Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari Reja


Download 29.67 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi29.67 Kb.
#1158324
1   2   3   4   5
Bog'liq
Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari

Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan.
Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi.
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmok qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.

2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayonita xotira faoliyati qo'shiladi.


3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.


4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",


"buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob" va boshqalar,

5. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.


6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas.


Narsa-hodisalarni to'liq, va raso idrok qilish uchun shu narsa-hodisa ular ustida diqqat kuchli va barqaror turish zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi qilish uchun o'quvchilar diqqatiga e'tibor brish kerak.
Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi. Chukurroq tushunadi, narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqni topadi, muhim bo'lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan.
Ma'lumki, idrok sezgi organlari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi organi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. Masalan: suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayoni qaysi sezgi organining yetakchilik o'ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, hid idroki, ta'm idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan: kinofilmni idrok qilishda kurish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadirlar. Idrokni klassifikasiya qilishda materiyaning yashash formalari, fazo,vaqt, harakat asos qilib olinadi. Shunga ko'ra idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Fazoni idrok qilish.


2. Vaktni idrok qilish.
3. Harakatni idrok qilish.

Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini hajmini va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o'lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, to'rt burchakli, kub kvadrat doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta kichik, o'rtacha, yirik mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzokda va hokazo.


Fazoni ko'rish, teri, muskul harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko'z bilan va ikki ko'z bilan idrok qilamiz. Molikulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan gavharida bir-birini kesib o'tadi va ularning kesishgan joyida ko'rish burchagi hosil bo'ladi. Bu burchakniig katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligiga hamda uning ko'zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog'liq. Ko'z gavharining va umuman, ko'zning narsalarni eng yaxshi ko'rish uchun moslashuvini akkomodasiya deyiladi. mlnjul^chgining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtning "tez" yoki "sekin" o'tishni kishining vaqtga va diqqat yo'naltirilgan ob'yektga munosabatiga ham bog'liq. Masalan, biror darsning o'tilishi, kinofilmni ko'rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtning ob'yektiv belgilari va uning oralig'ini noto'g'ri farqlashga imkon beradigan bir narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.



Download 29.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling