Idoraviy ekologik nazorat tekshiruvini o`tkazdirishga nimalar asos bo`ladi?
Javob: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari yoxud uning kollegial boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni amalga oshirishning yillik va (yoki) istiqbolli rejalar
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari yoki uning o‘rinbosarining tekshirish muddati, ijrochilar va o‘rganishga doir masalalar doirasi ko‘rsatilgan tekshirishning maqsadi to‘g‘risida qabul qilgan buyrug‘i (farmoyishi)
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilgan holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan asoslangan shikoyatlar tushganda
avariya, favqulodda vaziyatlar va ruxsat etilmagan atrof muhitni ifloslantirish xavfi yuzaga kelgan vaziyatlarda
Tekshirilayotgan tashkilotning hududidan namumalar olishdan ko`zlangan maqsad nima ?
Javob: Avvalo, hududdan olingan namunalar hududning qay darajada zararlanganligi va kelajakda qancha miqdorda zararlanishini prognozlash va tabiiatga yetkzadirilgan zararning xisoblash, ekologik nazoratning to`g`ri olib borilishi uchun.
Qachon atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy amalga oshiriladi.
Qachonki, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrofga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilganida, suvlarga zararli moddalar oqizilganda va tabiatga chiqindilar chiqarilganda.
Davlat va xo`jalik boshqaruvidagi idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish tartibi va hujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Javob: Nazorat qilish tartibi idoralarni tezkor tekshirish uchun aylanib chiqish va ko`zdan kechirish shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatlashtirish bo`lsa, hududga borib video, foto va namunalar olishdan iborat bo`ladi.
Nazorat amalga oshirilganidan so`ng tuziladigan dalolatnoma mazmunini yoritib bering.
Javob: dalolatnoma tuzilgan sana va joy
tekshirishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi
tegishli hujjatlarning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda tekshirishni o‘tkazishning asoslari
tekshirishning amalda boshlangan va yakunlangan sanasi
o‘rganish uchun qo‘yilgan savollar ro‘yxati va ularga javoblar
qonun hujjatlari talablari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish uchun takliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |