Ichki yonuv dvigatellarining sikllari reja
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4vtA32ji1Mzs9CJOhWaQ8dHfp8qPg2To3J3farZ6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki yonuv dvigatellarining sikllarining termodinamik tahlili.
- 2.Hajm o’zgarmas bo’lganda issiqlik keltiruvchi sikl.
ICHKI YONUV DVIGATELLARINING SIKLLARI Reja : 1.Ichki yonuv dvigatellarining sikllarining termodinamik tahlili. 2.Hajm o’zgarmas bo’lganda issiqlik keltiruvchi sikl. 3. Bosim o’zgarmas bo’lganda issiqlik keltiruvchi sikl. 4. Aralash holda issiqlik keltiruvchi sikl. 1. Ichki yonuv dvigatellarining sikllarining termodinamik tahlili. Issiqlikni ishga aylanishida issiqlik dvigatellari foydalaniladi. 1824-yilda Sadi Karnoning “Olovning xarakatlantiruvchi kuchi xaqida mulohazalar” nomli asarida issiqlikning ishga aylanish shartlarinin o’rganib,ichki yonuv dvigatellarini yaratish mumkinligini aytib o’tgan. Real dvigatellarda Karno siklini amalga oshirish mumkin emas va real dvigatellarning F.I.K Karno siklining F.I.K dan kichik bo’ladi. Real sharoitda jismga izotermik ravishta issiqlik kiritish va chiqarish qiyin. Shuning uchun ichki yonuv dvigatellarda izobarik va izoxorik issiqlik kiritish va chiqarish jaroyanlari qo’llaniladi. Natijada dvigatelnig sodda, ixcham va iqtisodiyligiga erishiladi. Hozirda zamonaviy ichki yonuv dvigatellarda issiqlik beradigan sikllarning uch turi mavjud. 2.Hajm o’zgarmas bo’lganda issiqlik keltiruvchi sikl. 1876-yilda N.Otto tomonidan kashf qilingan sikl bo’lib, o’zgarmas hajmda ya’ni V=const bo’lganda issiqli keltiruvchi sikl. -siqilish darajasi, gaz boshlang’ich hajmining siqilish jarayoni oxiridagi hajmiga nisbati. Real porshenli dvigatellarning ishini tekshirishda silindr ichidagi porshen holatining o’zgarishini ko’rsatuvchi diagrammadan foydalanadi. Bu diagramma indikator deb ataluvchi asbob yordamida olingani uchun indikator diagramma deb ataladi. Quyidagi rasmda o’zgarmas hajmda yoqilg’ining tez yonib bo’luvchi sikli ko’rsatilgan: 2 1 / v v V=const bo’lganda Issiqlik keltiruvchi IYOD ning indikator Diagrammasi. 0-1- Porshening chapki turish nuqtasidan o’ng tomonga xarakatida so’rish klapani orqali yoqilg’i va havo aralashmasidan iborat bo’lgan yonuvchan aralashma so’riladi. 1-2- Porshenning teskari yurishida so’rish klapani berkiladi va aralashma siqiladi. 2-3- Yonuvchi aralashmani yonishi bir lahzada, ya’ni o’zgarmas hajmda ro’y beradi. 3-4- Indikatorli diagrammada kengayish jarayoni . 4-0- Porshenning o’ngdan chapga tomon xarakatida silindrdagi yonish mahsulotlari chiqarish klapani orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bu siklda Ikki izoxora va ikki adiabatadan iborat bo’lib, boshlang’ich parametrlari p 1 , v 1 va T 1 bo’lgan ideal gaz 1-2 adiabata bo’yicha 2-nuqtagacha adiabat siqiladi. 2-3 izoxora bo’yicha ishchi jismga q 1 issiqlik Miqdori uzatiladi. Ishchi jism 3-nuqtadan 3-4 adiabatabo’ylab kengayadi. 4- 1 izoxora bo’yicha ishchi jism boshlang’ich holatiga qaytadan,bunda q 2 issiqlik miqdori olib ketiladi. V=const bo’lganda issiqlik V=const bo’lganda issiqlik Keltiruvchining sikl P-V Keltiruvchining sikl T-S Diagrammasi. diagrammasi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling