Id № U20230132 Общественная оферта


INSTITUT QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA


Download 293.82 Kb.
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi293.82 Kb.
#1550278
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Axborot texnologiya

INSTITUT QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:

  1. Talabaning o'z majburiyatlarini bajarishi bo'yicha zarur doimiy monitoringni amalga oshirish;

  2. Agar Talaba tomonidan shartnoma shartlari buzilgan bo'lsa, shuningdek 4.1-bandda ko'rsatilgan hollarda., Institut rahbariyatining qaroriga asosan ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega;

  3. Ushbu shartnomaning 2.3-bandida ko'rsatilgan majburiyatlarning buzilishi yoki ta'lim to'lovlarini o'z vaqtida kiritmagan taqdirda, Talabani bino, hudud va Institut o'quv resurslariga kirishini cheklash va jarimalarni(penya) hisoblash huquqiga ega;

  4. O'qish uchun to'lov qarzlari mavjud bo'lgan taqdirda yoki o'quv soatlariga tashrif buyurmaslikning maksimal miqdori - 20% dan ko’p holatlarda Talabaning imtihonlarga kirishini cheklash. Talabalarni imtihonlarga qabul qilish uchun zarur bo'lgan o'quv soatlari soni qo’shimcha Institutning Ichki Nizomi bilan belgilanadi va tartibga solinadi;

  5. Talabaning Institut normativ-huquqiy hujjatlarida ko'rsatilgan ichki tartib qoidalari buzilgan yoki O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari buzilgan taqdirda, Talabaning Institut binosiga, hududiga va o'quv resurslariga kirishini cheklash;

  6. Mazkur shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq Talabani ta'lim muassasasidan chetlashtirish/chiqarib yuborish;

  7. Institut rahbariyatining qaroriga binoan ichki holatga, professor-o'qituvchilar va talabalarga qarab cheklovchi karantin choralarini bir tomonlama joriy etish;

  8. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Institutning ichki me'yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.




    1. TALABA QUYIDAGILARNI O'Z ZIMMASIGA OLADI:

      1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oliy o'quv yurtlari talabalariga qo'yiladigan talablarga muvofiq, shuningdek Institut o'quv jarayoni va faoliyatini tartibga soluvchi Institutning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq o'qish;

      2. Institutning nizomlarida ko'rsatilgan talablarga, shuningdek, Talabaning Institut hududida va undan tashqarida bo'lgan xatti-harakatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalar va normativ hujjatlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish va ularga rioya qilish;

      3. Institutning texnik va boshqa vositalariga, jihozlariga va boshqa mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish;

      4. Shaxsiy talaba profilini Institut ichki nazorat bazasi orqali rasmiy veb-saytda zarur shaxsiy ma'lumotlar bilan o'z vaqtida to'ldirish va yangilab borish;

      5. Institutning akademik ustavida ko'rsatilgan keyingi o'quv yili uchun ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnomalarni, shuningdek uning akademik xodimlar tomonidan taqdim etilgan yo'riqnomalarni o'z vaqtida bajarish;

      6. Institutning ma'muriy va o'qituvchilik tarkibiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, shuningdek, Institutning nizomlarida bayon etilgan boshqa xulq-atvor qoidalariga rioya qilish;

      7. Barcha akademik va intizomiy masalalar bo'yicha ustavlarga, shuningdek Institutning ichki tartib qoidalari va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish yakka tartibda (Talaba faqatgina o’zi) amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi;

      8. Institutda o'qish uchun talab qilingan to'lovni o’z muddatida va ushbu shartnomaga muvofiq to'liq to'lanishini ta'minlash;

      9. Institut Buxgalteriya bo'limiga o'qish uchun to'lov to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;

      10. Tijorat banki (yoki boshqa To'lovchi) bilan ta'lim olish uchun kredit shartnomasi tuzilgan taqdirda, u barcha tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgandan so'ng mazkur shartnomaning haqiqiy nusxasini Institut yuridik bo’limiga taqdim etish;

      11. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlarda yoki harakatlarda ishtirok etmaslik;

      12. O'zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi (yoki Institut) tomonidan karantin izolyatsiyasi e'lon qilinganida va boshqa cheklovli holatlarda, onlayn / masofadan o'qish uchun sharoitlarni mustaqil tashkil etish (barqaror Internet aloqasi, uskunalar va boshqalar);

      13. Tomonlarning kelishuvi bo'yicha boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.





    1. Download 293.82 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling