Idrok Qahramonova Hayriniso 102- guruh idrok - Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, bevosita aks ettirishda ishtirok etadi. Idrokning (lot. «perceptio» – qabul qilish, idrok) yuqori bosqichi«appersepsiya» deyiladi.
Appersepsiya - Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror - Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, ideali, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘ta murakkab tuzilishga egadir
Vaqtincha - Vaqtincha appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o‘z ifodasini topadi.
Harakatni idrok qilish - Harakatlarni idrok qilish jism (ba’zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy, siyosiy tabiiy holat)larning fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o‘rin almashinuvini bevosita (bilvosita) in’ikos ettirishdan iboratdir. Bunda harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbatsiz (taqqoslanmasdan) idrok qilinadi. Harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb atalib, harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko‘rinishdagi harakat esa nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |