Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida


Jamoatchilik ekologik nazaoratini inspektorlari qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?


Download 112.73 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi112.73 Kb.
#1582644
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6994 53329 fvdmQ

Jamoatchilik ekologik nazaoratini inspektorlari qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?
Javob: Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan nazoratda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jamoatchilik inspektorlari bo'lishi mumkin va ularga mahsus order beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorining
4-ilovasi asosida savol-javob shaklida tayyorlandi.

O‘SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH FOYDALANISH BILAN BOG'LIQ SAVOL-JAVOBLAR.
1-savol:
Sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar kimning mulki bo'lishi mumkin?
Javob: Jismoniy va yuridik shaxslarning.
2-savol:
Qaysi organ o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi?
Javob: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
3-savol:
Qaysi organ O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini ta’minlaydi?
Javob: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi
4-savol:
Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradigan organ qaysi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
5-savol:
O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi?
Javob: Mahalliy davlat hokimiyati organlari
6-savol:
O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasini qaysi organ amalga oshiradi?
Javob: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
7-savol:
Botanika bog'lari tashkil etilishi bo'yicha nechta shakli mavjud?
Javob: 2 ta. Umumiy ahamiyatga molik botanika bog'lari va mahalliy ahamiyatga bog'liq botanika bog'lari.
8-savol:
Umumiy ahamiyatga molik botanika bog'lari qaysi davlat organi tomonidan tashkil etiladi?
Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
9-savol:
Mahalliy ahamiyatga molik botanika bog'lari qaysi davlat organi tomonidan tashkil etiladi?
Javob: Mahallliy davlat hokimyati organi qarori asosida tashkil etiladi.
10-savol:
Dendrologiya bog'lari qanday bog'lar?
Javob: Sun’iy yaratilgan sharoitlarda o‘simliklarning xilma-xil turlarini saqlab qolish hamda ularni o‘rganish, ulardan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritish uchun mo'ljallangan bog‘lar.
11-savol:
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini va botanika kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish ruxsatnomalarini qaysi organ beradi?
Javob: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi.
12-savol:
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati kimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
13-savol:
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qanday tartiblarda amalga oshiriladi?
Javob: Umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
14-savol:
O'simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul, hayotiy zarur ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun cheklangan hajmlarda amalga oshiriladi.
15-savol:
O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning maxsus tartibi qanday?
Javob: O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
16-savol:
O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qanday muddatlarga berilishi mumkin?
Javob: O‘simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga berilishi mumkin.
17-savol:
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan ajratib olish tartibi qanday?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
18-savol:
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol uchun yig‘ish va tayyorlashga qanday foydalanish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
Javob: Umumiy foydalanish tartibida.
19-savol:
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yig‘ish va tayyorlashga o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qanday asoslarda yo'l qo'yiladi?
Javob: Maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi.
20-savol:
Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Javob: Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra haq to‘lamasdan amalga oshiriladi.
21-savol:
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan botanika kolleksiyalarini yaratish hamda to‘ldirib borish qaysi davlat organi tomonidan tartibga solinadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
22-savol:
O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlar uchun qaysi organ tomonidan beriladi?
Javob: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan beriladi.
23-savol:
O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma davlat o'rmon fond yerlari uchun ruxsatnoma qaysi organ tomonidan beriladi?
Javob: O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan.
24-savol:
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni o‘tlatish uchun ruxsatnoma qaysi organ tomonidan beriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi.
25-savol:
Yog‘och olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez o‘sadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma qanday tartibda olinadi?
Javob: Ruxsatnoma talab qilinmaydi.
26-savol:
O‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibini qaysi organ belgilaydi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27-savol:
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qanday talablar mavjud?
Javob: O‘simlik dunyosining turlari xilma-xilligini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish; o‘simlik dunyosi o‘sadigan muhitni saqlab qolish; o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni tiklash va takror ko‘paytirish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalishini va sonini tartibga solish.
28-savol:
O‘simlik dunyosi monitoringi nima?
Javob: Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘simlik dunyosi va u o‘sadigan muhit holatining maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuvlaridan, undagi o‘zgarishlarni aniqlash, uni baholash hamda prognoz qilish.
29-savol:
O‘simlik dunyosini takror ko‘paytirish qanday usullar orqali amalga oshiriladi?
Javob: O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish; o‘simlik dunyosining tabiiy ravishda takror ko‘payishi va tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarini sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish va ularni ekish.
30-savol:
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining ro'yxati qanday yuritiladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish orqali.
SAVOL-JAVOBLAR "O‘SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI ASOSIDA TAYYORLANDI.
Download 112.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling