Id № U20230132 Общественная оферта
TALABA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA
Download 293.82 Kb.
|
Axborot texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOB - KITOB TARTIBI 2022-2023 o’quv yili uchun ta’lim xizmatining narxi 9 000 000 (to’qqiz million) somni
TALABA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:
Institut Ustaviga muvofiq tegishli talablarni bajarayotganda talaba quyidagi huquqlarga ega bo’ladi: Tanlangan dastur bo'yicha o'qish uchun ushbu shartnomaning 1.1- va va 3.1- bandlariga muvofiq bo’lish; Davlat ta'lim standarti va Institutning akademik talablariga javob beradigan bilimlarni olish; Har bir kursni muvaffaqiyatli tugatganda va dastur bo'yicha barcha imtihonlarni topshirganda, mashg'ulot tugagunga qadar tanlangan yo'nalish bo'yicha keyingi kursga erkin o'tish; Institut Ustavi doirasida Institut xodimlari va o'qituvchilari tomonidan akademik xarakterdagi masalalar yuzasidan qo'llab-quvvatlash; Quyidagi hollarda akademik ta'til uchun murojaat qilish mumkin: Sog'lig'i sababli, tegishli dalillarni, tibbiy ma'lumotnomani va sog'lig’i holatini tasdiqlovchi davlat namunasidagi boshqa hujjatlarni majburiy taqdim etish bilan; Homiladorlik yoki bolani tarbiyalash/parvarish qilish davri munosabati bilan; Yaqin qarindoshini yo'qotish yoki boshqa shunga o'xshash vaziyatlar. Bunday holatlarda ruxsat berish huquqi Institut ma’muriyati zimmasida qoladi; Armiyadagi majburiy harbiy xizmat munosabati bilan tegishli tasdiqnomani majburiy taqdim etilsa; Boshqa hollarda Institut rahbariyatining ruxsati asosida amalga oshiriladi. HISOB - KITOB TARTIBI 2022-2023 o’quv yili uchun ta’lim xizmatining narxi 9 000 000 (to’qqiz million) so'mni tashkil etadi. Keyingi o’quv yillari uchun to’lov narxi 15 avgust xolatida amalda bo’lgan BXMdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sirtqi ta’limning har bir akademik yil uchun 48 (qirq sakkiz), har bir semestr uchun 24 (yigirma to’rt) akademik kreditlarni, davlat talablariga muvofiq o'z ichiga oladi. Institut tomonidan 4 yil davomida jami 180 kreditni taqdim etiladi; Ta'lim uchun to'lov quyidagi jadvalga muvofiq oldindan amalga oshiriladi: 1-chi akademik yilning 1-chi semestri uchun: O’quv yili uchun belgilangan shartnoma miqdorining 50% talaba tomonidan Institut dasturiy ta’minoti orqali yuborilgan shartnoma qabul qilingandan so’ng 10 (o’n) ish kuni mobaynida amalga oshiriladi; Har bir keyingi akademik yilning shartnoma miqdori: 15 avgust holatiga ko’ra joriy akademik yil uchun BXMdan kelib chiqqan holda. Agar shartnoma uchun to'lov Talaba tomonidan shartnoma tuzilgandan (imzolanganidan) keyin 10 (o’n) ish kunidan kechiktirilsa, yoki o'qish uchun ro'yxatdan o'tish muddati tugagandan so'ng qilinsa, bu Institutga kirish kafolatini bermaydi. To'lov muddati tugagandan so'ng, Talaba Institutga qabul qilish uchun ariza berishga majburdir, ammo Talabani qabul qilish huquqi/qarori faqat Institut zimmasida bo'lib qoladi; Agar to'lovning oxirgi kuni ushbu shartnomaning 3.2-bandiga muvofiq dam olish kuniga to'g'ri keladigan bo'lsa, to'lovning oxirgi kuni keyingi ish kuni hisoblanadi; O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek boshqa tegishli qonun hujjatlariga sezilarli tarkibiy o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda, akademik yil uchun o'qitish narxi Institut tomonidan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Bunday holda, Institut talabani kamida 15 kalendar kun oldin o'zgarish haqida xabardor qilish majburiyatini oladi; Agar Talabaning qoniqarsiz o’zlashtirshi tufayli kursni yoki bir nechta fan qayta o’qitilsa, ushbu shartnomaning 3.1-bandiga muvofiq o'rganilayotgan (qayta o'qitiladigan) akademik kreditlar miqdori bo'yicha to'liq ta'lim xarajatlari Talaba tomonidan to'lanadi; Talabani birinchi/keyingi yil uchun o'qishga qabul qilish/o’tish haqidagi buyruq faqat Institutning akademik Nizomiga muvofiq, shuningdek, birinchi/keyingi akademik yil uchun to'lovning birinchi qismini to'laganidan so’ng va o'tgan yilining muvaffaqiyatli tugatilganidan so'ng amalga oshiriladi; Buyruq kuchga kirgandan so'ng, ushbu shartnomaning 3.7-bandiga muvofiq va o'qish davri boshlangandan so'ng, oldindan to'langan pul miqdori to'liq miqdorda qaytarilmaydi. Shartnoma miqdorini qaytarish tartibi ushbu shartnomaning 3.9-bandiga muvofiq amalga oshiriladi; Shartnoma ushbu shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq bekor qilinganda, shartnoma summasini qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Talabalarga - akademik o’quv kreditlar uchun to’langan va hali boshlanmagan mashg’ulotlar (semestr) uchun pulni qaytarish arizasini bergan payt, hali boshlanmagan semestr to’lovini qaytarishi mumkin. Buning uchun talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan kamida 10 kalendar kuni oldin shartnoma summasini qaytarish to'g'risida yozma so'rov yuborishga majburdir. Bunda shartnoma summasi 30 kalendar kuni ichida to'lovning umumiy miqdoridan 10% chegirib qaytariladi; O'qish davri (semestr) mashg'ulotlar boshlanishidan 10 kalendar kun oldin boshlangan hisoblanadi; Agar talaba keyingi o'quv davri (semestr) boshlanishidan 10 kalendar kun oldin shartnoma miqdorini qaytarish to'g'risida so'rov yubormagan holatda, bu muddat uchun to'langan summa qaytarilmaydi. Talabaning mazkur shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq shartnoma o'z xohishiga ko'ra bekor qilingan taqdirda, talaba mazkur shartnoma bo'yicha o'qish uchun haq to'lash bo'yicha moliyaviy majburiyatlardan ozod etilmaydi; Talabaning va shaxsning (to'lovchi, bank, homiy va h. k.) ta'limini to'lagan shaxsning yuridik va moliyaviy majburiyatlari ikki tomonning alohida shartnomalari bilan tartibga solinadi, uning bajarilishi uchun Institut hech qanday majburiyatlarga ega emas; Xizmat ko'rsatish joyi Institut hududi hisoblanadi. Ba'zi hollarda (ushbu shartnomaning 2.16-bandiga muvofiq mamlakatdagi siyosiy yoki epidemiologik vaziyat tufayli) Institut masofaviy/onlayn ta'lim shakliga o'zgartirish huquqiga ega. Ushbu o'zgarish shartnoma to’lov miqdoriga ta'sir qilmaydi. Download 293.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling