Idrok va kasb tanlash Reja


Download 14.93 Kb.
bet1/6
Sana22.03.2023
Hajmi14.93 Kb.
#1286233
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Idrok va kasb tanlash

Idrok va kasb tanlash

 

Reja:

 

1.Idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari. Appertseptsiya. Vaqt, harakat

va fazoni idrok qilish. Kasbni shaxs idrokiga qo’yadigan talablari. Idrokning

kasbga qo’yadigan talablari.

2.Xotira va kasbiy maslahat. Xotira turlari va jarayonlari.

3.Xulosa

4.Foydalanilgan adabiyotlar

Idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari. Appertseptsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish. Kasbni shaxs idrokiga qo’yadigan talablari. Idrokning kasbga qo’yadigan talablari.

Idrok va uning Muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni. Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.

Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.

Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi.

Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.

Muhandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ekt- lardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy Shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg‘ash jarayonidir. YAxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.

Shu nuqtai nazardan idrok Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. YA’ni, Muhandis xodim aniq ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis xodimlar voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur.


Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling