Idea: Avtomoyka (avtoyuvish) biznesini boshlash


Download 19.42 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi19.42 Kb.
#1516221
1   2   3
Bog'liq
avtomoyka-avtoyuvish-biznesini-boshlash.docx

Ro’yxatdan o’tish. Ishni boshlashdan oldin bizga qanday hujjatlar zarur bo’lishini aniqlab olishimiz kerak. Birinchi o’rinda tadbirkorlikning qaysi shakli ko’rinishida ro’yxatdan o’tishni aniqlashingiz kerak. Masalan: Yakka turdagi tadbirkor yoki Yuridik shaxs (Ma’suliyati cheklangan jamiyat, Xususiy korxona, Oilaviy korxona…) sifatida. Ro’yxatdan o’tish uchun esa Siz respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yagona Darcha markazlariga murojaat qilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berishingiz mumkin.
Undan tashqari sizdan qo’shimcha ravishda ba’zi bir hujjatlar talab etiladi:

Avtomoyka (avtoyuvish)ning joylashish o’rni. Agarda kimda kim Avtomoyka (avtoyuvish) biznesi bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa ushbu xizmat ko’rsatish nuqtasining joylashuv o’rnini to’g’ri tanlashi lozim bo’ladi chunki joylashuv o’rni tadbirkorlikning muvaaffaqiyatini belgilab beruvchi omil hisoblanadi. Avtomoyka (avtoyuvish) manzili katta avtomobil trassasi yonida bo’lishi yoki avtomobilchilar ko’proq boradigan manzillarda masalan garaj yoki avtoturargohlar yonida bo’lishi lozim.
Korxonaning samarali ishlashini ta’minlash uchun, kamida ikkita yuvish joylari bilan jihozlash kerak. Binoning maydoni esa 130-150 kvadrat metrni tashkil etishi lozim. Shuningdek mijozlar uchun kutish joylari, savdo do’koni va tezkor kafe ham tashkil qilish mumkin.
Qurilmalar. Ishni boshlash uchun sizga quyidagi qurilmalar kerak bo’ladi:

Avtomoyka uchun maxsus qurilmalar bizning yurtimizga asosan xorij mamlakatlaridan import qilib olib kelinadi. Import qilib olib kelingan har qanday maxsulot valyuta hisobiga keltiriladi bu esa bizga kerakli qurilmalar ancha qimmatga tushishi mumkin. Lekin ushbu qurilmalar savdosi bilan shug’ullanuvchi maxsus savdo do’konlar yurtimizda juda ko’plab mavjud.
Ishchi kuchi. Avtomoyka (avtoyuvish) xizmatini tashkil qilishda keyingi masala bu ishchilarni tanlash va ularni qabul qilish. Bu juda qiyin va ma’suliyatli ish hisoblanadi. Lekin Avtomoyka (avtoyuvish) uchun ish stajiga ega bo’lmagan ishchilarni keyingi o’rinda o’rgatish sharti bilan qabul qilish mumkin.

Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling