Ichki kasalliklar
Davolash va oldini olish
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
- Belgilari.
Davolash va oldini olish. O’tkir sistetda bemor o’rinda yotishi kerak,
unga ko’p suyuqlik (sut, mineral, ishqorli suvlar) ichish buyuriladi. Parhez tayin qilinadi: sutli va sabzavotli ovqatlar beriladi. Iliq vannaga tushish, buyrak sohasiga issiq grelka quyish tavsiya etiladi. Dorilardan sulfanilamid preparatlari, furadonin, antibiotiklar beriladi. Xronik sistetda parhezdan tashqari, mineral suvlar va dezinfiksiyalovchi dorilar berib, qovuq kaliy, permanganat (margansovka) ning suyuq eritmasi bilan yuviladi. Qolgan davo choralari pielitdagi kabi.
Sistetning oldini olish kasallikning avj olishiga imkon berdigan sabablar(qovuqdan siydik to’xtab qolishi, kateterni yaxshilab sterillamasdan kiritish, so’zak, pielitni to’la davolamaslik va boshqalar) ni bartaraf etishdan iborat.
Nefroz buyrak kanalchalari epiteliysida degenerativ o’zgarishlar ro’y berishi bilan kechadigan kasallikdir. Kechishiga ko’ra o’tkir va xronik bo’ladi.
kasalliklari (bronxoektaziya), suyak kasalliklari (osteomelit), sulemadan zaharlanish va boshqalar nefrozning kelib chiqishiga imkon beradi. Nefroz aksariyat xronik nefritning rivojlanish bosqichlaridan biri hosoblanadi. Organizmda moddalar almashinuvi buziladi. Buyrak kattalashib,distrogfik protseslar kechadi. Kanal epiteliysida maxsus oqsil yoki yog’simon moddalar (lipoid) yig’ilib qoladi.
boshlanadi. U rivojlangan sari shish gavdaga tarqaladi. Bemorning rangi oqarib, shishgan qismlari yuzasi yaltiroq va quruq bo’ladi. Bemor darmonsizlik, bosh og’rig’i, ishtaha yo’qligi, shish tufayli yaxshi harakat qila olmasligidan shikoyat qiladi. Ba’zan ichki organlar ayniqsa, qorin bo’shlig’ida ham shish paydo bo’ladi. Arterial bosim odatda ko’tarilmaydi. Siydik kam ajraladi, solishtirma og’irligi yuqori, rangi qo’ng’ir, reaksiyasi ishqoriy bo’ladi. Nefrozning eng xarakterli belgilaridan biri albuminuriya va siydikda oqsil ko’payishidir. Kasalning og’ir formasida siydikdagi oqsil miqdori 30% ga yetadi. Siydik cho’kmasida gialin donali va mumsimon silindrlar, shuningdek buyrak epiteliysi hujayralari bo’ladi. Oqsil va yog’ almashinuvning buzilishi, ko’p oqsil yo’qotish tufayli, organizmning
infeksiyaga nisbatan qarshiligi kamayadi. Natijada bemor tasodifan qo’shilgan infeksiyadan o’lib qoladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling