Id № U20230132 Общественная оферта
Download 293.82 Kb.
|
Axborot texnologiya
SHARTNOMANI BEKOR QILISH
Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: Tomonlarning o'zaro roziligi bilan; Institutning akademik va talabalar nizomlari, xodimlari va qoidalariga rioya etilmasligi, intizomiy buzilishi yoki hurmatsizlik munosabati bilan Talaba ta'lim olishdan chetlashtirilganda; Agar tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmasa; Talaba o’quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan dalil asosida; Akademik ta'tildan keyin yoki o'qishni to'xtatishdan keyin o'qishni davom ettirishda uzoq vaqt kechiksa. Kechikishning haddan tashqari ko'pligi Institut rahbariyati tomonidan alohida ko'rib chiqiladi; O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda; Talaba OTMning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir marta qo'pol yoki muntazam ravishda buzgan, huquqbuzarlik va/yoki jinoyat sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; Talaba/Buyurtmachi tomonidan qabul imtihonlarida ayyorlik, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa shunga o'xshash belgilangan tartibga zid yo'llar bilan o'qishga qabul qilinganligi aniqlanganda Talaba o'qish davrida korrupsiya yoki korrupsiya holatlari bilan bog'liq huquqbuzarlikni amalga oshirgani aniqlanganda. Talaba vafot etsa; OTMning boshqa bino/joyga ko'chirilishi, masofaviy ta'lim shakliga o'tishi taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holat hisoblanmaydi va Talaba OTMning talabiga ko'ra boshqa bino/joyga va/yoki masofaviy ta'lim shaklida o'qishni davom ettirishi kerak bo'ladi. Ushbu holatda Talaba ushbu shartlarga rozi bo’lmasa va o’qishni davom ettirmasa OTM shartnomani bir tomonlama bekor qilib amalga oshirilgan to'lovni qaytarmaydi. Agar Talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to’lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to’lov miqdorida) to’lovni amalga oshirmagan bo’lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to’lasni o’z majburiyatiga oladi. Download 293.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling