If-elif-else konstruksiyasi. Rostlikka tekshirish if/else uch bo‘ginli qurilishi


Download 39.89 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1217699
1   2   3   4
Bog'liq
If-elif-else

To‘plamlar (set va frozenset)
Bu bobda Python dasturlash tilidagi to‘plamlar, ya’ni to‘plam nima ekanligi, ular ustida bajariladigan amallar, ularning qo‘llanilishiga oid misollar haqida gaplashamiz.
To‘plamlar nima?
Pythonda to‘plam – takrorlanmaydigan elementlarning tasodifiy tarzda joylashgan konteyneri.
To‘plam yaratamiz:
>>> a = set()
>>> a
set()
>>> a = set('hello')
>>> a
{'h', 'o', 'l', 'e'}
>>> a = {'a', 'b', 'c', 'd'}
>>> a
{'b', 'c', 'a', 'd'}
>>> a = {i ** 2 for i in range(10)} # to`plamlar generatori
>>> a
{0, 1, 4, 81, 64, 9, 16, 49, 25, 36}
>>> a = {} # bunday mumkin emas
>>> type(a)

Misoldan ko‘rinib turibdiki, to‘plamlar xuddi lug‘atlar kabi literallarga ega, lekin bosh to‘plamni literal yordamida yaratib bo‘lmaydi.
To‘plamlardan takrorlanadigan elementlarni o‘chirish uchun foydalanish qulay.
>>> words = ['hello', 'daddy', 'hello', 'mum']
>>> set(words)
{'hello', 'daddy', 'mum'}
To‘plamlar bilan qator amallarni bajarish mumkin. Masalan, birlashtirish, kesishish va h. k.

  • len(s) – to‘plamdagi elementlar soni (to‘plam o‘lchami).

  • x in s – x ning s to‘plamga tegishliligini aniqlash.

  • set.isdisjoint(other) – agar set va otherlar umumiy elementlarga ega bo‘lmasa, rost qiymatga ega bo‘ladi.

  • set == other – setning barcha elementlari otherga tegishli, otherning barcha elementlari esa setga tegishli.

  • set.issubset(other) yoki set <= other – setning barcha elementlari otherga tegishli.

  • set.issuperset(other) yoki set >= other – setning barcha elementlari otherga tegishli.

  • set.union(other, ...) yoki set | other | ... – bir necha to‘plamni birlashtirish.

  • set.intersection(other, ...) yoki set & other & ... – kesishma.

  • set.difference(other, ...) yoki set - other - ... – otherga tegishli bo‘lmagan otherning barcha elementlaridan iborat to‘plam.

  • set.symmetric_difference(other) yoki set ^ other – ikkala to‘plamda ham uchramaydigan, lekin to‘plamlarning bittasida mavjud elementlardan iborat to‘plam.

  • set.copy() – to‘plamning nusxasi.

Bevosita to‘plamlarning o‘zini o‘zgartiruvchi amallar:

  • set.update(other, ...); set |= other | ... – birlashma.

  • set.intersection_update(other, ...); set &= other & ... – kesishma.

  • set.difference_update(other, ...); set -= other | ... – ayirma.

  • set.symmetric_difference_update(other); set ^= other – ikkala to‘plamda ham uchramaydigan, lekin to‘plamlarning bittasida mavjud elementlardan iborat to‘plam.

  • set.add(elem) – to‘plamga element qo‘shadi.

  • set.remove(elem) – to‘plamdan elemni o‘chiradi. Agar bunday eleme bo‘lmasa, KeyError xatoligi yuzaga keladi.

  • set.discard(elem) – agar elem to‘plamda mavjud bo‘lsa, uni o‘chiradi.

  • set.pop() – to‘plamning birinchi elementini o‘chiradi. To‘plamlar tartiblanmagan bo‘lganligi sababli, qaysi element birinchi bo‘lishini aytib bo‘lmaydi.

  • set.clear() – to‘plamni tozalash.

frozenset
frozensetning setdan yagona farqi – setni o‘zgartirish mumkin, ammo frozensetni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Taxminan shunday vaziyatni biz ro‘yxatlar va kortejlarda kuzatgan edik.
>>> a = set('qwerty')
>>> b = frozenset('qwerty')
>>> a == b
True
>>> True
True
>>> type(a - b)

>>> type(a | b)

>>> a.add(1)
>>> b.add(1)
Traceback (most recent call last):
File "", line 1, in
AttributeError: 'frozenset' object has no attribute 'add'

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling