Ideal vakuum nasoslar Nasos deb
Download 18.99 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nasos stantsiyasi deb
- Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi
- Nazorat savollari
Ideal vakuum nasoslar Nasos deb, tashqaridan olingan energiyani suyuqlining bosim energiyasiga aylantiruvchi gidravlik mashinaga aytiladi. Nasos agregati deb, nasos bilan dvigatelni uzatma yordamida ulanib, biror asosga o’rnatilishiga aytiladi. Nasos dvigatel, uzatma, truboprovodlar va qo’shimcha boshqarish asbob-uskunalardan iborat qurilmaga nasos qurilmasi deyiladi. Nasos stantsiyasi deb, ancha murakkab gidromexanik va energetik mashinalar va asbob-uskunalar (PPST,RU) truboprovodlar, ularning armaturalari, nazorat-o’lchov jihozlari, aloqa va avtomatika vositalari joylashgan imorat qurilmasiga aytiladi. Mashinali suv uzatish gidrobo’g’ini deb, suvni manbadan oluvchi va keltiruvchi inshootlar, stantsiya binosi va undagi barcha asbob-uskuna va jihozlar, bosimli truboprovodlar, suv chiqarish va boshka gidrotexnik inshootlar majmuasiga aytiladi. Nasoslarni ishlash tarzi jihatidan ikki guruhga bo’lishi mumkin: A.hajmiy nasoslar ya’ni ish bo’linmasining hajmi davriy ravishda o’zgarishi hisobiga suyuqlik uzatadigan nasoslar hajmiy nasoslarga quyidagilarni kiritish mumkin : 1) porshenli yoki plunjerli nasoslar; 2) rotorli (tishli va vintli ) nasoslar ; 3) qanotli nasoslar; 4) kapillyar nasoslar 5) suv halqali vakuum nasoslar ; 6) cho’michli suv ko’targichlar (chigir, charxpalak) B.Dinamik nasoslar ya’ni dinamik kuchlar ta’sirida suyu⬨likka energiya beruvchi nasoslar: 1).kurakli nasoslar (markazdan qochma, o’qiy va diagonal); 2) uyurmali nasoslar; 3) oqimchali nasoslar (gidroelevator,ejektor, injektor) ; 4) gidravlik taran; 5) havoli suv kutargichlar ; 6) tebranma nasoslar; Sug’orish va quritish tizimdagi nasos stantsiyalarida asosan markazdan qochma va o’qiy kurakli nasoslar qo’llaniladi Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasini xarakatlanuvchi suyuklikning mexanik energiyasiga aylantirib, suyuklikni ma’lum balandlikka kutarish, gorizontal tekkislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun xizmat kiladi.
Mazkur sxemada nasosni harakatga keltirish uchun elektr tarmog`i ulangan elektr yuritgichdan foydalaniladi. Bunda suv voki boshqa ishchi suyuqlik, nasos bilan quyi havzadan so’rilib, bosim quvuri orqali yuqori havzaga, yuritgich energiyasini ^uyuqlik energiyasiga aylantirish hisobiga uzatiladi. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi har doim nasosdan oldin bo’lgan energiyasidan katla bo`ladi. Nasos stansiyasi jihozlarining tarkibini, tuzifishining o ziga xosliklarini, shuningdek ish rejimini o’zgarish doirasini aniqlovchi asosiy k o’rsatkichlarga, nasos hosil qiiadigan bosim, uzatish, quvati va foydali ish koeffitsenti kabi ko’rsatgichJar kiradi. Bosim metrtarda o’Ichanadigan, nasosdan oldin va undan keyin bo’lgan kesimlardagi suyuqlikning solishtirma energiyasi farqini ifodalovchi kattalikdir. Nasos hosil qilingan bosim, suyuqlikni ko’tarish bo yicha eng baland yoki haydash bo’yicha eng uzoq masofani aniqlaydi (1.1 -rasmda mos ravishda H va L). Uzatish, ya’ni vaqt birligida bosim quvuriga nasos uzatadigan suyuqlik bajmi, odatda l/s yoki m3/ soatda o’lchanadi. Quvvat, talab etilgan bosimni hosil qilish va quvurlar bo’yicha suyuqlik harakatda bo’lganda barcha energiya yo’qolishlami yengish uchun nasos sarflaydigan quvvatdir. Kilovat (kVt) larda o’lchanadigan nasos quvati, xarakatga keltiruvchi yuritgichni va nasos stansiyasining yig’indi (o’rnatilgan) quvvatini aniqlaydi. Foydali ish koeffitsenti (FIK), nasos yordamida yuritgich mexanik energiyasini harakatdagi suyuqlikning energiyasiga aylantirish bilan bog’liq bo’lgan energiya yo’qolishini hisobga oladi. F1K nasosning qolgan ko’rsatkichlari (bosim, uzatish, quvvat) o’zgarganda, nasosdan foydalaaishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Nasoslarni paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi, ulardan dastaval faqat suvni ko’tarish uchun foydalanilganligini ko’rsatadi. Xozirgi kunda shaharlami, sanoat korxonalami va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar yemi sug’orish va quritish, energiyani gidroakkumulyatsiyalash, materiallarini transportlash uchun qo’llaniladi. Issiqlik elektr stansiyalar qozonxonalarni ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, kimyo, qog’oz, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun mo’ljallangan nasoslar mavjud. Ishlash prinsipi bo’yicha nasoslar ikki turga bo’linadi: dinamik va hajmiy (1.2-rasm). Dinamik nasoslarda, suyuqlik doimiy hajmga ega bo’lgan va uzatish hamda olib ketish moslamalari bilan jihozlangan kamerada ta’sir kuchi ostida harakatga keladi. Suyuqlikka ta’sir etadigan kuchning turiga ko’ra dinamik nasoslar o’z navbatida parrakli va ishqalanishli nasoslarga bo’linadi. Hajmli nasoslaming ishlash prinsipi, suyuqlikni kamera hajmining kamayishi hisobiga siqib chiqarilishga asoslangandir. Kamera hajmining davriy ravishda o’zgarishi ishchi qismining ilgarlama-qaytish yoki aylanma harakati hisobiga sodir bo’ladi. Bunda kamerani haydaladigan suyuqlik bilan galma-gal to’ldirilib bo’shatilishi, nasosning kirish va chiqish quvurchalarining klapan moslamalari bilan ta’minlanadi. 1.2 -rasm. Nasoslaruing tasnifi 1.2. Parrakli nasoslarning tuzilishi va ishlash priusiplari Parrakli nasoslarga markazdan qochma, o’qli va diagonalli nasoslar kiradi. Mazkur nasoslaming ishlash prinsipi, ishchi g’ildirak parraklarini oqib o’tadigan haydaladigan suyuqlik oquni bilan o’ zaro kuchli ta’sirlanishga asoslangandir. Lekin qayd etilgan turli hil nasoslarda o’zaro ta’sirlanish mcxanizmi har xil bo’ladi va shu sababli ulaming konstruktiv tuzilishi va foydalanish ko’rsatkichlari ham turli xildir. Nazorat savollari: Nasos deb nimaga aytiladi? Nasos qurilmasi deb nimaga aytiladi? Nasos stantsiyasi deb nimaga aytiladi? Nasoslarning asosiy ko’rsatkichlari nechta? Nasos ko’rsatkichlari nimani ifodalaydi? Download 18.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling