Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko‘rsatkichlari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko‘rsatkichlari
Ushbu ko‘rsatkichlar asosiy fondlarniki kabi aylanma mablag‘larni bir necha yillar davomida «aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi»,, «aylanma mablag‘lar tarkibini anglatuvchi», «aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi» va «aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini anglatuvchi» ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini farqi, foizlar, indekslar orqali u yoki bu tomonga o‘zgarish darajasini ifodalaydi. Ular ishlatilayotgan ko‘rsatkichlar nomi bilan atalib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘tgan yillarga nisbatan absolyut miqdorini o‘zgarishi aniqlanadi, foiz hisobida dinamikasi va indeks o‘lchov birliklarida hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlari Aylanma mablag‘lar tarkibi deganda, uning barcha elementalrini (tovar zahiralari; materialalr zahiralarini; arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan, tez eskiradigan mehnat qurollari; sanitariya va maxsus kiyim- kechaklar; debitor qarzlar; pul aktivlari; qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar; aylanma mablag‘larni boshqa turlarini hamda o‘z mablag‘larini umumiy aylanma mablag‘lar summasidagi hissasi (ulushi) foiz hisobida aniqlanadi. Buning uchun alohida olingan aylanma mablag‘lar elementining summasi «100,0»ga ko‘paytirilib, aylanma mablag‘larning umumiy summasiga bo‘linadi yoki koeffitsiyent hisobida aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda savdo korxonasining umumiy resurslarini tarkibini o‘rganishda, umumiy resurslar summasida aylanma mablag‘larni hissasini aniqlash (foiz yoki koeffitsiyent hisobida) tavsiya qilinadi. www.sies.uz Page 126 of 356 127 Aylanma mablag‘lar bilan savdo korxonasini ta’minlanganligi 1. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Tovar aylanishini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi. Chakana tovar aylanishi (ulgurji tovar aylanishi, ommaviy ovqatlanish korxonasini tovar aylanishi)da aylanma mablag‘larning hissasi, jumladan alohida o‘z mbalag‘larini hissasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun aylanma mablag‘lar (o‘z mablag‘lari) summasi «100,0» ga ko‘paytirilib tegishli tovar aylanish summasiga bo‘linadi. 2. Aylanma mablag‘lar normasini ta’minlanishi – normalashtiriladigan aylanma mablag‘larning haqiqiy summasini belgilangan norma bilan solishtirmasi. Ushbu ko‘rsatkich yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni absolyut ayirmasini topish (haqiqiy summadan normani ayirib tashlash) va haqiqiy summani «100,0» ga ko‘paytirib normativga bo‘lish orqali aniqlanadi. 3. Aylanma mablag‘larni o‘z mablag‘i bilan ta’minlanishi. Ushbu ko‘rsatkich bir tomondan, aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich sifatida ishlatilsa, ikkinchi tomondan korxonaning o‘z mbalag‘lari bilan ta’minlanganligini ham ifodalaydi. 4. Aylanma mablag‘larni tovar aylanishini ta’minlashi, kunlar hisobida. Ushbu ko‘rsatkich biror muddatdagi (kvartal boshi yoki yilning boshidagi) aylanma mablag‘lar summasini kelgusi davrning (kvartal yoki yil) bir kunlik tovar aylanish sumasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Tovar aylanishini (sotib olish qiymatida, ya’ni savdo ustamasisiz olinadi) bir kunligi uni davr kunlariga (kvartal bo‘lsa – 90 kun, yil bo‘lsa – 360 kun) bo‘lish orqali aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan birinchi ko‘rsatkich tovar aylanishini aylanma mablag‘lar bilan biror davrda necha foizga ta’minlanganligini ko‘rsatadi, to‘rtinchi ko‘rsatkich esa biror muddatdagi mavjud aylanma mablag‘lar necha kunlik tovar aylanishini ta’minlashi mumkinligini ifodalaydi. www.sies.uz Page 127 of 356 128 Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi. 1. Aylanma mablag‘larni (yoki o‘rtacha tovar zahiralarini) aylanish koeffitsiyenti (Kay. yoki Kz.a) marotaba hisobida. ; . − − − = Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling