Idttcy fanidan


Soliq krediti, tezlashtirilgan amortizasiya, tovar ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish


Download 58.7 Kb.
bet4/7
Sana08.03.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1250156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
27 MAVZUDAGI MUSTAQIL ISH TAYYOR BULDI .

Soliq krediti, tezlashtirilgan amortizasiya, tovar ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish.

Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil byudjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi. Byudjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi: – davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini; – byudjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini; – byudjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik chegaralarini; – byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini; – byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tamoyillarini. O‘z navbatida, byudjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investision siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, byudjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi. Pul-kredit siyosati – emissiyani boshqarish, inflyasiyani va milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va sotib olish kursini) tartibga solish orqali,


Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi. Pul-kredit siyosati tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investision siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, byudjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda asosiy vositalarni o‘stirish va modernizasiya qilishni moliyalashtirish tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi tushuniladi.
Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi pul-kredit siyosati deyiladi. Mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin. Shakl bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy (bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit restruktizasiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa muddat va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi va h.k.
AMORTIZATSIYA AJRATMALA-RI — mahsulot tannarxiga kiritiladi-gan asosiy fondlar amortizatsiyasi sum-masi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital taʼmir va yangilash) va toʻliq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari meʼyorlari asosiy fondlar qiymatiga proporsional holda hisoblanishi, yaʼni taxminan foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki ka-mayib boruvchi balans usulida — ja-dallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amor-tizatsiya meʼyori
2-marta oshiriladi, ik-kinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining qismi ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amorti-zatsiya meʼyorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini se-kinlashtiradi, oshirilgan meʼyorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu sababli Amortizatsiya ajratmalari normativlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari taʼ-minlashi kerak boʻlgan asosiy shart aso-siy fondlar eskirishini toʻliq qoplash va ularni takror yaratishni taʼminlash-dir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat Amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini 440hisobdan chiqarishni tezlatish tadbir-korni asosiy fondlarning maʼnaviy eskirishi bilan bogʻliq ehtimoli boʻlgan zarar koʻrishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga ragʻbatlantiradi.
Savdolarni o‘tkazishni bu usulida xaridorlarni buyurtmalari oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan sirtdan ko‘rib chiqiladi. Yagona rasmiy narx belgilanadi. O‘zbekistonda bunday usul DQMO ning birlamchi joylashtirilishi bo‘yicha kim oshdi savdolarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu usulda kim oshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmi quyidagicha:
- Respublika fond birjasi tomonidan xaridorlar buyurtmalarining yig‘ilishi; - buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim etish; - Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan xaridorlarning sirtqi bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash;
- buyurtmalarni qondirish. G) Qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy, milliy va xalqaro bozorlari Katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda odatda, qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy yoki lokal bozorlari shakllanadi. Masalan, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatdan iborat bo‘lgan ma’muriy-hududiy tizimlardan iborat. Bunda har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Qimmatli qog‘ozlarning halqaro bozori bu jahon miqiyosida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. Bunda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan ikkinchisiga oqib o‘tadi.



Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling