Elektron qo‘llanma (EQ) larga keladigan bo‘lsak, ular bilim oluvchilarning tasavvurini
kengaytirish, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan
ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, imkoniyat darajasida ularning hamma fanlar bo‘yicha yaratilishi
maqsadga muvofiqdir.
25. Elektron darsliklarni yaratishda ularga qo‘yiladigan talablarni nechta guruhga ajratish mumkin?
4ta guruhga bo’linadi.
➢ 1-toifa: o‘quv materialini faqat verbal (matn) ko‘rinishda taqdim etadigan;
➢ 2-toifa: o‘quv materialini verbal (matn), ikki o‘lchamli grafik shaklida taqdim etilgan;
➢ 3-toifa: «multimedia» (multtimedia – ko‘p muhitli) qo‘llanmasi, ya’ni ma’lumot uch
o‘lchamli-grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim
etiladigan multimediali elektron qo‘llanma;
➢ 4-toifa: o‘quv materiali ovozli va uch o‘lchamli fazoviy ko‘rinishda bo‘lib qolmasdan,
taktik (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli ma’lumotlar vositasida bayon qilinib, o‘rganuvchini
«ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi ob’ektlarga nisbatan
harakatlanish tasavvuri yaratiladigan elektron qo‘llanma
26. Elektron darsliklarni yaratishda ularga qo‘yiladigan talablarni ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |