Kasallikning oldini olish asosan unga sabab bo’lgan yiringli manba’larni 



tugatishdan, sil, zaxm kabi kasalliklarni o’z vaqtida davolashdan iborat.  

Buyrak toshi kasalligi 

 

Buyrak  tosh  hosil  bo’lishi  umumiy  va  mahalliy  faktorlarga  bog’liq. 



Umumiy  faktorlarga  moddalar  almashinuvining  buzilishi,  asosan  purin 

almashinuvining  izdan  chiqishi,  avitaminoz,  mahalliy  faktorlarga    siydik 

to’xtalib  qolishi,  buyrak  jomining  yallig’lanishi    kiradi.  Buyrak  toshlari 

asosan  oksalatlar,  fosfatlar  va  uratlardan  tashkil  topadi,  lekin  aksari  toshlar 

aralash bo’ladi.  

 

Etiologiyasi. Toshlarning paydo bo’lishida quyidagi faktorlar muhim rol 

o’ynaydi:  infeksiya  siydik  ajralishining  buzilishi,  uning  quyuqlanishi,  siydik 

kolloidal    holatining  o’zgarishi,  A  vitamin  yetishmasligi,  organizmda  nerv-

gumoral  regulyatsiyaning    buzilishi  va  boshqalar.  Buyrak  toshi  ko’pincha 

bitta,  ba’zan  bir  nechta  bo’lishi  mumkin.  Ular-toshlar  no’xatdek  mayda  va 

tovuq  tuxumidek  katta  bo’lishi,  buyrak  perenximasida  va  buyrak  jomida 

joylashishi mumkin.  

 

Belgilari.  Asosiy  belgilardan    biri  og’riq  (buyrak  sanchig’i)  va 

gematuriyadir.  Sanchiq  to’satdan  paydo  bo’lib,  qattiq  og’riq  va  bel  jinsiy 

organlarga  tarqaladi.  Gematuriya  va  dezuriya  paydo  bo’ladi.    Basharti  tosh 

buyrakda bo’lsa, subyektiv belgilar kam ko’rinadi.  Bemor og’riqdan shikoyat 

qilmasligi mumkin. Siydik oqsil va qon bo’ladi. Tosh siydik oqimiga xalaqit 

bersa,  qattiq  sanchiq  tutadi.  Bunda  buyrak  kopsulasi  kengaygan  bo’lib, 

davomli qinovchi og’riq siydik chiqaruvchi yo’lida  tosh borligini ko’rsatadi.  

Buyrak,  sanchig’ida  odatda,  temperatura  ko’tariladi.  Qorin  shishib  ketadi. 

Bemor qusadi, og’zi quruydi. Rangi oqarib ketadi yoki yuzi bo’rtib, qizaradi, 

ko’p terlaydi. Oz-ozdan, tez-tez siyadi va og’riqli bo’ladi.  

 

Kasallik  xuruji  bir  necha  minutdan  2  soatgacha  va  undan  ortiq  davom 



etishi  mumkin.    Og’riqni  yengillashtirish  maqsadida  bemor  o’zini  har  xil 

holatga solib ko’radi. Xuruj o’tib ketgach, ba’zan tosh ajraladi. Buyrak toshi 

kasalligiga diagnoz qo’yishda rentgendda tekshirish muhim ahamiyatga ega. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling