Ekologik xizmat nima va uni kim boshqaradi?
Javob: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining korxona va tashkilotlari tizimida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida atrof tabiiy muhit muhofazasini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmasi yoxud alohida mansabdor shaxsidir.
Ekologik xizmat xodimlarining mehnat munosabatlariga loqaydlik bilan qarashi qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi va Ekologik xizmat xodimlari kim tomonidan tayinlanadi?
Javob: Ekologik xizmat xodimiga nisbatan mehnat qonunchiligi bo`yicha xayfsan, jarima yoki mehnat shartnomasini bekor bo`lishiga olib keladi.
Ekologik xizmatni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadi.
Ekologik xizmatni olib borish jarayonida ekologik xizmatni ko`rsatuvchi xodimlarga nazorat olib borilayotgan xududda nazorat bilan birga ushbu hududdan qo`riqlash ishlari va undan foydalanilgan davrda olingan foydani korxonaga topshirishini korxona rahbari nazoratchilardan so`radi.
Huquqiy baho bering.
Javob: Ekologik nazoratni olib boruvchi xodimlarga o`zlarning xizmat vazifalaridan boshqa faoliyatlarga jalb qilish yoki ishni qilishga majbur qilinmaydi ( ekologik xizmat 12.- band).
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorining
3-ilovasi asosida savol-javob shaklida tayyorlandi.
Ekologik audit to‘g‘risida
NIZOM
Ekologik audit o`zi nima va qanday holatlarda ekologik audit o`tkazdiriladi?
Javob: Ekologik audit – atrof muhitga zarar yetkazdirayotgan korxonalarning o`zlari mustaqil tekshirish o`tkazdirishi xisoblanadi.
Ekologik audit korxona yoki tashkilot tomonidan chiqarilayotgan zararin aniqlash maqsadida buyurtmachining o`z taklifiga asosan o`tkazdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |