Ichki sekretsiya bezlari
Download 184.01 Kb.
|
ichki sekret (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak usti, meda osti va jinsi bezlar
Qizlar balog'atga yetishi davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi murnkin, ya'ni tez jaW chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamay¬tirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi. Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ulaming umumiy og'irligi 10-12 mg ni tashkil qiladi. Qalqonsimon bez oldi bezidan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqaril¬sa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluv¬chan, mo'rt bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (Ietaniya) holati yuzaga keladi. Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgor¬mon ish lab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi. Ayrisimon bez. Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish dav¬rigacha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va II yog' moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning og'irligi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi.Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlarBuyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish lab chiqariladi: I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi boshqarilishida ishtirok etadi. 2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi. 3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi. Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.Download 184.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling