Ichki sekretsiya bezlari. Qalqonsimon bez ayrisimon bez


MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI


Download 249.43 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi249.43 Kb.
#1613513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI

MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI
Me’da osti bezi (pancreas, 121- keltrilgan) Uning ichki sekretsiya gormoni – insulin va glyukagon , me’da osti bezining tana va dum bo‘laklari tarkibida joylashgan maxsus hujayralar (pankreatik Langergans orolchasi)da ishlanadi va qonga shimiladi. Glyukagon gormoni, qonda glyukozani miqdori kamayganda, jigardagi glikogenni glyukozaga aylantirib uni miqdorini 4,5-6,5 mmol/l ga tenglashtiradi. Insulin gormoni qonda glyukoza oshib ketsa glyukozani glikogenga aylantirib organizmda qand miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi.
Bu hol qand kasalligi (diabet) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunda bemor bir kecha-kunduzda 5–6 l suv yo‘qotib, organizm suvsizlanadi, u juda tashna bo‘lib, ko‘p suv ichadi. Qon tarkibida qandning ko‘payishi sababli jigarda ham glikogen miqdori kamayadi, oqsil va yog‘lar parchalanib qandga aylanadi, natijada odam ozib ketadi. Shu sababli organizm funksiyalari (nafas funksiyasi ham) o‘zgarib, bemor hushdan ketishi, ahvoli og‘irlashib, hatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qand kasalligiga duchor bo‘lgan odamlar shirinlik, oq non va xamir yemasliklari, vrach maslahati bilan insulin olib turishlari kerak.

JINSIY BEZLARNING ENDOKRIN QISMI
Erkaklar urug‘ bezi (moyak)dagi urug‘ ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig‘ida joylashgan to‘qimada testosteron gormonini ishlab chiqaradigan interstitsial hujayralar bo‘ladi. Gormon ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a’zolarning normal rivojlanishi ta’minlanadi. Erkaklar urug‘ bezi olib tashlanganda yuqorida ko‘rsatilgan belgilar rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidagi follikulalarda esa follikulin gormoni ishlanib chiqadi. Follikulin jinsiy organlarning normal rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo‘lishini va nerv sistemasi qo‘zg‘alishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra tuxumdon pardasini yorib tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naychaning ichiga o‘tadi (tuxumdon anatomiyasiga qarang).
Tuxumdon pardasining yirtilgan joyida ikki xil sariq tana (corpus luteum) paydo bo‘ladi. Biri chin (haqiqiy) yoki homiladorlik sariq tanasi (corpus luteum graviditatis), ikkinchisi soxta yoki hayz sariq tanasi (corpus luteum menstruationis) deyiladi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha, otilib chiqqan tuxum hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo bo‘ladi.
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida (9 oygacha) saqlanadi, undan chiqqan gormon homilaning normal rivojlanishini ta’minlab, yangi tuxum hujayra yetilishini to‘xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa, homila o‘sishdan to‘xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan gormon esa yangi tuxum hujayraning yetilishiga ta’sir etadi.
Adabiyotlar:

1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й.
2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й.
3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.

Download 249.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling