Idrok va kasb tanlash Reja


Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlanib qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi


Download 14.93 Kb.
bet6/6
Sana22.03.2023
Hajmi14.93 Kb.
#1286233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Idrok va kasb tanlash

Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlanib qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.

Tartibga keltirish. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib qolish kerak bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash ularning xotirada ishonchliroq saqlanib qolishiga imkon beradi.

Xulosa

Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga eng ko‘p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish ob’ektlarning eng muhim

jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy aloqalarga asoslanadi. Qiziqish uyg‘otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. O‘zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan narsalar bilan bog‘lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo‘yish katta aha- miyatga ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, uning natijalarini oldindan ko‘rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. Bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek, Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganishimiz zarur.

 

 

ADABIYOTLAR:

A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. 50-52 bet

E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003. 20-bet

I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov. 50-60 betlar

Moskva,1997 Moskva, 1992B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami.-Toshkent,2003.30-bet.


Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling