Idttcy fanidan


Download 58.7 Kb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1250156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27 MAVZUDAGI MUSTAQIL ISH TAYYOR BULDI .

s) 2022-yil 1-yanvardan Prezidentning 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoniga asosan “Yashnobod” texnoparki ma’muriyati va rezidentlari amalga oshirayotgan innovatsiya loyihalari bo‘yicha belgilangan foyda, yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlari bekor qilinadi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin: œ soliqlardan butunlay ozod qilish; œ yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish; œ soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish; œ soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish; œ soliqdan qisman ozod qilish; œ xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish; œ eksportga imtiyozlar berish va boshqalar. Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish, davlatni shunday faoliyati bilan bog‘liqki, u takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni yo‘qotish uchun sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, agar soliqlarning ba’zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini soliq subyekti, soliq obyekti, soliqlarni undirish vositalari, muddatlari nuqtayi nazaridan bir necha guruhlarga (turlarga) bo‘lish mumkin. Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash mumkin. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, barcha qonun hujjatlarida soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda namoyon bo‘ldi: œ soliqdan batamom ozod etish; œ soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish; œ soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan soliq imtiyozlarini quyidagicha guruhlash mumkin (1.3.3-chizmaga qarang). 1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng so‘nggi turi bu soliq solish usulini tanlash huquqidir. Bu imtiyoz faqat Soliq Kodeksiga muvofiq berilgan bo‘lib, avvalgi soliq qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda tutilmagan edi. Bu imtiyoz turining mohiyati, asosan, kichik biznes subyektlariga soliq solishning u yoki bu turini tanlash huquqi berilganligi bilan ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida soliq tizimini takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq stavkalarining qo‘llanish mexanizmidan foydalanish, soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qilish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



XULOSA.

O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘i kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida har yili yangidan tasdiqlanadi. Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob qilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi. Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to‘lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da hisoblaydilar va ushlab qoladilar. Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.



Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling