Identifikatsiyalash


Download 1.5 Mb.
bet3/52
Sana27.08.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1670754
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
ОПТИМАЛЛАШТИРИШ (2)

K I R I SH

Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyaning rivojlanishi amaliy sohadagi fanlarning yanada rivojlanishiga turtki boʻlmoqda. Bu esa turli ishlab chiqarishlarda qoʻllaniladigan texnologik qurilmalarni avtomatlashtirishda muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, axborot texnologiyalarining yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va rivojlantirish asosiy oʻrinlardan biridir.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilmiy- tadqiqot muassasalarini ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga jalb etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunindek, Oʻzbekiston Respublikasi yanada rivojlanishi uchun Xarakatlar strategiyasi asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarini amaliyotga joriy etish mexanizmlaridan iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshirishda foydalanish muxim ahamiyatga ega hisoblanadi [1].
Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoev “2017-2021 yillarda Oʻzbekistonda rivojlantirishning beshta ustivor yoʻnalishi boʻyicha xarakat strategiyasi”ning ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida belgilab qoʻyganidek, ta’lim va sohani rivojlantirish boʻyicha “Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish” bugungi kunda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir professor-oʻqituvchining vazifasidir [4].
Soʻzsiz bu fikrlar ishlab chiqarishni fan-texnikaning soʻnggi yutuqlariga asoslanib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish masalalariga ham ta’lluqlidir.Bu muammolarni hal qilish boshqarish tizimlarini yaratishning matematik asoslarini chuqur bilishni talab etadi.
Hozirgi vaqtda xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatini yaxshilash boshqaruv masalalarida optimallashtirish usullari tadbiqini taqazo etadi. Bu muammolarni xal etishda borayotgan jarayonlarning aniqligini oshirish, energetik va moddiy resurslarni tejash va avtomatlashtirish vositalaridan samarali foydalanish katta axamiyatga ega. Texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini hamda texnologik kurilmalarning aniqligi va samaradorligini oshirish talablarida optimal boshqarish sistemalarini tadbiq etish shartliligini koʻrsatadi.
Ushbu oʻquv qoʻllanmada axborot boshqaruv tizimlarida masalalarini zamonaviy usullar asosida koʻrib chiqish va unga yangicha yondashuvning rivojlanish tendensiyalarni koʻrib chiqish maqsad qilib qoʻyilgan. Optimallash masalalarini echishdan maqsad va ularni matematik qoʻyish uslublari, optimallashning zaruriy usulini tanlash xususiyati va uning amaldagi qoʻyilishi, echish jarayonidagi zaruriy matematik vositalar va algoritmlar haqida tushunchasiga ega boʻlishi; optimallashtirish masalalarini matematik qoʻyilishida shakllantirish uslublarini, optimallashtirishning zaruriy sxemalarini tanlashda tasnifiy belgilarini, ekstremal, tez ta’sir etish boʻyicha va aniqligi jixatdan optimal boʻlgan sistemalarni qurish prinsiplari va usullarini bilishi va ulardan foydalana bilishi; optimallashtirish masalalarini matematik qoʻyilishi, maqsadga mos keluvchi usullarni tanlash, konkret optimallashtirish masalalarini echish, echimdan olingan natijalarning interpretatsiya va taxlil qilish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu qoʻllanmadan koʻzlangan asosiy maqsad, sistemalarning optimal xususiyatlari va qurish usullarini oʻrganishdan iboratdir. Qoʻllanmada taqdim etilgan tushunchalar va konsepsiyalar optimallash masalalari haqida, matematik programmalashtirish, chiziqli programmalash masalasining matematik modeli, chiziqli programmalash masalasining echish usullari, (toʻgʻri burchaklar usuli, simpleks jadval tuzish usuli, sun’iy bazis usuli, geomatematik interpritatsiyasi, jadval usuli) transport masalasi va uning matematik modeli, butun sonli programmalash, Nochiziqli programmalashtirish usuli, dinamik programmalashtirish sohasidagi bilimlarni toʻliq egallash imkonini beradi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling