Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
АйМ
ТА Кай З ТА а Кз = . Bu yerda: TA- tovar aylanishi summasi, kvartalga yoki yilga) (chakana, ulgurji, ommaviy ovqatlanish); − − − АйМ - o‘rtacha aylanma mablag‘lar summasi; З - o‘rtacha tovar zahiralari summasi. 2. O‘z aylanma mablag‘larini aylanish tezligi koeffitsiyenti (Ko‘.ay.) у АйМ − − − = ТА Ку.ай. Birinchi va ikkinchi banddagi ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larni bir tomondan biror-bir davrda ishlatilish holatini ko‘rsatadi, ikkinchi tomondan dinamik qatorda tahlil qilinsa ulardan foydalanish samarasini ham ifoda qiladi. 3. Aylanma mablag‘larni (yoki tovar zahiralarini) rentabelligi (yoki daromadliligi) (Ray.m) quyidagicha aniqlanadi. ; ) ( 100 . ; ) ( 100 . З ёки АйМ Д м Рай З ёки АйМ Ф м Рай − − − − − − ⋅ = ⋅ = Tayanch iboralar: aylanma mablag‘lar, aylanma fondlar, aylanma kapital, www.sies.uz Page 128 of 356 129 aylanma kapital, aylanma aktivlar, omillar, ko‘rsatkichlar. Takrorlash uchun savollar. 1. Aylanma mablag‘lar mazmunini yoritib bering? 2. Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan qanday farlanadi? 3. Aylanma mablag‘lar qanday manbalar hisobidan shakllanadi? 4. o‘jalik faoliyatida ishltilayotgan resurslar qanday tarzda bir shakldan boshqa shaklga o‘tadi? 5. Aylanma mablag‘lar natural-moddiy tarkibiga nimalar kiradi? 6. Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha qanday tasniflanadi? 7. Aylanma mablag‘lari tarkibining qaysi biri normalashtiriladi? 8. Aylanma mablag‘lar qaysi qismini rejalashtirish qiyin yoki mumkin bo‘lmaydi? 9. Aylanma mablag‘lar xolati qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi? 10. Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari šanday ko‘rsatkichlar oršali anišlanadi? 11. Aylanma mablag‘lar tarkibini šanday ko‘rsatkichlar oršali hisoblanadi? 12. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi šanday anišlanadi? 13. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi šaday ko‘rsatkichlardan iborat? 6.3. Savdo korxonalarining moliyaviy resurslari 6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari samaradorligini oshirishda ahamiyati www.sies.uz Page 129 of 356 130 6.3.2. Moliyaviy resurslarning manbalari 6.3.3. Moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlari 6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari samaradorligini oshirishda ahamiyati Moliyaviy resurslar jamiyat xo‘jalik mexanizmida insonning qon tomirlari tizimi kabi, faol xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qaysi jabhasini tahlil qilmang, moliya masalalariga duch kelamiz. Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, naqd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan chet el valyutalari, banklardagi naqd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar majmuasidir. Davlat, korxona, uy xo‘jaligi (oila xo‘jaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq aloqalardir. har bir davlatni o‘ziga xos moliyaviy tizimi mavjud. o‘zbekiston Respublikasining moliyaviy tizimi quyidagilardan tashkil topadi: • davlat moliyasi. Bunga davlat byudjeti, mahalliy byudjet, qoaqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, kredit tizimi, soliq xizmati, davlat sug‘urtalash tizimi, nafaqa jamg‘armasi; • xo‘jalik sub’ektlari moliyasi – korxonalar, tijorat banklari, birja tizimi, tijorat kreditlash va sug‘urtalash tizimi; • jismoniy shaxslar moliyasi, ya’ni aholining shaxsiy mablag‘lari. Xo‘jalik mexanizmini yuritish harakati moliya-kredit vositalari (tayanchlari), moliyaviy resurslarni o‘zgarishiga ko‘pdan bog‘liq. Pul, moliya va moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy kategoriyalarni farqlash zarur. Pul-moliyani shakllanishi va harakatini moddiy asosini tashkil qiladi. Pul-moliyaviy resurslar, moliya va xo‘jalik faoliyatni oxirgi natijalarini www.sies.uz Page 130 of 356 131 o‘lchaydi (daromad, harajatlar, aylanma mablag‘lar, maxsus pul fondalri va boshqalar). Savdoning moliyasi – bu pul daromadlar va pul vositalari fondlarini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (konkret holda pul) munosabatlaridir. Moliyani mavjudligi tovar muomalasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki tovar muomalasi bir tomondan tovarlar massasini siljishi bilan parallel pul massasini siljishi bilan amalga oshadi. Tovar massasi pul massasiga teng, ekvivalent bo‘lishi kerak. Savdo korxonalari tovar ayriboshlashni amalga oshirish jarayonida tovarlarni sotib olgan qiymatini (ulgurji baho bilan) muomala va boshqa harajatlarini qoplaydi va foyda oladi. Daromadni shakllanishida, ishlatilishida real pul vositalari aylanadi, korxonalarni pul fondlari shakllanadi (mehnat haqi fondi, kapital qo‘yish jamg‘armasi, davlat byudjetiga to‘lovlar, rezervlar va boshqa maxsus fondlar). Pul munosabatlarida – davlatning moliya-kredit tizimi bilan to‘lovlar orqali; - bank munosabatlari bilan kredit olish va qaytarish orqali; - savdo korxonalari o‘zaro va ularni iqtisodiyotni boshqa tarmoqlari bilan aloqalari, tovar-pul munosabatalri, ya’ni tovar oldi-sotdi, xizmat va boshqa shartnomaviy munosabatlar orqali; - ishchi-xodimlar bilan hisob-kitoblar (ish haqi, moddiy rag‘batlantirish va boshqa pul munosabatlari) orqali savdo korxonalarining moliyaviy faoliyati o‘z aksini topadi. Shunday qilib, moliya butun pul munosabatlarini barcha jabhalarini qamrab olmaydi. Moliya tushunchasiga tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari kirmaydi. Bu munosabatlar natijasida faqat aholiga sotilgan tovarlardan savdo korxonalariga qoladigan daromadlar moliyaviy resurslarga kiradi. Shunday qilib, pul munosabatlari moliya tushunchasidan kengroq. www.sies.uz Page 131 of 356 132 Moliyaning mohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliyaning funksiyalari quyidagilardan iborat: • takror ishlab chiqarish – kapitalni takror aylanishini ta’minlash, moddiy va pul resurslarini muvofiqligini ta’minlash; • tezkor (operatv) – savdo korxonalarini pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, ta’minlash, ishlatilishini tartibga solish; • taqsimot – pul mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, taqsimlash; • nazorat – pul mablag‘larini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini norma, normativlar, qonun-qoidalarga mos kelishini to‘xtovsiz tekshirib borish. Moliyaviy resurslarning manbalari Moliyaviy munosabatlarning moddiy ifodasi moliyaviy resurslarda o‘z ifodasini topadi. Xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslari – bu ular ixtiyoridagi pul va unga tenglashtiriladigan daromadlar va tushumlardir. Ular xo‘jalik sub’ektlarini byudjet, banklar, sug‘urta va boshqalar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun ishlatiladi. Moliyaviy resurslar yuqoridagilar bilan bir qatorda faoliyatni kengaytirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun ham manba bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni shakllantiruvchi manbasi sifatida xo‘jalik sub’ektlarini o‘z (xususiy) va har xil boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda xo‘jalik sub’ektlarini (tarmoqlar, sohalar mulk shaklidan qat’iy nazar) moliyaviy resurslarning manbalari sifatida quyidagi 6.3.2.1-chizmada keltirilganlarni hisoblash mumkin. Moliyaviy resurslar iqtisodiy yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflanadi: 1. Asosiy faoliyani ta’minlovchi. 2. Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishini ta’minlovchi. 3. Aylanma mablag‘larni shakllanishini ta’minlovchi. 4. Kadrlar tayyorlash tadbirlarini ta’minlovchi. www.sies.uz Page 132 of 356 133 5. Ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlovchi. 6. Ijtimoiy-maishiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ta’minlovchi. 7. Moliyaviy ehtiyot zahiralashga. www.sies.uz Page 133 of 356 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling