paydo bo’ladi. Me’da shilliq qavatining yallig’lanishiga esa ba’zan professiya
(kasb) ham sabab bo’ladi, chunki issiq sexlarda ishlovchilarda ham kasallik
kasalliklarida bemor ba’lg’am bilan patogen mikroblar yutganda han xronik
gastrit vujudga keladi. Xronik gastrit me’da yarasi va rak paydo bo’lishiga
zamin yaratadi.
Belgilari. Ishtahaning pasayishi, kekirish, jig’ildon qaynashi, ba’zan
ko’ngil aynishi va qayt qilish, me’da osti sohasida og’irlik sezish va
boshqalar. Odatda yuqoridagi belgilar ko’pincha bemor parhezni buzishi
oqibatida ro’y beradi. Kasallik bemor ovqatlangandan bir oz vaqt keyin og’riq
paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kislotali gastritda ko’pincha kekirish
nordon bo’lib, qusuq massasidan ham nordon hid kelib turadi. Xronik
gastritda ba’zan me’dada chirish protsessi ro’y berishi tufayli kekirish
badbo’y bo’ladi (sassiq kekirik). Bemorning tili qalin karash bog’laydi.
Kasallik yillar davom etishi, bemor ahvoli vaqti-vaqti bilan yaxshilanib turishi
mumkin. Bu hol bemorning turmush sharoitiga hamda vaqtida tegishli davo
choralari ko’rilishiga bevosita bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: