ovqatlanish rejimining buzilishi sabab bo’ladi. Tartibsiz ovqatlanish, ovqat
tarkibining sifatsiz bo’lishi, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish kasallikning
motor funksiyasining buzilishi oqibatida ro’y berib, ovqat hazm qilish va
uning ichakka so’rilishi izdan chiqadi.
Belgilari. O’tkir gastritda me’da osti sohasida og’riq paydo bo’ladi,
bemorning ko’nli aynib, qayt qiladi, darmonsizlanadi. Badbo’y qusuqda hazm
bo’lmagan oziq moddalar qoldiqlari, ba’zan o’t bo’ladi. Bemorning ishtahasi
yo’qoladi; rangi o’chib, puls tezlashadi. Tili kul rang karash boylaydi.
Palpatsiya qilinganda ko’krak osti sohasida og’riq bo’ladi. Kasallikning og’ir
formasida bemorning temperaturasi ko’tariladi (38-39%), sovuq ter bosadi, eti
uvishadi. Tili karash boylab, so’lak oqadi. Arterial qon bosimi pasayadi,
siydik miqdori kamayadi, ich qotadi. Bemor labida toshmalar paydo bo’ladi.
Ba’zan kollaps holati ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: