Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari


Download 31.84 Kb.
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi31.84 Kb.
#1721770
  1   2   3   4
Bog'liq
IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI


IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI


Reja:



I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari.
1) Idrok tushunchasining ta'rifi.
2) Idrokning murakkabligi.
3) Kuzatish va kuzatuvchanlik.
4) Idrokning fiziologik asoslari.


II. Idrokning xossalari
1) Idrokda ob'yekt va fon.
2) Appersepsiya
3) Idrokning konstantligi.
4) Ilyuziya va gallyusinasiya


III. Idrokning klassifikasiyasi. (tasnifi)
1. Fazoni idrok qilish
a) Narsalarning shaklini idrok kilish.
b) Narsalarning hajmini idrok qilish.
v) Narsalarning chuqurlngi va uzokligini idrok qilish.
g) Yo'nalishni idrok qilish.
2) Vaqtni idrok qilish.
3) Harakatni idrok qilish.

Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmok qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.


1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.

2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayonita xotira faoliyati qo'shiladi.


3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.


4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",


"buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob" va boshqalar,

5. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.


6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas.


Narsa-hodisalarni to'liq, va raso idrok qilish uchun shu narsa-hodisa ular ustida diqqat kuchli va barqaror turish zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi qilish uchun o'quvchilar diqqatiga e'tibor brish kerak.
Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi. Chukurroq tushunadi, narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqni topadi, muhim bo'lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan.
Lekin u sezgilarga qaraganda birmuncha murakkabroq I.Pavlov ta'limotiga ko'ra, tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarning reseptorlarga ta'sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari po'stida hosil bo'ladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bu muvaqqat bog'lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari bilan kompleks qo'zg'ovchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan student butun bir daryo jarayonida idrok qilinganda o'qituvchini ko'radi, uni nutqini tinglaydi, yozadi.
Bu kompleks qo'zg'ovchilar ko'rish, eshitish, muskul harakat reseptorlarini qo'zg'aydi. Kompleks qo'zg'ovchilar analizatorlarning miya po'sti bo'limidagi yadrolarda murakkab taxlil va sintez qilish amalga oshadi. Idrok jarayonida taxlil bilan bir vaqtda sintez xam paydo bo'ladi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so'z va iboralarni idrok qilamiz. Demak idrokning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining muvaqqat nerv bog'lanish yotadi. Muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lish jarayoni sintez asosini tashkil etadi. Idrok asosida ikki xil nerv bog'lanishlari yotadi.
a) Bir analizator doirasida hosil bo'ladigan bog'lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo'zg'ovchilarning organizmga ta'sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analiz qatoriga, ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o'ziga xos birikishi shunday qo'zg'ovchi bo'la oladi. Muziqa tinglash, rasm ko'rish.
6) Analizatorlar aro bog'lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo'zg'ovchilar bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko'rish, eshitish, muskul analiz qatorlari, ma'ruza, monolog.

1. Idrokning xossalari


2. Idrokda ob'yekt va fon.

Odamga juda ko'p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko'p xossalariga egaki, xatto odam bir vaqtning o'zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko'p sonli qo'zg'ovchilardan faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. Shu ajratib narsa-hodisalar esa fon sanaladi, Masalan o'qituvchi bir darsda bir necha o'quvchilardan so'raydi. Har safar so'ralayotgan turadi. Chaqirilgan o'quvchi uning javobi hatti-harakati idrok ob'yekti hisoblanadi. Boshqa o'quvchilar faoliyati idrok foni bo'lib qoladi. Idrok foniga qolgan o'quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok ob'yektiga aylanadi va aksincha. Demak idrok ob'yekti va foni dinamik harakterga ega bo'lib, doimo o'zgarib turadi. Ob'yekt va fonning dinamik bosh miya katta yarim sharlari po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish duchorining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatining bir ob'yektdan boshqa ob'yektga o'tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'yektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, lederlar, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko'rish mumkin. Juda ko'p hollarda ob'yektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohida rang, shakl va boshqa belgilar bilan ta'kidlab quyiladi. Masalan: transport belgilari, temir yo'l ishchilari maxsus to'q, sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.





Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling