Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati” fanidan materiallar 1-mavzu: “Mutolaa madaniyati” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja
Download 0.75 Mb.
|
“Ifodali o`qish va mutolaa madaniyati”fanidan materiallar
Hikoyalarni ifodali o`qish. Hikoya epik turning kichik janri bo'lib, kishi hayotidagi ma'lum voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo'lgan va undan keyin ro'y beradigan voqealarni batafsil bayon etmaydi. Shunisi xarakterliki, hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizod olinib, unda hayotning muhim, tipik ko'rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.
O`quvchi hikoyani ifodali o'qishda bu janrning ana shu jihatlarini e'tiborga olishi, matndagi muallif nutqi, tabiat tasviri, diologlar hamda qahramonlaming ichki kechinmalarini puxta o'rganishi lozim. Nasriy asarlarni o`qish lirik turdagi asarlarni o`qishdan tubdan farq qiladi. Bu farq, avvalo, asarning janr xususiyati bilan belgilanadi. Lirik turdagi asarlarda shoirning oniy hissiyoti, voqelik haqidagi kechinmalari butun harorati bilan ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, she'r shoirning voqelikdan olgan taassurotlarini jo`shqin aks ettiruvchi ehtiros mahsuli sifatida yuzaga keladi. She'rni o`qiganda ham mana shu harorat, jo`shqinlik aks etib turadi. Bu turdagi asarlarni ifodali o`qish she'riy janrlardan farqli o`laroq nisbatan osoyishta kechadi. Albatta, bu “osoyishta”likni muayyan asarning hamma o`rinlariga ham qo`llab bo`lmaydi, chunki voqealar davomida shiddatkor o`rinlar, hayajonli lavhalar ham uchraydi. Badiiy asarning qaysi o`rinni qanday ohangda, qanday tempda o`qish lozimligini aniqlash uchun, dastlab asarning g`oyaviy mazmunini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Chunki asarda qo`yilgan hayotiy haqiqatni aniqlash, uni mantiqan tushunib o`qishga, ayni paytda ifodali o`qishga yordam beradi. Badiiy tilning tasviriyligi nasriy(epik) asarlarda yanada yorqinroq namoyon bo`ladi. Lirik asarlarda tasvirlangan tashqi manzara lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vositagina (ya'ni, unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur fragmentlarigina qalamga olinadi) bo`lsa, epik asarlarda tasvirlangan badiiy voqelik o`zicha mustaqil, ob'ektivlashgan manzaradir. Shu bois ham epik asarlarda tasvirlangan ijodkor ko`zi bilan ko`rilgan voqelik o`quvchi xayolida ham jonlanadi. O`quvchi asar voqealari yuz berayotgan joy, qahramonlarning xatti-harakatlarini go`yo ko`rib turadi. Lirik asar tilining emotsionalligi ko`proq lirik qahramonning konkret paytdagi (lirik asarda badiiy vaqtning juda qisqaligi, "hozir" bilan belgilanishini e'tiborga olish zarur) kayfiyati, holati, kechinmalari bilan bog`liq bo`lsa, epik asarda emotsionallikning namoyon bo`lishi o`zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik birinchi galda tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog`liqdir. Epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o`zgarishi barobari emotsionallik ham o`zgarib boradi. Buni jonliroq tasavvur qilish uchun "O`tgan kunlar"dan olingan bir necha parchaga diqqat qilaylik: "Og`ir tabi'atlik, ulug` gavdalik, ko`rkam va oq yuzlik, kelishkan qora ko`zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit..." (Otabek) "... uzun bo`ylik, qora cho`tir yuzlik, chag`ir ko`zlik, chuvoq soqol, o`ttiz besh yoshlarda bo`lg`on ko`rimsiz bir kishi..." (Homid) "... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig`a tartibsiz suratda to`zg`ib, quyuq jinggila kiprik ostidagi timqora ko`zlari bir nuqtag`a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko`rgan kabi... qop-qora kamon, o`tib ketgan nafis, qiyig` qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho`chigan kabi... to`lg`an oydek g`uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg`a aylangan-da, kimdandir uyalg`an kabi..." (Kumush) "O`n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o`rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha'niga loyiq tavozi'-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoniga keldi..." (Zaynab) Roman voqeligiga ilk bor kirib kelgan qahramonlarini A.Qodiriy o`quvchisiga ayni shu yo`sin taqdim qiladi. Tabiiyki, ularning har biriga nisbatan yozuvchining o`z hissiy munosabati bor va tasvirda bo`rtib turgan bu munosabat o`quvchi shuuriga singadi, uning qahramonlarga munosabatini belgilaydi. Otabek haqida gapirganda sezilib turuvchi ichki bir hurmat, Kumush tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi jirkanishga yaqin bir his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya — bularning bari tasvir predmeti o`zgargani barobari hissiy munosabatning ham mutanosib o`zgarishidan dalolat beradi. E'tibor bering-a, shu parchalarning o`ziyoq Zaynabni Kumush bilan qiyos qilgan kitobxonga keyingisi foydasiga hukm chiqarish imkonini bermaydimi?! Bu tasvirni o`qib "Zaynab — o`rtamiyona bir qiz, kelinbop qiz", degan fikr uyg`onar-u, biroq "firoqida ikki yillab sarson-sargardon yurishga, uni deya o`limga tik borishga, nihoyat, ko`yidagi o`limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz" degan fikr aslo kelmaydi. Ko`rinadiki, til vositasida yaratilgan tasvirda bo`rtib turgan hissiy munosabat yozuvchiga o`quvchining qahramonlariga o`zi istagandek munosabatda bo`lishini, asarining o`zi istagandek tushunillshini ta'minlash imkonini beradi. Demak, epik asarda emotsional tonallik muttasil o`zgarib, tovlanib turadiki, bu narsa azmunning ifodalanishida ham, asarning qabul qilinishida ham muhim ahamiyatga ega. Epik asardagi emotsionallikning ikkinchi xili undagi sahna-epizodlar, dialoglar bilan bog`liqdir. Epik asar tarkibidagi sahna-epizodlar o`quvchi xayolida jonlanishi, qahramonlarning gap ohangi "eshitilshi" zarur. Qahramon nutqi intonatsiyasini "eshitolgan" o`quvchi ularning ruhiyatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, qahramonlararo munosabatlar mohiyatini chuqur anglaydi. Yana "O`tgan kunlar"ga murojaat qilamiz. Otabek dushmanlaridan o`chini olib Toshkentga jo`nagach, usta Olim keltirgan xatlardan bor gapni anglaganlaridan so`ng Kumush bilan otasi o`rtasida kechgan suhbatga diqqat ilaylik: "- Shu voqi'adan so`ng kuyavingiz aniq kelganmi edi? - Kelgan edi, qizim. - Bechorani nega xaydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu kelishdan xabardor qilmadingiz? - Men uning kelishini boshqa gapka yo`yib, sizlarga bildirmagan edim... - Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joydan eshikingizga kelishi sizga g`arib tuyulmaganmi edi? - deb yana so`radi Kumush. Qutidor uyalish va o`kinish orasida: - Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim,- deb qo`ydi". Ota-bola o`rtasidagi bu suhbat kontekstidan xabardor didli kitobxon ularning gap ohanglarini "eshitib", shu orqali ularning ruhiy holati haqida tasavvur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak, Kumush ikki yillik hijronida qisman otasini ham aybli deb hisoblashi, shu narsa uning gap ohangidan sezilib turishini ko`ramiz. Ayni paytda, otasi ham buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida aybdorlik, hijolat hissini tuyub turadi. Parchani shu xil tushunishga imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: ta'kidni kuchaytiruvchi vositalar(shu, aniq, -mi edi; takror qo`llanilayotgan "nega"), muallif izohlari. Demak, badiiy til unsurlari muallif izohlari bilan qo`shilgan holda qahramonlarning dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur qilish va shu asosda ularning ruhiyatini, kayfiyatini tushunish imkonini yaratar ekan. Personajlar o`rtasidagi dialog konkret hayotiy situatsiyada kechishi tufayli, birinchidan, hayotiy holatning hissiy bo`yoqdorligi dialog vositasida yanada boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi hayotiy holat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir predmeti bilan bog`liq emotsionallik (ya'ni, muallif nutqidagi hissiylik) hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-biriga bog`liq holda mavjud, ular bir-birini to`ldiradi va birlikda asarning umumiy hissiy tonalligini tashkil qiladi. Voqeabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o`quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yetakchi o`rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta'kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xarakterdagi asarlarga xosdir. Bu xil asarlarda voqea, voqea kechayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan ta'rif, muallifning fikr-mulohazalari kabilar bevosita muallif tilidan beriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqelikni yaxlitlashtiruvchi sub'ektiv asos bo`lganidek, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga - badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi. Zero, yozuvchi milliy til imkoniyatlarini kengaytirishga, o`zining his-kechinmalarini, o`y-hislarini imkon qadar yorqin ifodalashga intilarkan adabiy til normalaridan chekinishi mumkin. Va ayni shu chekinishlar vaqti kelib adabiy til normasiga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas. Personajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi differensatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir personajning nutqi uning xarakter xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma'naviy qiyofasi, madaniy-ma'rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo`lishi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon xarakterini yaratishning asosiy vositalaridan biri personaj nutqi sanaladi. Badiiy nutq ikki shaklda: sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir. Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o`xshash bo`lsa, she'riy nutq muayyan bir o`lchovga solingan, hissiy to`yintirilgan nutq sanaladi. Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, she'riy yo`lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak. She'riy nutq esa lirik asarlarning asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda, uning yana monologik va dialogik shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot chog`idagi bir necha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq, dramatik asarlarda dialogik nutq yetakchilik qilsa, epik asarlarda ularning har ikkisi ham keng o`rin tutadi. Bunda muallif nutqi asosan monologik shaklda bo`lsa, personajlar nutqi asosan dialogik shakldadir. Epik asarda voqea-hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi deb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdek, epik asarda rivoya ko`pincha muallif tilidan, ba'zan esa personajlardan biri tilidan olib boriladi. Masalan, g`afur g`ulomning "Shum bola", "Yodgor", X.To`xtaboevning "Sariq devni minib", E.A'zamovning "Otoyining tug`ilgan yili" kabi qissalarida rivoya personaj tilidan olib boriladi. Shuningdek, rivoya asosan muallif tilidan olib borilgan asarlarda ba'zan epizodik ravishda roviy-personajning paydo bo`lishi ham kuzatiladi. Masalan, "O`tgan kunlar"da rivoya muallif tilidan olib boriladi, romanga kiritilgan "Usta olim hikoyasi"da esa rivoya personaj tilidan olib boriladi. Roviyning o`zgarishi, tabiiyki, muayyan badiiy-estetik maqsadlarga xizmat qiladi. Buni yuqorida eslatganimiz "O`tgan kunlar"da roviyning o`zgarishini yuzakigina mushohada qilinsayoq ko`rish mumkin bo`ladi. Hikoyaning usta Olim tilidan berilgani, avvalo, tabiiylikni ta'minlaydi: o`z xonadoniga kutilmagan mehmon sifatida kirib kelgan va bir ko`rishdayoq ko`ngliga o`tirishgan Otabekning kayfiyatini ko`tarish, nima bilandir mashg`ul qilish istagi usta Olimni o`zining kechmishi haqida hikoya qilishga, shu bahona ko`nglini bo`shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz berishi mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Olim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining bir-birlari bilan samimiy do`st bo`lib qolishlarini, Otabekning keyingi Marg`ilon kelishlarida ham shu xonadonda qo`nib yurishi, nihoyat, chor qo`shinlariga qarshi jangda ikkisining bir safda bo`lishini asoslaydi. Yoki "Shum bola" qissasida rivoyaning personaj tilidan hikoya qilinishi ham o`ziga xos badiiy samara bergani shubhasiz. Deylik, mabodo qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganda, undagi ayrim epizodlar o`quvchida shubha uyg`otishi, ishonchsizlik qo`zg`ashi mumkin bo`lardi. Qorajon tilidan olib borilganda esa biroz orttirilgandek ko`ringan o`rinlar hikoyachining fe'liga yo`yiladi, boz ustiga, uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq ko`rsatishga ham xizmat qiladi. Ba'zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo`l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o`quvchida "asar voqealari o`ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan" degan tasavvurni uyg`otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go`yo bobosidan eshitgandek, endi esa ularni o`quvchiga qayta so`zlab berayotgandek bo`ladi. Shunga o`xshash, epik asarlarda voqealar ba'zan tasodifan yozuvchi qo`liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo`lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o`zi tasodifan shohidi bo`lib qolgan voqea va h. tarzida berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo`llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim degan fikrga bormaslik kerak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan qo`llanadi, aksariyat epik asarlarda "ob'ektiv tasvir" yo`lidan boriladi, ya'ni, yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turadi va o`zining bosh vazifasi deb o`z-o`zicha sodir bo`layotgan voqealarni tasvirlab berishni tushunadi. Epik asarga xos aynan ana shunday xususiyatlar uni mutolaa qilishdagi ayricha jihatlarni namoyon etadi. O`zbek adabiyotida tarixiy romanlarning muayyan o`rni bor. A.Qodiriy, S.Ayniy, Oybek, O.Yoqubov, P.Qodirov, Mirmuhsin kabi ijodkortarixiy roman janrida barakali ijod qildilar. Ayniqsa, Oybek ijodida roman janri alohida ahamiyat kasb etadi. Oybekning ijodiy faoliyati bo`yicha, Homil Yoqubovning «Oybek» (1960), «G`oyaviylik va mahorat» (1963), «Adibning mahorati» (1966), Matyoqub Qo`shjonovning «Oybek mahorati» (1962), Naim Karimovning «Oybek» kitoblari, shuningdek, «Oybekning ijodiy metodi va badiiy mahorati» (1985) nomli maqolalar to`plami alohida diqqatga sazovordir. Ularda yozuvchi asarlari tahlilga tortilib, badiiy, g`oyaviy, tematik xususiyatlari ko`p va keng ochib berilgan. Homil Yoqubovning Oybek haqidagi har uchala kitobi ham, avvalo, dalillarga boyligi, tahlilning puxtaligi, ilmiy xulosalarga serobligi bilan ajralib turadi. Muallif Oybek ijodi misolida zamonaviylik va tarixiylik, an'ana va novatorlik, konflikt va xarakter, hayotiylik va badiiy to`qima, shakl va mazmun, lirik, epik va liro-epik janrlarning o`ziga xos xususiyatlari, ular orasidagi umumiy va farqli jihatlar to`g`risida atroflicha fikr yuritgan, oybekshunoslik va uning taraqqiyoti masalalariga alohida e'tibor qaratib, bu sohadagi ayrim xato va chalkashliklarga aniqlik kiritgan. Matyoqub Qo`shjonovning «Oybek mahorati» kitobida adib mahorati ijodiy rivojlanish jarayoni, o`ziga xos uslub masajalari bilan bog`liq tarzda tahlil etilgan. Xususan, Oybek asarlaridagi asosiy xarakterlarning shakllanishi sinchkovlik bilan yoritilib, sujet va kompozitsiya, shakl va mazmun, ijodiy metod va badiiy mahoratga bog`liq tarzda ochib berilgan. To`g`ri, bunday tadqiqotlar oson kechgan, silliq rivojlangan emas. Oybekka, uning adabiyotning chinakam yutug`i hisoblanmish asarlariga tosh otilgan vaqtlar bo`lgan ideallashtirgan, millatchilikka yo`1 qo`ygan, deya asossiz tanqid qilingan. Xayriyat, tezda har ikkala maqola ham qattiq zarbaga uchradi. B. Fayziyev o`z xatosini ochiqchasiga tan oldi. U «Musa aka, men Sizning «Navoiy» romaningizga maqolamda bir tomonlama yondashdim. Asaringizning umumiy g`oyaviy yo`nalishini ifodalamaydigan bir elementni topib olib, Sizga katta ayblar to`nkadim. Navoiy obrazini pomeshchik sifatida aks ettirmadingiz, deb ayyuhannos soldim. Roman arxaik so`zlar bilan to`lib-toshganligini qayd qildim va hokazo. Umuman, mening o`sha 16.V.1953-yil «Qizil o`zbekiston» gazetasida asaringiz haqidagi maqola bilan chiqishim ,Sizga juda katta zarba bo`lganligini butun vujudim bilan his qildim. Men nodonlik qildim. o`sha mudhish maqolam bilan hatto o`zimni-o`zim ham bepichoq so`ydim», — deb yozgan edi. Yozuvchi Oybek ijodi haqida mustaqillik yillarida davr talablariga mos ravishda yangi tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Adib ijodi sog`lom fikr asosida tadqiq va tahlil etilib, Oybekning ulug`ligini tasdiqlovchi yangi-yangi ilmiy xulosalar chiqarilmoqda. N. Karimov, S. Mamajonov, B. Nazarov, U. Normatov, O. Sharafiddinovlarning «XX asr o`zbek adabiyoti tarixi» (Toshkent, «o`qituvchi», 1999-yil.) darsligi, U. Hamdamovning nomzodlik, A. Sabriddinovning doktorlik dissertatsiyalari bunga yaxshi misol bo`ladi.Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentda hunarmand-bo`zchi Toshmuhammad aka oilasida tug`ilgan. Oybek adabiy taxallus bo`lib, yozuvchining asl ismi Musodir. Bolaligi haqida Oybek: «Otam yoshligida bo`zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqollik qilgan o`qimagan, jahli tez, tajang bir odam edi. Onam jismoniy kuchsiz, lekin aqlli, ziyrak, rahmdil va har ishga epchil xotin edi. Do`ppi, jiyak va qo`1 ishlari bilan ko`p mashg`ul bo`lardi. Ishdan bo`shagach, ko`p vaqt kitob o`qirdi», — deb yozgan edi; Oybek avval eski maktabda, so`ng yangi maktabda o`qigan. U 1930-yilda o`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi o`zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetini bitirib, 1935-yilgacha shu dorilfununda siyosiy iqtisod fanidan dars bergan va O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bo`lib ishlagan (1934-1937). O`zbekiston o`quv pedagogika nashriyotida adabiy tarjimon va muharrirlik vazifasini bajargan (1938-1941). 1943-1951-yillar davomida o`zbekiston Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bo`limini boshqargan. 1945-1949-yillarda o`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rais bo`lib ham ishlagan. «Sharq yulduzi», «O`zbek tili va adabiyoti» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan.Ko`rinadiki, Oybek adabiy-ijodiy ishni doimo jamoat-tashkilotchilik ishi bilan qo`shib olib borgan va har ikkala sohada ham yuqori ko`rsatkichlarga erishgan.Oybekning adabiyot va ilm-fan sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. Oybek 1943-yilda o`zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq unga haqiqiy a'zo etib saylandi. 1965-yilda «O`zbekiston xalq yozuvchisi» degan faxriy unvonga sazovor bo`ldi, yetti orden va bir qancha medallar bilan mukofotlandi. «Navoiy» romani uchun Davlat mukofoti (1946), «Bolalik» qissasi uchun O`zbekiston Davlat mukofoti (1964)ga loyiq topildi.Oybek xotirasini abadiylashtirish borasida ko`pgina tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, qator maktablar, o`quv yurtlari, xiyobon va ko`chalar, jamoa va davlat xo`jaliklari Oybek nomi bilan atalmoqda. Toshkentda Oybekning uy-muzeyi tashkil qilingan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga Oybek nomi berilgan. Oybek adabiyot maydoniga 20-yillarning boshlarida dastlab lirik shoir sifatida kirib kelgan. Oybekning ilk she'riy asarlari hali u texnikumda o`qib yurgan kezlaridayoq yozilgan. Yosh shoirning matbuotda e'lon qilingan birinchi she'ri «Cholg`u tovushi» deb ataladi («Armug`on» to`plami, 1922-yil.). Keyinchalik shoirning «Tuyg`ular» (1926), «Ko`ngil naylari» (1929), «Mash'ala» (1932) singari she'rlar to`plamlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Bu asarlar yangi-o`zbek she'riyatiga nodir bir iste'dod sohibi kirib kelganligidan dalolat beradi. Oybekning adabiyotda o`z o`rnini topishi va ijodiy o`sishi osonlikcha bo`lmadi. Shoir yoshligida murakkab ijodiy o`sish-izlanish davrini boshidan kechirdi. Oybek o`z ijodiy yo`lidagi ana shu o`nqir-cho`nqirlarni nazarda tutib: «Mening birinchi she'rlarimda qarama-qarshiliklar, izlanishlar hali ko`p edi. Zamonaning eng muhim voqealariga javoban yaratilgan she'rlar bilan bir qatorda... mungli nido bilan sug`orilgan, mavhum, tushkunlik ruhida yozilgan she'rlar ham bor edi»59, — deb yozgan edi. Shoirning «Kuz va qiz», «Qish kechalari», «Xotiradan izlar», «Farg`ona oqshomi», «Ayriliq va darvesh», «Sharq uchun», «O`zbek eli» kabi she'rlari «tushkunlik ruhida yozilgan» asarlardandir. Ularda mungli nido alomatlarining uchrashi o`sha davr hayotida mavjud bo`lgan haqsizlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilikning o`ziga xos ifodasidir. Oybek yoshligidanoq haqiqatni yozish, xalq ruhiyatini haqqoniy aks ettirish yo`lidan borgan. Oybek o`z taqdirini xalq taqdiri bilan mahkam bog`laydi, tinmay izlanadi, hayotni sinchiklab o`rganadi. 1928-yilda: «Og`aynilar! Davrimizni qalbga solganman. Cho`llardagi sarob izni anglab olganman. Kurashadi ikki to`lqin qarab turaymi?», — deb xitob qilishi («Tovushim») shoirning sho`rolar pozitsiyasini ma'qullaganidan dalolatdir. Oybek o`z ijodining ilk davrida Cho`lpon ta'sirida bo`lgan. Undan ko`p narsa o`rgangan. Buyuk shoir ta'sirida qator cho`lponona she'rlar yaratgan.Oybek 20-yillarda asosan o`rganish va izlanish davrini o`tagan bo`lsa, 30-yillarda ijodiy kamolot bosqichiga ko`tarildi va boy til ekanini inkor qiluvchilarga qarshi dadil kurashadi. o`zbek tilining boyligini amalda namoyish qiluvchi ajoyib badiiy asarlar yaratadi. Oybekning “Qutlug` qon” , “Quyosh qoraymas” , “Navoiy ” kabi mashhur romanlari mavjud.Ayniqsa, Adibning «Navoiy» (1944) romani o`zbek adabiyoti tarixida faxrli o`rin tutadi. Yuzaki qaraganda, Oybek urush yillarida uzoq o`tmish mavzusida «Navoiy» romanini yaratish bilan o`sha jangovar davr talablaridan uzoqlashganday ko`rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o`tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish, uning Vatanga va xalqqa bo`lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ`ib qildiki, urush davri talablariga to`la mos kelar edi. «Navoiy» tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir.Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o`limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. Navoiy obrazi romanda el va xalq uchun qayg`uruvchi, yurtning baxt-saodati haqida jon kuydiruvchi, adolat va haqqoniyat uchun astoydil intiluvchi ulug` siymo sifatida namoyon bo`ladi. Navoiy o`z do`stlariga nasihat qilibshunday deydi: «...har nechuk falokatni daf etmoqqa g 'ayrat qilmoq kerak... Muborak Vatanning, el-ulusning salomatligi uchun fidokorlik ko 'rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tilagim shuki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sadoqat, muhabbat bilan bog`lanaylik. Vafo va muhabbat — ulug` qudratdir»,— deydi. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo`lgan munosabati tasviridan ham o`rinli foydalangan. Romanda haqqoniy tasvirlanganidek, Navoiy o`z ona tilisi — turkiyni dil-dildan sevadi. Oybek romanda Alisher Navoiy boshqa tillarni hech bir kamsitmaganligini to`g`ri ta'kidlaydi. Romanda Navoiy shoir Binoiyga e'tiroz bildirib: «Biz fors tilining qudrat va ahamiyatini, u tildagi asarlaming husn va salobatini hech vaqt inkor etmadik. To go 'daklikdan boshlab fors tilida ham qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzalligi biz uchun ulug` haqiqatdir. Bizgo 'daklikda bu haqiqatning ishqini ko 'nglimizga jo qilganmiz, o 'Iganimizcha bu ishqni saqlaymiz! Shaharlarni, qishloqlarni, sahro va tog larni to 'Idirgan el-ulusimiz, urug`-aymog 'imiz bor, uning o z zavqi, fahmi-idroki bor. Biz elimizning zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning o 'z tilida qalam suraylikki, uning ko 'ngli fikr gullari bilan to 'Isin. Turkona soz bilan tarannum etaylikki, elning yuragi mavjga kelsin. So 'z gulshanidan o 'zga ellar qatorida bizning elimiz ham bahramand bo 'lsin», — deydi. Oybek romanda Jomiy bilan Navoiyni bir-biriga ustoz va shogird ekanini maftun bo`lib tasvirlaydi. Umr o`rtasidagi oddiy insoniy munosabatlar ham samimiyat bilan ifodalangan. Navoiy Marvga jo`nash oldidan xayrlashish niyatida Jomiy huzuriga tashrif buyuradi. «Jomiy unihar vaqtdagi singari shavq bilan qarshiladi. Navoiy o 'tirgan hamon ulug` chol (Jomjy) muloyim tabassum qilib,o 'ziga xos mayinlik bilan: «Endi ko 'zlarimizni Marv tomonga intizor qilurmisiz?» — dedi. «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro, Xadicha begim, Mo`min Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. g`oyat ustalik bilan yaratilgan bu obrazlar bosh qahramon Navoiy xarakterini ochishda muhim o`rin tutadilar. Chunki adib bu obrazlar vositasida o`sha davr hayotini haqqoniy ko`rsatgan. Asarda podshoh Husayn Boyqaroning o`z o`g`li Badiuzzamonga qarshi jang qilishi, nabirasi Mo`min Mirzoni qatl etish haqida farmon berishi, shahzodalarning bir-biriga qarshi qilich qayrashi, bir-biriga xiyonat qilishi singari fojiali voqealar, ziddiyatlar g`oyat ta'sirli qilib ifodalangan. Romanda tarixiy shaxs obrazlari bilan birga, Sultonmurod, Dildor, Arslonqul, Zayniddin, To`g`onbek singari badiiy to`qima obrazlarning ham o`ziga munosib o`rni bor. Oybek bu obrazlar orqali o`sha davrdagi ma'lum ijtimoiy guruhlar hayotini umumlashtirib ko`rsatib bergan. Shuningdek, bu obrazlar vositasida bosh qahramon Navoiy xarakterini, uning fazilatlarini yanada yorqinroq ochgan. «Navoiy» romanida XV asr hayoti uchun tipik bo`lgan xilma-xil voqea-hodisalar aks ettirilgan, rang-barang obrazlar yaratilgan. Hayot haqiqati ustalik bilan badiiy haqiqatga aylantirilgan. Bunda yozuvchi obraz yaratishda psixologik tahlildan, til imkoniyatlaridan, jumladan, har bir personajning o`ziga xos fe'1-atvorini va individual tilini berish san'atidan unumli foydalangan. Shunga ko`ra romandagi barcha obrazlar o`z xarakteri va individual tili e'tibori bilan bir-biridan ajralib, o`zaro farqlanib turadi. Ma'lumki, badiiy asarda personaj nutqi singari muallif nutqi ham aniq va obrazli bo`lishi, milliy tarovat bilan bezangan, davr ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi shart. Asarda qaysi davr hayoti tasvirlangan bo`lsa, o`sha davr kishilari nutqidagi til xususiyatlari ham aks etishi kerak. Bu jihatdan «Navoiy» romanining tili ibratlidir. Oybekshunos olim Homil Yoqubov to`g`ri qayd qilganidek: «Navoiy» romani o`zbek tarixiy romanchiligi tilining shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Asar tili o`tmish davrning jonli tilini yaratish namunalaridan biri bo`lib qoldi, unda besh yuz yil avval yashagan tarixiy qahramonlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib qayta tiriltirildi. Oybek roman tili oldida turgan bu murakkab vazifani to`g`ri hal qildi. Yozuvchining muvaffaqiyati shunda bo`ldiki, u qahramonlar nutqi bilan muallif nutqi o`rtasiga keskin chegara qo`ymadi va tarixiy hamda zamonaviy nutqni bir-biriga uyg`unlashtirdi. U shaxslarning so`zlashuvida Navoiy asridagi adabiy til koloritini saqlash, ayrim grammatik va morfologik formalarni stillashtirish bilan birga, ularni o`zbek adabiy tilining hozirgi taraqqiy bosqichiga xos asosiy qoidalarga bo`ysundirdi, mumkin qadar hozirgi zamon kitobxonining tushunishiga yaqinlashtirdi. Ammo shunisi borki, muallif tilining personajlar tilidan tamoman uzilib qolishi va hozirgi kunning lug`at tarkibidagi yangiliklar bilan boyitilishi mumkin emas edi. Shuning uchun yozuvchi avtor tili bilan personajlar tili o`rtasidagi stilistik birlikni saqlashga harakat qildi, arabcha, tojikcha va hozirgi kunda iste'moldan chiqib ketgan arxaik so`zlarni o`rinli ishlatdi» Xulosa qilib aytganda, «Navoiy» romani o`zbek romanchiligining ajoyib namunasi va juda katta yutug`idir. Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan va hamma joyda kitobxonlarga manzur bo`lgan. Oybekning «Qutlug` qon», «Navoiy», «Ulug` yo`l» romanlarida xalqimizning o`tmish hayoti tasvirlangan bo`lsa, «Oltin vodiydan shabadalar» (1950), «Quyosh qoraymas» (1959) romanlarida zamonaviy voqelik aks ettirilgan. Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so`zlar va obrazli iboralardan, shuningdek, o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag`a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Oybek o`tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish, uning Vatanga va xalqqa bo`lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ`ib qildiki, urush davri talablariga to`la mos kelar edi. «Navoiy» tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o`limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. Navoiy obrazi romanda el va xalq uchun qayg`uruvchi, yurtning baxt-saodati haqida jon kuydiruvchi, adolat va haqqoniyat uchun astoydil intiluvchi ulug` siymo sifatida namoyon bo`ladi. Navoiy o`z do`stlariga nasihat qilib: «...har nechuk falokatni daf etmoqqa g 'ayrat qilmoq kerak... Muborak Vatanning, el-ulusning salomatligi uchun fidokorlik ko 'rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tilagim shuki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sadoqat, muhabbat bilan bog`lanaylik. Vafo va muhabbat — ulug` qudratdir»,— deydi. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo`lgan munosabati tasviridan ham o`rinli foydalangan. Romanda haqqoniy tasvirlanganidek, Navoiy o`z ona tilisi — turkiyni dil-dildan sevadi. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik , qat`iyat va oliyjanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo`ladi. Navoiy obrazida biz eng ulug` fazilatlarning ko`ringanini, uning vatanparvarligini, doima xalq manfaatini o`ylaganini asarning barcha o`rinlarida ko`rishimiz mumkin. Jumladan, uning ona vatan uchun, uning obodonligi yo`lida qilgan zahmatli mehnatlari tahsinga loyiqdir. Navoiy o`sha davr Hirotda ro`y berib turgan salbiy holatlarning oldini olishga urinadi, Husayn Bayqaroni adolatga chorlaydi. Badiuzzamon va Husayn Bayqaro munosabatlarini yaxshilashga harakat qiladi. Zamona notinchliklariga barham berish uchun yelib- yuguradi. Hamisha o`z ona yurtiga vafodor farzand bo`lishga harakat qilgan. Majidididdin boshliq fitnachilarning so`zlariga quloq solib, Husayn Bayqaro Alisher Navoiyni Astrobodga hokim qilib , Hirotdan uzoqlashtiradi. O`sha paytlarda Navoiy Vatan sog`inchida o`rtanadi va quyidagi ruboiysini yozadi. G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish, Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish. Navoiy romanda chinakam vatanparvar kishi sifatida tasvirlangan. Oybek asarda haqqoniy hayotni tasvirlashga harakat qiligani, uning tarixiy haqiqatni to`liq o`zlashtirib olganini e`tirof etish joizdir. A.Navoiy xalq obodonchiligi yo`lida tinimsiz mehnat qiladi. Bosh muhrdor va vazir bo`lgan paytlari ariqlar qazdirib, bog`lar barpo qildirib, binolar qurilishiga sabab bo`ladi. Asarda Navoiyning muhabbati berilmagan , Ammo Navoiy bir- biriga muhabbatlari cheksiz bo`lgan Arslonqul va Dildorni fojialardan saqlab qolib , muhabbatlariga erishishlariga ko`maklashadi. Garchand asarda bu qahramonlar to`qima obraz sifatida berilsa hanm, tarixda Navoiy bunday ulug` ishlarni qilganligiga shubha yo`q.A.Navoiy o`zining mashhur asarlari bilan olamga tanilgan. Oybek mahorat bilan shoirning ijod jarayonini ham ko`rsata olgan. Navoiyning “Xamsa” ni yozish jarayonidagi mashaqqatlarini , shuningdek , boshqa asarlarini ham qay tarzda dunyo yuzini ko`rganini tasvirlshga harakat qilgan. Naviyning dinga bo`lgan munosabati ham asarda namoyon bo`ladi. Ulug` mutafakkirning hajga borish orzusi asarda shu qadar go`zal ifoda etilganki , o`qib hayron bo`lasan, kishi, ammo bu orzu Navoiy uchun armon bo`lib qoladi. Asarda Oybek Navoiy obrazi orqali chinakam vatanparvarlikni ko`rsatib bergan. Shuningdek, o`sha davr Hirot va Hurosonda temuriy shahzoda Husayn Bayqaro zamonida ro`y bergan adolatsizliklar, ota va bola o`rtasidagi ziddiyatlar, Mo`min mirzoning o`ldirilishi, toju taxt uchun kurashlar, xalq obodonchiligi yo`lidagi tinimsiz izlanishlar yaqqol tasvir etilgan. Navoiy o`zinig insoniy fazilatlarni ulug`lashi, qadriyatlarga sodiqligi, doimo yurt uchun qayg`urganligi tahsinga loyiqdir. Shu o`rinda Navoiyga hamfikr bo`lgan obrazlarni ham aytib o`tishimiz darkor. Bular: Sultonmurod , Zayniddin , Arslonqul, Dildor, Mo`min Mirzo, Jomiy kabi obrazlardir. Navoiyning ulug` g`oyalariga qarshi chiqib, unga hasad qilgan salbiy obrazlar sifatida Majididdin, To`g`onbek, Nizomiddin kabi asar qahramonlarni aytishimiz mumkin. Navoiy doimo o`z ona tili turkiy til bilan faxrlanib yuradi , uning ravnaqi uchun hamisha izlanishlar qilganligi ham romanda adib e`tiboridan chetda qolmagan. Navoiyning turkiy tilda birinchi bo`lib “Xamsa” yaratganligi buning yaqqol dalili bo`la oladi. Romanni o`qigan kitobxon tarixiy haqiqatning badiiy to`qima obrazlar bilan uyg`unlashib yaxlitlik kasb etganiga guvoh bo`ladi. Darhaqiqat , “Navoiy” romani o`zining badiiy - estetik qimmati, mazmun- mohiyati, badiiy - tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, taixiy haqiqatning ko`zgusi bo`la olganligi , qahramonlarning bir- biri bilan, ya`ni to`qima va tarixiy obrazlarning uyg`unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e`tiroflarga loyiq asardir.Shu bois ham bu asr mana necha yillarki, o`z qadr- qimmatini yo`qotgan emas, yo`qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san`at asari hech qachon o`lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o`zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug` mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go`zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi. “Ulugbek xazinasi” romanining yaratilish tarixi shuni kursatadiki, badiiy jarayonning ibtidosi hayot haqiqatini bevosita urganishdan boshlanadi, ya'ni hayotiy voqelik haqidagi ilk axborot adib ongida obrazli tafakkurni uygotadi. Obrazli tafakkur bois ijodiy niyat tugiladi. Ijodiy niyat tugilishi bilan badiiy tuqima ishga tushib, syujetga asos buladigan manzaralar va ularda faoliyat kursatuvchi obrazlar yozuvchi ongida shakllana boshlaydi. Ana shu ijodiy jarayonning mohiyati haqida yozuvchining uzi shunday hikoya qiladi: Ba'zan tafakkur otining urnidan jilish uchun yengil turtkining uzi yetarlidir. Bir vaqtlar gazetada Ulugbekning fojiali ulimidan keyin izsiz yuqolgan mashhur Ulugbek kutubxonasi tugrisidagi kichik bir maqolani uqigandim. Unda bu kitoblar Ulugbekning qotillari tomonidan yuq qilib yuborilmaganligi, balki uning shogirdlari tomonidan Samarqanddan olib chiqib ketilib, Urgut toglariga yoki bulmasa, Shahricabz yaqinidagi bir gorga yashirilganligi taxmin qilingandi. Maqola talay uquvchilarda fikr uygotdi, yangi dalillar keltirildi, turli afsonalar naql qilindi. Ba'zi xatlarning mualliflari hatto kitoblar kumilgan joyning ehtimolga yaqin urnini ham keltirishdi. Ulkan kutubxona (taxminan 15 ming jilddan iborat, bu usha davr uchun hayratomuz raqam) ning izsiz yuqolishi mumkin emasligi haqidagi fikrning uzi anchayin asosli kurinar tasavvurni asoslardi. Respublika Fanlar akademiyasi kutubxonani izlab topish uchun kichik ekspeditsiya hozirladi, talay fidoyilar ham topildi. Mening ongimda esa sarguzasht qissa tugila boshladi. Men halitdan kutubxonani qutqarib qolish maqsadida Ulugbek shogirdlarining bu yerga yashirincha kirib kelishlarini “kurardim” saroy tupolonlari, dovyurak yigitlar ortidan uyushtirilgan quv-quvlarni tasavvur qilardim, otlar dupuri va qilichlar jarangi eshitilardi. Imkoni boricha tarixiy materiallarni urganib, Samarqandga yul oldim. Guri Amir va Ulugbek madrasalarining gira-shira, nim qorongu yulaklarida kezdim, atoqli riyoziyotchi Kozizoda Rumiy va Ulugbek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan yarim vayrona xonasida uyga chumdim. Necha daf'a buyuk rasadxona xarobalarida titroq va hayajon bilan kuzdan kechirdim. Endi meni Ulugbek obrazi - uning yuzi, sa'yi harakati muttasil ta'qib qilardi. Koinot sirlarini anglab yetgan bu buyuk inson nechun uzini butun borligi ila ilmga baxsh etmadi? Toju taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi? – degan va keyinchalik kitobda Ali Kushchi tomonidan bayon qilingan fikrlar hol jonimga quymasdi. Sarguzasht qissa haqidagi fikrdan voz kechib, katta tarixiy polotno ustida uylay boshladim”. Yozuvchi idrokida Ulugbek kutubxonasi bilan bogliq bulgan ijodiy fikrning tugilishi va uning takomili, adib badiiy niyatini hayajonga keltirgan turli-tuman kechinma va tuygularning yagona va umumiy bir hisga qushilib ketishi natijasida sarguzasht qissaga daxldor bulgan badiiy tuqimaning ishga tushib ketishi jarayoniga alohida e'tibor beraylik. Kutubxona bilan bogliq bulgan ma'lumot kuz ilgamas darajadagi mayda bir don tarzida Odil Yoqubov kungliga ijodiy urug bulib tushadiyu, ana shu urugdan unib chiqqan ijodiy niyat adibning tafakkur otini joyidan siljitib yuboradi. Natijada sarguzasht qissaning syujet tuqimasiga daxldor bulgan ijodiy fikr birliklari, ya'ni kutubxonani qutqarish bilan bogliq voqealar tizimi qissaning obrazlar silsilasi va ularning faoliyati keltirib chiqaradigan turli-tuman hayotiy manzaralar, ayni shu jarayondagi hayot-mamot janglari yozuvchi ongida shiddat bilan shaklanna boshlaydi. Yozuvchi shuurida tugilgan ijodiy goya unga tinchlik bermay quyadi uni muvozanatdan chiqaradi. Shu bois u imkoni boricha kuproq tarixiy materiallarni urganish maqsadida Samarqandga yul olib, voqea sodir bulgan makonni ham ipidan-ignasigacha tekshirib chiqadi. Natijada dastlabki tasavvurlar kulami jiddiy kengayadi. Ulugbek davriga oid tarixiy manbalar qanchalik chuqur va atroflicha urganilgani sari adolatli shoh va jahonshumul olim bulgan Ulugbek siymosi yozuvchi kuz ungida jonlanib, davr adabiy tipi sifatidagi belgilarini namoyon eta boshlaydi. “Koinot sirlari anglab yetgan bu buyuk inson nechun, uzini butun borligi ila ilmga baxsh etmadi? Toju taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi?” –degan savollar adib xayolida charx urib, unga sira tinchlik bermaydi. Asardagi personajalar ham o`ziga xos ruhiyat va tabiatga ega bo`lgan insonlar toifasidan. o`ziga xs ma'naviy olam sohibi bo`lgan ulug` sarkarda Amir Temurning ibratli insoniy fazilatlari Ulug`bekka madad beruvchi ruhiy quvvatga aylanadi, Shayxulislom Burhonuddinning “toju taxt qo`lda ekan, uni mahkam tuting, davlatpanoh”, deb bergan daldasi bir vaqtlar otasi Shohruh Mirzodan eshitgan bir hikoyani yodiga tushiradi. Hikoyatda Amir Temurning qo`l bergan piri Said Barakaning O`rol sohillarida To`xtamishxon bilan olib borilgan jang paytidagi tadbirkorligi, dovyurakligi, g`alabani ta'minlashdagi jasorati ulug`langan. Ulug`bek yonidagi Shayxulislom Burhoniddin, sevimli navkari Bobo Husayn Bahodir, shogirdi Ali Qushchi, dorug`a Mironshohlar sadoqatiga ishonadi. Yozuvchi ham kitobxonlarni shunga ishontira olgan. Biroq ana shu ishonch fitna va bo`htonlar girdobiga tushib qolgan Ulug`bekni fojeiy qismatida ogoh etolmagani va saqlab qololmagani tarixiy haqiqatning chigal nuqtalaridan biri sifatida juda og`ir hissiyotlar ifodasida ochib berilganki, bu ham yozuvchining bevosita hayotiy voqelikdan kelib chiqib badiiy haqiqat yaratuvchi ijodkor ekanligini ko`rsatadi. Romanning ikkinchi qismi padarkush Abdulatifning olti oylik hukmronligi davridagi voqealarning badiiy in'ikosiga bag`ishlangan. Ko`rinadiki, romanda bir-biriga o`xshamaydigan, har biri o`zicha bir “yangi olam” bo`lgan uchta shohning tipik obrazi yaratilgan. Birinchisi – yirik markazlashgan kuchli davlatning asoschisi bo`lib, O`rta Osiyo aholisini chet el bosqinchilari zulmidan qutqazgan xaloskor bo`lsa, ikkinchisi butun bashariyatning mulki bo`lib qolgan ilm xazinasining yaratuvchisidir. Uchinchisi esa toju taxtni egallash ishtiyoqida, fitnalarga uchib, otasini qatl ettirgan Abdulatifdir. Agar romanning birinchi qismi Ulug`bekning sevimli shogirdi Ali Qushchining og`ir hissiyotlari bayonidan boshlangan bo`lsa, ikkinchi qismi Ulug`bekning yana bir shogirdi Mavlono Muhiddin oilasidagi bezovtaliklar tasviridan boshlanadi. Ulug`bekning o`limi to`g`risidagi dahshatli xabar Salohiddin zargar bilan uning o`g`li Muhiddin o`rtasiga ziddiyat soladi. Otani qatl qildirgan padarkush davrida qirg`inlar boshlanishini Salohiddin yaxshi biladi: “- Endi qirg`in boshlanur, - dedi Salohiddin zargar, o`g`lining vahimali shivirlashiga e'tibor bermay. – Ustozingning barcha xeshu aqrabolari, do`stu shogirdlari shahzodaning qahriga yo`liqadur, ta'qib ostida qoladur... - Nechun? - Nechun? – Salohiddin zargar kalaka qilganday ishshaydi. – Shungayam aqlingiz yetmaydimi? Hamma davr, hamma zamonda shunday bo`lgan, o`g`lim. Eski to`n yangi xo`jayinga to`g`ri kelmaydur. Ko`plar qirg`inga uchraydur, ko`plar rahmatlik, Mirzo Ulug`bek yanglig` kallasidan judo bo`lur... Haq taolog`a shukrkim, buni bilganday Shayx Nizomiddin Xomush hazratlariga pirim deb qo`l bergan ekanman... - Valine'mat... Jannatmakon ustoddan ko`p yaxshilik ko`rgan edik... - Yaxshiliklar ko`rgan bo`lsang... so`zla. Masjidi jomening minbariga chiqib jar sol. Yaxshilik emish. Ulardan ko`rgan jabru jafo yodingdan ko`tarildimu? Suyukli o`g`li, do`zaxiy Abdulaziz ne qildi? Ollodan tilab olgan qizing Xurshida, ko`zimning nuri g`unchasi ne bo`ldi? - Ustod shahzodaning bu mash'um qilmishidan bexabar bo`lgan... - Bexabar emish...- Salohiddin zargar g`alati xi-xilab kuldi. - Barakallo senday koinot sirlarini bilgan allomai munajjimga. Alloma emas, besavod avom sendan yaxshidur. Bilib qo`y, hoy, muallim ul-avval Arastu. Erta bir kun qirg`in bo`lganda hammadan burun sening boshing ketadur. Hamma dahriy allomalar orasida birinchi bo`lib sening kallang qilichdan o`tadur. Sening uyingga o`t qo`yiladur. Sening...” (133-134-betlar). Ikki qismdan iborat bo`lgan bu romanning har bir fasli shogirdlar ruhiy iztiroblari tasviridan boshlanishi badiiy to`qima qatlarida qandaydir bir sehr yashirinib yotganligidan dalolat beradi. Ulug`bek rozi bo`lgan shogirdidan yozuvchi ham rozi, norizo bo`la boshlaganidan esa adibning ham ko`ngli qolganligi sahifalar osha oshkor bo`la boradi. Yozuvchi birinchi qismda Ali Qushchini nechog`lik mehr-muhabbat bilan tasvirlasa, ikkinchi qismda Mavlono Muhiddin qiyofasini shu qadar jirkanish hissi bilan jonlantiradi. Uning otasi ta'sirida Nizomiddin Xomush dargohiga borishi va undan topshiriq olib, ustozi xotirasiga xiyonat qilishga o`quvchida ham nafrat uyg`otadi. Agar romanning birinchi qismida toj taxt uchun kurash fitna-yu bo`htonlar ma'rifat chirog`ini o`chirish umidida ustod va shogird boshiga qiyomatlar to`fonini yog`dirganligi tasvirlangan bo`lsa, bu hissiyotlar girdobi ikkinchi qismda Ali Qushchi va Mavlono Muhiddinlarni o`z domiga tortadi. Mavlono Muhiddin asta-sekin xoinlik yo`liga kirib, aqldan ozadi va bu yorug` dunyo bilan xayrlashadi. Ali Qushchi esa Mavlono Muhiddin bilan avaxta azoblarini yengib o`tadi va insoniyat tafakkurining mahsuli bo`lgan ilm xazinasini saqlab qoladi. Asarning ikkinchi qismida padarkush Abdulatifning boshiga tushgan hissiyotlar to`foni va uning qalbini kemiruvchi ichki kechinmalarni tasvirlash markaziy o`rinni ishg`ol qiladi. O`z otasini xoin sarkardalaru sotqin ulamolarning g`ij-g`ijlashi oqibatida qatl ettirgan padarkush endi Amir Temur ganjlarini izlab topish istagi bilan yonadi. U otasining ilmiy xazinasini yer yuzidan yo`qotish niyatida uning shogirdlari bilan yuzma-yuz fikrlar jangiga kirishadi. Bu jangda Ali Qushchidan zarba yeydi, uni bukib ololmaganidan azoblanadi. Mavlono Muhiddinning qo`rqoqligini ko`rib, undan jirkanadi. Padarkush Abdulatif ham o`z davrining sotsial tipi. Yozuvchi buni chuqur idrok etgan holda toj-taxtga ega bo`lish uchun har qanday tuban ishlardan qaytmaydigan qotil tojdorlarning umumlashma obrazini yaratgan. Shu boisdan ham uni tarixiy shaxs Abdulatifning oddiygina nusxasi deya olmaymiz. Abdulatifning saroyda boshlagan qirg`inlari o`sha davr tojdorlarining haqiqiy basharalarini ochib beruvchi manzaralarning tipiklashtirilgan, individuallashtirilgan haqiqati edi. Ketma-ket qirg`inlar Abdulatifni vos-vos kasaliga mubtalo qilib qo`yadi. Yozuvchi padarkushning bir-ikki kundayoq lunjlari o`yib olinganday ichiga botib ko`zlari katta-katta bo`lib, cho`pday ozib ketganini tasvirlar ekan, shahzodaning vujud-vujudini qaqshatgan bu vasvasadan qutulish uchun sharobga zo`r berishini, uning shafqatsizligidan, davlatni boshqarishdagi zulmidan bezgan sarkardalar va nufuzli beklar orasida ham norozilik kuchayganidan kuchayib borishini davr haqiqati tarzida tipiklashtiradi. Butun saroyni, hattoki, butun dorulsaltanatni cheksiz, betizgin, beshafqat g`am chulg`ab olgan. Hatto qalandarlar chehrasi ham so`lg`in: “Qashqar chalqancha yotib, osmon to`la g`uj-g`uj yulduzlarga tikildi. Nazarida osmonni to`ldirib yuborgan bu oppoq yulduzlar go`yo unga ko`z qisib mazax qilayotganday, ular go`yo yulduz emas, olam sirlaridan xabardor allaqanday jonli narsalarday bo`lib tuyuldi. Mirzo Ulug`bek hazratlarini shahriyori falak-iqtidor deguvchi edilar, bu hududsiz koinotning barcha sir-asroridan boqif donishi jahon deguvchi edilar. Shu sabab ulamon kiromlar u zoti sharifni ham yomon ko`rishar, ham undan qo`rqishar edi... Filhaqiqat: bu so`zda bir hikmat borga o`xshaydikim, kimki u donishi jahonga g`animlik qilsa, holi voy bo`ldi. Mirzo Ulug`bek hazratlariga qilich ko`targan battollardan biri Said Abbos edi, u ham haq taoloning qahriga yo`liqdi. A'lo hazratlarining tuzini yeb, tuzlig`iga tuflagan qancha amiru umaro qatli qirg`inga uchradi. Endi navbat shahzodaning o`ziga keldi...” (232-bet) Xuddi birinchi qismdagidek hissiyotlar quyuni ichra qonli manzaralar sharpasi ko`rina boshlaydi. Abdulatif yomon bir tush ko`rib, butunlay aqldan ozadi. Buning guvohi bo`lgan Ali Qushchi “Hayhot. Kim aytmish, bu noraso dunyoda haq va adolat yo`q deb, bor. Kimki, bu dunyoda yomonlik qilsa – xoh shoh bo`lsin, xoh gado – u jazosiz qolmaydi”, - degan xulosaga keladi. Toj taxt va shon-shavkat ishqida allomalar sarvari yoqqan ilm mash'alini so`ndirib, Movarounnahrni zulmat qo`yniga tashlamoqchi bo`lgan, bandai mo`minlarni qatli om qilgan, mehru vafo o`ringa jabru jafo keltirgan ilm-ma'rifat o`rniga zulmat urug`ini sochgan Abdulatif o`tmishda yashagan zolim tojdodlarning adabiy tipga aylangan badiiy obrazidir. Yozuvchi uni ana shu niyatda yaratgan. Uning fojia bilan tugagan taqdirida ham o`sha davr haqiqati yaqqol ko`zga tashlanib turadi: “... Ana qiyqiriqlari olamni tutgan qora to`fon pastdagi xadaqqa yetdi. To`fonning oldida bir-birlarining otlarini qamchilagan ikki suvoriy kelardi. Niqoblarini yulib olgan bu ikki suvoriyning biri... Amir Sulton Jondor edi. Ikkinchisi yo rab. Xuddi tushida barkash ko`tarib kirgan navkarga o`xshagan bu ikkinchi suvoriy... ko`pdan beri fitna qo`zg`ab qochib yurgan Bobo Husayn Bahodir edi. Shahzoda jon holatda otining boshini burdi, lekin qochib borayotgan navkarlarga yaqinlashib qolganida, to`satdan yelkasiga zaro bilan qadalgan o`q-yoy uni bukchaytirganicha egardan ag`dardi... Shahzoda holsizlanib ko`zini yumarkan, tusatdan qonli bulutlar orasidan chiqib kelgan padari buzrukvorini ko`rdi... “Jigargo`sham, bolam... Pushti kamarimdan bo`lgan zurriyotim Padaring boshiga yetgan bu quzg`unlar sening boshingga ham yetibdur. Ne chora? Ota-bobongga vafo qilmagan bul mash'um toju taxt senga ham vafo qilmaydur, dedim. So`zimga inonmading. Ne qilay, bolam”?... Olamni tutgan qahrli suron yaqinlashib kelmoqda. Ko`z yoshi aralash bu mungli ovoz esa, aksincha, tobora uzoqlashmoqda edi... Shahzoda go`yo otasini to`xtatmoqchi bo`lganday bor kuchini yig`ib tolpindi, tolpindiyu boshi uzra ko`tarilgan yalang`och qilichni ko`rib, ko`zini yumdi, yumarkan: “Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor”, -deb pichirladi. (298-299-betlar). Ko`rinadiki romanda uchta podshohning adabiy tipi yaratilgan. Ularning har birida o`zi yashagan davrning tarixiy haqiqati individual badiiy qiyofa kasb etgan. Biroq, shular orasidan ikkinchi podshoh – Mirzo Ulug`bek romanning bosh qahramoni qilib tanlangan. Yozuvchi uning iymosini barcha davrlarga tatiydigan katta bir haqiqat yog`dulari bilan nurlantirgan. Romanning Ali Qushchi ruhiy kechinmalari bayoni bilan boshlanib, Ali Qushchining dardchil iztiroblari bilan tugatilishida ham ana shu haqiqatga daxldor hukm bor: “- Hanuz xotiramda. O`sha mash'um kechadan sal oldin ustod bilan xuddi mana shu yerda uchrashib vidolashgan edi. Rahmatlik ustod bu nodir xazinani saqlamoqni faqirga yuklagan edi. Endi kamina buni ikkovingga, ikkovingga olloga topshiramen. Abadul-abad eslaringda bo`lg`ay: “Movarounnahr donishlarining aql durdonalari yig`ilgan bu noyob xazina bo`lg`usi avlodlar uzoq zurriyotlarimizga xizmat qilur. Zerokim, Movarounnahr elini chulg`agan bu zulmat tarqagan kunida qaytamen, degan umiddaman. Va lekin qaytmay musofirlikda olamdan o`tsam... bu xazinani ko`z qorachig`iday saqlangiz, so`ng inongan shogirdlaringga topshiringiz, ular ham o`z shogirdlariga topshirgay. Va shu yo`sin zurriyotlardan, zurriyotlarga o`tib, elimiz osmoniga oftob chiqqanda yashayturg`on baxtli avlodlarga yetib borgay... Senlardan tilaydurg`on boshqa tilagim yo`q...” (319-bet). Ko`rinadiki, har bir adabiy tip o`z davrining badiiy haqiqati sifatida tarixiy roman sahifalarida yashab qoladi. Biroq, o`z zamonasidan o`zib ketib, istiqbolni oldindan ko`ra oladigan Ulug`bek, Ali Qushchi singari adabiy tiplar yaratilgani mazkur asarga abadiylik muhrining bosilganidan nishonadur. Chunki mahoratli yozuvchi adabiy tiplar yaratayotganida uni qalbidagi muhabbat va nafrat olovini olamga sochish uchun bir vosita deb biladi hamda o`zi yaratgan har bir adabiy tipga u yashagan davrning tarixiy haqiqatini mujassamlashtirish bilan birga yana kelajakka daxldor bo`lgan haqiqat mohiyatini ham singdirib yuborishning uddasidan chiqadi. “Ulug`bek xazinasi” romanida tasvirlangan hukmdorlar obrazining badiiy tabiatiga doir mulohazalarimizni professor M.Qo`shjonovning quyidagi fikrlari bilan yakunlashni lozim topdik: “Odil Yoqubov Ulug`bek fojiasini, Ali Qushchi shijoatini, Abdulatif xoinligini, mavlono Muhiddin sotqinligini psixologik asosda ko`rsatadigan voqealarni makon jihatidan ham, zamon jihatidan ham fokusga, xarakter va voqealarni kattalashtirib, bo`rttirib ko`rsatadigan ko`zguga solgandek, bir yerga jamg`ara oladi. Kitobxon tasvirlanayotgan zamon ruhini, ma'lum bir davrdagi tarixiy fojiani, poklik va nopoklik, samimiylik bilan nosamimiylik, taraqqiyot bilan jaholat orasidagi adabiy ziddiyatni voqealar tasvirida anglab oladi”. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani shoh va shoir, sparkarda va san'atkor, otashin vatanparvar, ulug` inson Bobur hayotiga bag`ishlangan bo`lib, chindan ham Boburga munosib, boburona zakovat, boburona ehtiros, o`tli qalam bilan yozilgan.Yozuvchi bu asarni garchi “Boburnomada berilgan ma'luiotlar asosida yaratgan bo`lsa-da, undagi materiallarni shunchalar zo`r mahorat bilan baddiiylashtirganki, kitobxon dilbar bir g`azalni o`qigandek huzur qiladi. Ustozimiz adabiyotshunos-olim Muhammadjon domla Madg`oziev “haqiqiy asar yaratilmaydi, balki voqe bo`ladi” deganlaridek, bu asar ham voqe bo`lgan asarlardandir.Asarda Bobur obrazi barcha murakkabligi va yorqinligi bilan namoyon bo`lgan. Agar kitob badiiylikdan maxrum bo`lsa, libossiz odamga, yaproqsiz daraxtga, oy va yulduzsiz osmonga aylanadi. Badiiylik esa – bu, haqqoniylikdir. Agar yozuvchi tasvirlayotgan voqeani aynan rangi, ohanglari va hattoo bo`yi bilan tasvirlasa, bu badiiylikdir.Adabiyotda tabiatni kayfiyatga moslashtirib tasvirlash, ya'ni qahramon xafa bo`lsa yoki fojeaga yo`liqsa, havoning ham aynishi, an'anaga aylangan. Lekin haqiqatan ham shundaymi? Axir, odam gullar chaman ochilib, havo charaqlab turgan paytda ham musibatga yo`liqishi mumkin-ku!“Yulduzli tunlar”da shunday voqea tasvirlanadi: Ahmad tanbal Boburga itoat etishdan bosh tortgan chargaklarning o`n-o`n beshtasining kallasini xurjunda olib kelib, Boburning oyog`i ostiga tashlaydi. Kallalar yam-yashil maysalar, chiroyli chechaklar, alvon lolaqizg`aldoqlar ustidan dumalab ketadi. Boburning ko`ngli behuzur bo`lib, rangi oqarib ketadi. Bu hol “turli-tuman dala gullari bilan bezangan, sap-sariq kokilar, ko`k-qizg`ish nuxatoklar, nafarmon erbaholar, qip-qizil lolaqizg`aldoqlar ochilib turgan to`lqinsimon qir-adirlar” ustida ro`y beradi. Nima uchun o`sha kallalar yaxlagan toshlar yoki oppoq qor ustiga tushmadi? Ehtimol, bu hol unda Boburga ham, o`quvchiga ham bunchalar qattiq ta'sir etmasmidi. Bahor va o`lim qanchalar bir-biriga zid narsalar. Bu tasvir o`limga ham, kallaxo`r Ahmad Tanbalga ham haqqoniy badiiy tasvir tufayli qalbimizda kuchli nafrat uyg`otadi. Romanda ramziylik bilan haqiqatning uyg`unligi ham hayratlanarlidir. Umarshayx Mirzoning jarga qulab o`lishi ulug` bir davlatning o`zaro urushlar tufayli ichdan yemirilishi, Umarshayx mirzoning xalokati esa temuriylar sulolasining inqirozi ramzidek tasvirlangan. Boburning ilk taxtga chiqqan kuni begunoh bir kishi Darvesh govning beklar tomonidan bo`hton tarqatishda ayblanib, o`ldirilishi talab qilinadi. Bu hayajonli lavhada Bobur Darvesh govning begunohligini biladi, uning o`limini istamaydi. Kitobxon ham, Darvesh gov ham Boburdan umid qiladi. Lekin Bobur, garchi majburan bo`lsa-da uni o`ldirtiradi. Bu voqea Boburning keyingi tortgan azob-uqubatlarining ibtidosidek taassurot qoldiradi. Boburning shoh sifatidagi birinchi faoliyati inson qonini to`kish bilan boshlangani uchun ham butun shohlik hayoti azob-uqubatlarga to`lgandek. Bobur faqat shohgina bo`lganda edi, o`sha qonlar mavjidagi shuhratni azob-uqubat emas, saodat deb bilardi. Zero, u INSON va SHOIR hamdir. Asarda markaziy planga Boburning shohligi emas, INSONligi va SHOIRligi chiqadi. Yozuvchi o`quvchi qalbiga uning ana shu fazilatini butun murakkabligi bilan yetkaza olgan. Shuning uchun ham buyuk shoirga qalbimizda iliq bir mehr va yaxshilikni his etamiz. Asarda tarixiy voqealar, odamlarning qiyofasi, ularning kiyimlari, jang qurollari, qonli manzaralar, uylar, saroylar tarixan qanday bo`lsa, shundayligicha ko`z oldimizda ravshan namoyon bo`ladi. Agar romanda tarixiy ko`rinishlargina tasvirlanganida, kitobxon charchab qolardi. Voqealar ko`proq tabiat ko`rinishlari fonida ro`y beradiki, tabiat tasvirlari hech qachon eskirmaydi yoki tabiat tasvirida hech qachon tarixiylik bo`lmaydi, u doimo yangi. O`sha Andijon nasimlari-yu, o`sha gulu lolalar, o`sha yaylovlaru o`sha tog`lar Boburga qanday ko`ringan bo`lsa, bizga ham, bizdan keyingi avlodlarga ham shunday ko`rinaveradi. Pirimqul Qodirov hech kimning portretini kiprigidan tirnog`igacha chizmaydi. Lekin o`unday bir xislatini ko`rsatadiki, biz kiprigidan tirnog`igacha tasavvur qilamiz. Oyisha begimni shunday tasvirlaydi: “o`n olti yoshli oyisha begim kuyovga nisbatan kichkinagina, ingichkagina ko`rinadi. Uning boshiga kiygan serbezak tokisi, bo`yniga taqilgan zebigardon va marjonlar nozik qomatiga og`irlik qilayotgandek tuyuladi”. Bu tasvir hech qachon ko`zimizdan ketmaydi, “nozik qomatga og`irlik qilayotgan” zebu ziynatlar biz o`qigan yuzlab va minglab malikalar surati ichidan oyisha begimni ajratib turadi. Bobur g`azallarida qanday gapirsa, kitobda ham shunday so`zlaydi: “Otda yurolmasangiz, begim, maxoradan qo`rqsangiz, unda men sizni... kaftimda olib yururman...” Bu – asar tilining nihoyatda sodda va badiiyligini ko`rsatadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling