Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Kalendar kun 
Ishga kelganlar 
1.01- 
301 
2.01- 
301 Dam olish kuni 
3.01- 
301 - " - 
4.01- 
305
5.01- 
307
6.01- 
307
7.01- 
312
8.01- 
312
9.01- 
312 Dam olish kuni 
10.01- 
312 - " - 
11.01- 
305
12.01- 
306
13.01- 
301
14.01- 
310
15.01- 
310 
16.01- 
310 Dam olish kuni 
17.01- 
310 - " - 
18.01- 
312 
19.01- 
312 
20.01- 
320 
21.01- 
320 
22.01- 
318 
www.sies.uz
Page 146 of 356 


147
23.01- 
318 Dam olish kuni 
24.01- 
318 - " - 
25.01 
320 
26.01- 
320 
27.01- 
317 
28.01- 
315 
29.01- 
315 
30.01- 
315 Dam olish kuni 
31.01- 
315 
Jami ishchi kuni soni = 9657 kishi – kuni. o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni 
(
Х
) = 9657:31=311,5 kishi.
Agarda ishga kelganlar har oyning boshiga berilgan bo‘lsa, 1,01-570 kishi. 
1.02=575 kishi, 1.03-572 kishi va 1.04 – 580 kishi, bunday holda o‘rtacha xronologik 
usul bilan ro‘yxatdagi o‘rtacha xodimlarni (
Х
) aniqlash mumkin.
киши
Х
574
1
4
2
580
572
575
2
570
=

+
+
+
=
Oylar bo‘yicha xodimlarni o‘rtacha soni quyidagicha berilgan bo‘lsa: 
Oylar 
Xodimlarni o‘rtacha soni 
Yanvar 
500 
Fevral 
496 
Mart 
500 
Aprel
515 
May 
530 
www.sies.uz
Page 147 of 356 


148
Iyun 
518 
Iyul 
560 
Avgust 
570 
Sentyabr 
565 
Oktyabr 
570 
Noyabr 
580 
Dekabr 
600 
Jami 
6504 
Yillik xodimlarning o‘rtacha soni
542
12
6504
=
=
Х
kishiga teng bo‘ladi.
Statistikada o‘rtacha ish haqi, mehnat unumdorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni 
aniqlash uchun «o‘rtacha ish haqi va boshqa o‘rtacha ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun 
xodimlar soni» ko‘rsatkichi ishlatiladi.
Bu ko‘rsatkichini aniqlash uchun ro‘yxatdagi xodimlar sonidan ayrim xodimlar 
kategoriyalari chiqarib tashlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: 

xomiladorlik yoki farzand tug‘ilgandan keyingi ta’tildagilar; 

bolalarga (ayrim yoshgacha) qarash uchun ta’tildagi ayollar (ish haqisiz yoki 
qisman ish haqi to‘lanadigan); 

qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilganlar (hukumat 
qarori bilan bunday ishlarni (75 % ish haqi asosiy ish joyida saqlanib qolinadi), 
shofyorlar, mexaniklar, traktoristalr, mixanizatorlar; 

qurilish ishlariga xizmat safariga yuborilganlar. Ularni ham 50-75 % ish haqi 
saqlanib qolinadi. qishloq xo‘jaligi va qurilish ishlariga jalb qilinganlarga 
sutkalik va kvartera uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi; 

maxsus kasalxonalardagi xronologik alkogoliklar; 

kechki va sirtqi o‘qishda talabalar sessiya davrida; 
www.sies.uz
Page 148 of 356 


149

ish haqini saqlab qolmasdan zaruriy ta’tilga chiqqanlar. 
Xodimlar soni bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni ham 
kiritish lozim: 
1. ishga kelgan xodimlar soni (ularni ro‘yxatdagi xodimlar sonidagi hissasi); 
2. ishchi xodimlarni tarkibi; 
3. xodimlarni o‘rtacha yoshi; 
4. mehnat davri (staji); 
5. mehnat unumdorligi
6. ishchi xodimlarni rentabelligi yoki daromadligi (Ri.x). Agarda yaratilgan qiymatni 
S + V + m deb hisoblasak, rentabellik šuyidagicha ifodalanadi: 
V
m
х
Ри
=
.
S – doimiy kapital ishlab chiqarish vositalari; 
V – o‘zgaruvchan kapital, ish haqi; 
m – olingan foyda. 
7. mehnatkashlarning bo‘sh vaqti (dam olish, o‘qish, malaka oshirish jamoat ishlari, 
bolalar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va sport, madaniy dam olish, ma’naviy 
ehtiyojlarni qondirish); 
8. xodimlarni qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (ishdan ketgan va haydalganlar: o‘rtacha 
ro‘yxatdagi soniga); 
9. xodimlarni qabul qilish koeffitsiyenti; 
10. mehnat unumdorligi va o‘rtacha ish haqini solishtirma ko‘rsatkichi. 
 
6.4.3. Savdoda mehnat resurslarini tahlili va rejalashtirish 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo korxonalarida band bo‘lgan mehnat 
resurslarini (xodimlar sonini) tahlil qilish iqtisodiy ishlarning eng muhim 
www.sies.uz
Page 149 of 356 


150
tomonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki xodimlar soni, har bir korxonani mehnat 
salohiyati va malakali ish kuchi bilan ta’minlanganligini ifodalaydi hamda katta 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. har bir xodimning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ular 
ishlayotgan korxonalarda ishchilar bandligi, ular ish haqi miqdori va boshqa 
rag‘batlantirish mexanizmlarining qanday tashkil qilinganligi bilan ifodalanadi.
Shu bilan bir qatorda korxonaning samaradorligi unda faoliyat ko‘rsatayotgan 
xodimlar soniga, ularning malakasiga, mehnat sharoiti va ular o‘rtasidagi ma’naviy-
ruhiy muhitiga bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan xodimlar sonini tahlil qilish 
muhim ahamiyatga ega.
Xodimlar sonini tahlil qilishning vazifasi, uning ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Tahlilning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

faoliyatdagi (ro‘yxatdagi) xodimlar sonini va ularning shtat jadvaliga 
muvofiqligini solishtirib baholash; 

xodimlar tarkibini o‘rganish; 

xodimlar malakasini, ma’lumoti bo‘yicha tarkibini o‘zgarishiga baho berish; 

xodimlar umumiy miqdori va tarkibini o‘zgarish tendensiyalarini, korxonaning 
boshqa ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini o‘rgangan holda baholash; 

xodimlarning ishlatilish ko‘rsatkichlari, qo‘nimsizlik koeffitsiyenti, qabul qilish 
koeffitsiyenti, mehnat unumdorligi va boshqalarni aniqlash, ularning 
o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omilalrni belgilash kabi muhim tadbirlarni amalga 
oshirish.
Tahlilning vazifasi bu keltirilganlar bilan cheklanib qo‘olmaydi, balki har safar 
tahlilning maqsadidan kelib chiqib, o‘zgarib turishi tabiiy. Chunki bozor iqtisodiyoti 
sharoitida vaziyatlar tez o‘zgarib turishi mumkin. Bu o‘zgarish jarayonini tahlil qilib, 
tegishli qarorlar qabul qilib, amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash, boshqarish va ish 
yuritish usullarini vaziyatga qarab moslab borish choralarini ko‘rish ham muhim 
ahamiyatga ega.
Xodimlar sonini tahlil qilish, ularning umumiy sonini, tarkibini, mehnat 
www.sies.uz
Page 150 of 356 


151
unumdorligini rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarish tendensiyalarini 
aniqlashdan boshlanadi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatkichlarni o‘zgarish 
tendensiyasida ko‘p farq yo‘q. Ular bir xil maromda o‘zgarish tendensiyasiga ega. 
Lekin tahlil jarayonida ikki yillik ma’lumot bilan chegaralanib qolmaslik kerak, biz 
bu yerda misol tariqasida ikki yillik ma’lumot keltirdik. Tahlilda ushbu 
ko‘rsatkichlarni bir necha yilga o‘rganish tavsiya qilinadi.
Keyingi bosqichda xodimlar sonini korxonaning daromadi yoki foydasi bilan 
solishtirib xodimlarga to‘g‘ri kelgan daromad yoki foydani o‘zgarish tendensiyalarini 
baholash zarur.
Tahlil jarayonida mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqini o‘zgarish 
tengdensiyalarini solishtirish katta ahamiyatga ega. Tahlilni keyingi bosqichlarida biz 
6.2-paragrafda keltirilgan xodimlarga ta’luqli barcha ko‘rsatkichlar dinamik 
qatorlarda o‘rganish tavsiya qilinadi.
Xodimlar ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish zarur bo‘ladi.
6.4.3.1 jadval 
Chakana savdo korxonasida xodimlar soni, tarkibini va mehnat 
unumdorligining o‘zgarish miqdorining hisobi 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling