Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Ж а м и р е с у р л а р
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Ж а м и
р е с у р л а р Д а в л а т томон и д а н р е ж а л а ш т и р и ш Д а в л а т р е з е р в и Э к с п ор т, и м п ор т Д а в л а т э³т и ё ж и у ч у н ºи ш л оº х ¢ж а л и г и м а х с у л от л а р и х а р и д и (м: б у ¼д ой, п ахта) Давлат корхоналари ресурслари Д а в л а т томон и д а н р е ж а л а ш ти р и л м а й д и И сте ъ м ол бозор и д а соти л и ш и И ш л а б ч иºа р и ш и сте ъ м ол и Єа йта и ш л а б ч иºа р и ш В илоятл а р а р о а й р и б ош л а ш Н ату р а л т ¢лов л а р Ш ахс и й и сте ъ м ол www.sies.uz Page 226 of 356 227 (Viloyat miqqiyosida) (natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarda) Resurslar Soni yoki qiymati Resurslarni ishlatilishi Soni yoki qiymati 1. Yil boshiga zahiralar 1.Iste’mol bozorida 2. Ishlab chiqarishdan kelishi jami Jumladan: 2. qayta ishlab chiqarishga 2.1. Davlat korxonalari 3.Ishlab chiqarish iste’moliga 2.2. qo‘shma korxonalar 4. Davlat byudjeti tashkilotlariga 2.3. Xususiy korxonalar 5. Davlat rezerviga (to‘ldirish uchun) 2.4. Aksiyador (ochiq, yopiq) korxonalar 6.Chet elga (eksport) 3. Chet eldan (import) 7.Boshqa viloyatlarga 4. Boshqa viloyatlardan 8. Yil oxiriga zahiralar 5. Boshqa manbalar (Davlat rezervi) Tabiiy yo‘qolishlar (chiqarib tashlanadi) BALANS BALANS www.sies.uz Page 227 of 356 228 8.2.4.3– jadval Єishloq xo‘jaligi mahsulotlari balansi shakli (bug‘doy misolida) (Viloyat miqiyosida, faqat ichki resurslar hisobga olinadi) Xo‘jalik turlari Xo‘jalik turlari Resurslar Shirkatlar Fermerlar Dexqon xo‘jaliklar Shaxsiy tomarqa Jami Resurslarni ishlatilishi Shirkatlar Fermerlar Dexqo n xo‘jaliklar Shaxsiy tomarqa Jami 1. Yil boshidagi zahira 1. Shartnoma asosida davlatga topshiri ladi 2. Xo‘jaliklarni jami mahsuloti 2. Ishlab chiqarish iste’moli 3. Natural mehnat to‘lovlari, yordamlar 2.1. Urug‘lik 2.2. Yemish fondi Jami resuslar 2.3. Sug‘urta fondi Tabiiy yo‘qotishlar (chiqarib tashlanadi) 3. Natural mehnat to‘lovlari va yordamlar 4. Shaxsiy iste’mol 5. Bozor fondi BALANS BALANS www.sies.uz Page 228 of 356 229 229 Iste’mol tovarlari bo‘yicha talab va taklifni muvofiqlashtirish uchun talab va taklif balansi tuziladi. Balans iste’mol tovari assortimenti bo‘yicha hisob qilinadi. quyida ushbu banasning chizmasi keltirilgan. 8.2.4.4 chizma Talab va taklif balansi № Tovar assorti menti Talab Farqi Aholi Tashkilot, muassasa Jami Taklif + - Tayanch iboralar: Tovar taklifi, tovar resurslari, tovar ta’minoti, bozor fondi, bozor siјimi, balans, zaxira, norma, normativlar. Takrorlash uchun savollar. 1. Taklif deganda nimani tushinasiz? 2. Taklif qanday turlanadi? 3. Taklifni manbalarini ayting? 4. Taklifni qyasi turlari rejalashtirilmaydi? 5. Taklifni qaysi turlari rejalashtiriladi? 6. Taklifni rejalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 7. Moddiy ballanslarni qanday turlari bor? 8. Iste’mol tovarlari balansi qanday ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi? 9. Єishloq xo‘jaligi mahsulotlari balansi qanday ko‘rsatkichlardan tashkil topadi? 10. Talab va taklif ballansi sxemasini chizing. 9 - bob: Chakana tovar aylanishi www.sies.uz Page 229 of 356 230 230 9.1. Chakana tovar aylanishi tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 9.1.1. Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi. 9.1.2. Chakana tovar aylanishi tasnifi. 9.1.3. Chakana tovar aylanishi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. 9.1.4. Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichlari va ularni balans bog‘liqligi. 9.1.5. Chakana tovar aylanishi rivojlanish tendensiyalari. 9.1.1. Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi. Chakana tovar aylanishining mohiyatini asosida tovar muomilasida mavjud bo‘lgan munosabatlar yotadi. Tovar muomilasi to‘g‘risida fikr yuritganda, uning negizida ikki tomonli munosabat yotganligini ko‘ramiz. Bir tomonda – sotuvchi, tovar egasi, uning maqsadi tovarni sotish, ikkinchi tomondan sotib oluvchi, ya’ni aholi, qo‘lida qandaydir miqdorda tovarni sotib olish uchun ekvivalent pul bor, tovarni sotib olish uchun talabi mavjud subektga, agar ikkala intilish, tovarni sotish va sotib olish bir – biriga munosib bo‘lib qolsa, oldi – sotdi jarayoni amalga oshadi va tovar pulga almashadi. Ushbu jarayon tovar aylanish kategoriyasida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda tovar bilan aholini sotib olish qobiliyati, ya’ni aholini mavjud daromadi tovarga almashib ketadi va ikkala aytilgan kategoriyalar yo‘qolib, ya’ni ikkita kategoriya vujudga keladi. Ular bir tomondan aholining puli – savdogar mahsulotning sotish natijasiga, tovar esa ayriboshlash jarayonidan chiqib, iste’mol jarayoniga tovarlik xususiyatini yo‘qotib iste’mol ne’matiga aylanadi. Aholi tomonidan iste’mol qilish jarayoni boshlanadi. Tovar ijtimoiy mohiyatini yo‘qotib, iste’molchining shaxsiy mulkiga aylanadi. Ushbu munosabat natijasini statistik ko‘rsatkichi orqali izhor qilish mumkin. Bunday ko‘rsatkich sifatida chakana tovar aylanishi kabi statistik qiymat ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu munosabatlar jarayonida aholi tovar ayriboshlashni ham obekti ham subekti sifatida, ya’ni obekt iste’molchi, subekt sotib oluvchi bo‘lib qatnashadi. Chakana tovar aylanishidek statistik qiymat ko‘rsatkichining mazmunini chuqurroq ko‘rib chiqamiz. www.sies.uz Page 230 of 356 231 231 Aholiga sotilgan tovarlarning qiymati tovar ayriboshlash jarayonidan iste’molga o‘tgan moddiy ne’matlarning qiymatini puldagi ifodasi, chakana tovar aylanishning aholiga sotilgan hajmini ifoda qiladi. U qandaydir tovarlar miqdorini (q) tegishli baholarda (p) aholining puliga ayriboshlanishini anglatadi. Bunda chakana tovar aylanishi aholiga sotilgan miqdori CHTA= Σ qp statistik formula bilan ifodalanadi. Chakana tovar aylanishi dinamik jarayon bo‘lib, uzluksiz davom etadi. U doimo takrorlanib turadi va takror ishlab chiqarish jarayonini bir etapi hisoblanadi. Bu jarayon aholi iste’molini kengayib va ortib borishini ifodalaydi. Aholining shaxsiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarning asosiy qismi ularga savdo orqali yetkaziladi. Aholi iste’mol qiladigan tovarlar massasining son miqdori va sifat tavsifi chakana tovar ayriboshlash ko‘satkichlari orqali namoyon bo‘ladi. Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan aholiga yetkazish jarayoni tovar muomilasi qonunlari ta’siri ostida amalga oshiriladi (qiymat, qo‘shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari). Shu sababli chakana tovar aylanishi aholi pul daromadlarini tovarga almashtirish yo‘li bilan tovarlar harakatining oxirgi boqichi – tovar ayiboshlashdan shaxsiy iste’molgacha bo‘lgan jarayondagi iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Bu chakana tovar aylanishining iqtisodiy mazmunini tushuntiradi. Chakana tovar aylanishi – iste’mol tovarlarining aholiga va boshqa iste’molchilarga, ularni ehtiyojlarini qondirish uchun sotilish miqdorini puldagi ifodasidir. Chakana tovar aylanishi tovar ayriboshlash jarayonini oxirgi bosqichida namoyon bo‘lib, unda tovarlarning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni o‘zgaradi. Tovarlar iste’mol fondini real shakliga aylanadi, ayriboshlash jarayonidan chiqib ketadi va iste’molchining mulkiga aylanadi. Aholi o‘zining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini nafaqat yakka tartibda, www.sies.uz Page 231 of 356 232 232 balki jamoa bo‘lib iste’mol qilishning har xil shakli orqali ham qondiradi. Bunda tovarni sotib oluvchi sifatida har xil korxonalar, tashkilotlar qatnashadi (dam olish maskanlari, kasalxonalar, bolalar bog‘chalari, boshqa korxona, tashkilot va muassasalar). Ular tovarlarga bo‘lgan ikkilamchi, joriy xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar sotib olishadi. Chakana tovar aylanishining bunday shakllangan qismi mayda ulgurji tovar aylanishi deb ataladi va chakana tovar aylanishi miqdorida ko‘p emas – 5% atrofida bo‘ladi. Shunday qilib, chakana tovar aylanishi tovarlarni pulga aylantirish jarayonida vujudga keladi. Bu jarayonda tovar egasi tovarlarni boshqa jismoniy yoki huquqiy shaxsga pulga sotadi. Chakana tovar aylanishi savdo korxonalarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Chakana tovar aylanishi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi va tovar ayriboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni natijasidir. Chakana tovar aylanishi bir tomondan savdo korxonalari faoliyatining natijasi, ularni ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligini, ikkinchi tomondan aholining sotib olish qobiliyatini real moddiy ne’matlarga aylanishini ko‘rsatadi, ya’ni aholini moddiy farovonligi ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, chakana tovar aylanishi bir tomondan sotilgan tovarlar massasi miqdoridir (puldagi ifodasi), ikkinchi tomondan aholining tovar sotib olish uchun pul harajatlarining miqdoridir. Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi miqdor – son jihatdan va sifat tavsifiga egadir. Chakana tovar aylanishi miqdori, ya’ni son jihati – sotilgan tovarlarni puldagi miqdori bo‘lsa, sifat jihati uning assortiment tarkibidir, ya’ni uning umumiy hajmida alohida tovar guruhlarining hissasi (foizlarda) bilan belgilanadi. Chakana tovar aylanishi miqdori (xajmi) tarkibini aniq ajrata bilish zarur. Chakana tovar aylanishi miqdori – biron bir davrga(kun, oy, kvartal, yil) savdo shaxobchalarining (ommaviy ovqatlanish shaxobchalarining) bank yoki kassaga topshirgan naqt puli va pulsiz- mayda ulgurji tovar aylanishi hajmidan iborat. Chakana tovar aylanishi tarkibi – har hil tovarlarni sotish turlaridan iborat. www.sies.uz Page 232 of 356 233 233 Chakana tovar aylanishi tarkibi aholiga, ayrim muassasa, korxona va tashkilotlarga rasmiy hisobga olingan savdo (ommaviy ovqatlanish) shaxobchalari, narsalar bozorlari, oziq – ovqat bozorlari (dehqon) va universal bozorlar orqali tovarlarni sotilish miqdori bilan shakllanadi. Chakana tovar aylanishi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Oziq – ovqat va nooziq – ovqat tovarlarini chakana savdo shaxobchalari, aptekalar va shunga o‘xshash shaxobchalar orqali sotilgan tovarlar uchun tushum. 2. Ommaviy – ovqatlanish korxonalari chakana tovar aylanishi. 3. Kitob, gazeta, jurnallar sotishdan tushum, jumladan podpiska orqali. 4. Tikuv ustaxonalarida (atelelar) kiyim – kechaklar sotishdan tushum. 5. Poyafzal, kiyim – kechaklarni, madaniy – xo‘jalik tovarlarini, shaxsiy avtomobillarni ta’mirlash ustaxonalari tushumlari. 6. Ximchistka, kiyim – kechaklarni ranglash, uy joyni qurish va ta’mirlash ustaxonalari tushumlari. 7. Yoqilg‘i, standart uylar (finski), o‘rmonchilik materiallarini sotuvchi korxonalar tushumlari. 8. Maxsus kiyim – kechaklar, ovchilik qurollarini sotishdan tushgan tushum. 9. Savdo korxonalarining aholiga tovar sotishdan, uyiga yetkazishdan, sotilgandan keyin ko‘rsatilgan xizmatlardan tushum. 10. Prokat punktlari tushumi. 11. Lotoreyaga yutilgan tovarlar qiymati. 12. Kreditga sotilgan tovarlar qiymati, sotilgan kundan. 13. Mayda ulgurji tovor aylanmasi. 14. Komission savdo, narsalar, oziq-ovqat, nooziq-ovqat, universal bozorlar tovar aylanmasi. Chakana tovar aylanishiga kiritilmaydiganlar Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling