67
So`zlashda ham, taomda ham, barcha narsalarda me’yor bo`lishi tuz
tarkibli paremalarda yorqin ifodalangan.
Tuz uzvli paremalar quyidagi badiiy tasvir vositalari asosida sayqal
topgan:
Ellipsisda biron bir bo`lak, ba’zan morfologik ko`rsatkich, ba’zan esa
fonetik birlik ma’lum bir sababga ko`ra tushirib qoldiriladi. Tushirilgan
birlik
garchi tuzilishi jihatdan mavjud bo`lmasa-da, mantiqiy jihatdan ma’lum bo`ladi.
Demak, tushirilgan birlik matnga o`ziga xos badiiylik bera oladi. Tuz uzvli
paremalarda ham ellipsis hodisasi ko`p uchraydi, ellipsis tuz zuvli paremalarda
tasviriylikni
oshirish, ta’sirchanlikni kuchaytirishga yordam beradi:
“Ot tuz deydi,
yigit – qiz”, “Tuya tuz deb yig`lar, yigit – qiz deb”, “Ovqatni tuz mazali qilar,
odamni – so`z”, “Odam so`zi bilan sinalar, osh – tuzi bilan”;
“Mehnatsiz turmush – tuzsiz osh” maqolida o`xshatish san’ati orqali
insonlarni mehnat qilishga chorlangan va mehnatsiz o`tkazilayotgan umrni, hayotni
go`yoki tuzsiz oshga o`xshatilgan, tuz taomga maza ta’m berganidek, mehnat ham
hayotni go`zal qilishi ta’kidlangan.
Do`stsiz boshim – tuzsiz oshim maqolida ham
do`stsiz yashashni, do`sti yo`q insonni go`yoki tuzsiz oshga o`xshatilmoqda, tuzsiz
taom bo`lmaganidek, do`stsiz inson ham haqiqiy inson emasligi tasvirlangan.
Antiteza grekcha
antithesis qarama-qarshi qo`yish so`zidan olingan bo`lib,
badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish
orqali bir-biriga
zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi.
Antiteza tuz uzvli paremalarning ham ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan:
“Bor yerda bol ham arzon, yo`q yerda tuz ham qimmat”, “Tuzsiz oshning epi
Do'stlaringiz bilan baham: