Alliteratsiya – Badiiy matnda nutq tovoshlarining takrorlanib kelishi.
Assonans - badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qо‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir.
Emotsional gaplar - Sо‘zlovchining о‘ta xursandlik yoki о‘ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.
Ritorik sо‘roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Ular javob talab qilmaydigan so`roq gaplar ma'nosida ishlatiladi. Bunday gapdlarda ma'no tashuvchilik funktsiyasidan ko`ra estetik ta'sirchanlikni oshiruvchilik vazifasi yuqori turdi.
Masalan badiiy adabiyotdan ritorik so`roq gaplarga misol:
Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho`lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmisan, Qodiriyni yo?
Qalqon bo`lganmiding, kelganda balo?
Nimasan, qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshagabunchalik o`chsan?
Qarshingda hasratli o`yga tolaman,
Qachon xalq bo`lasan, ey sen olomon? (A.Oripov)
Inversiya deb gap bо‘laklarining о‘rin almashinishi, yoki gap bо‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan о‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Инверсия айниқса шеърий нутқда фоал қўлланиладиган ва қўл келадиган тушунча бўлиб, шеър оҳанги ва маъносини англаш ва илғашда муҳим аҳамият касб этади.
Ellipsis (yun. elleipsis – tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bо‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi.
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.
O`zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib, uning ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy ish qog`ozlari, so`zlashuv kabi uslublari shakllandi.
Sintaktik qurilmalar nutq uslublarida neytral bo`lgani kabi, funktsional xarakterda ham bo`ladi. Sintaktik stilistika uchun neytral xarakterdagi sintaktik vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funktsional sintaktik vositalar muhimdir.
Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo`llanishi, so`z tartibida teskari, sub`ektiv tartibga keng yo`l qo`yilishi, ritorik so`roq va undov gaplar, sintaktik figuralarning ko`p qo`llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |