Tuzini ichib tuzlugiga tupurmoq- kochma ma’noda, metafora. Oz manosida
ham ishlatiladi.(tuz ichgan shaxs bitta, tuz bergan shaxs ikkinchi oddam, ikki shaxs
munosabati bor, salbiy ottenkalik, buni shakllanishi tarixiy, bu maqolni hozirgi
zamonga ham, avvalgi davrga ham o`girsak boladi, koproq kochma manoda
qollanadi. ta’limga )
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo`lib turadi, bu uning
ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur
o`rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi –
jamiyatda bo`lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot,
iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi
so`z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so`z-leksemalarning
eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at
boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.
1
Non, osh, tuz tarkibli paremalarda ham quyidagicha istorizmlar kuzatiladi:
“Qalqonbozlik qiladi to`ppa oshi, nayzabozlik qiladi ugra oshi”, “Amirning
oshidan – faqirning mushti yaxshi”, “Oz oshga yasovul bo`lma”, “Ketmon
chopmoq – olmoq-solmoq, qo`sh haydamoq – bormoq-kelmoq, o`roq o`rmoq –
o`ynamoq, hay-hay ishning og`iri, xamir qilmoq, non yopmoq”, “Kolxoz bilan el
boy bo`ldi, yegani non-u moy bo`ldi”, “Ochko`zga bir non qalqon bo`lib
ko`rinar”, “Omoch chiqdi – ko`moch keldi”, “Sovut kiyib ma’rakada jon bergan,
ketmon urib kecha-kunduz non bergan”, “Tayyor oshga bakovul, yetim qizga
yasovul”.
Non, osh, tuz uzvli paremalarni ishlatilish doirasiga ko`ra quyidagicha
guruhlashimiz mumkin:
1
Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. – B. 204.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |