Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Tomog`idan tuz o`tmadi iborasi “nimadir sabab bilan ishtahasi bo`lmaslik, 
ovqatlana olmaslik, yoki biror narsadan qo`rqqanidanmi, kayfiyati yo`qligidanmi 
ovqatlana olmagan inson”ga nisbatan mana shunday ibora qo`llanadi. Gapga teng
fe’l frazema. Ko`nglim hadiksiradi. Tomog`imdan tuz o`tmadi. (T. Murod, Ot
kishnagan oqshom, 83-b.)
Tuz(i)ni totmoq frazemasi “kim qayerning shart-sharoiti bilan bevosita, 
amalda sinashta bo`lmoq” ma’nosiga teng.
Tuz(ini yemoq: tuz(i)ni ichmoq iborasi “kim kimning xonadonida ovqatidan 
bahramand bo`lmoq” ma’nosini anglatadi. Varianti: tuz ichmoq; tuz(i)ni 
yemoq.Birikmaga teng, fe’l frazema. 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 4-ж., 179-б. 


65 
Tuz uzvli frazemalarda variantlilik ham kuzatiladi: 
Variantlanish – barcha til birliklariga (fonemaga ham), shu jumladan, 
frazeologik birlikka ham mansub hodisa. Ko`p variantli iboralarning asosiy 
qismini ikki va uch variantli iboralar tashkil qiladi. Umuman, frazeologik 
birliklarda variantlilik boshqa til birliklaridagiga nisbatan kuchli bo`lib, bir 
iboraning variantlari soni o`ntagacha yetadi. 
Frazeologik birliklarda bir iboraga bir necha variantni birlashtirish ularning:
a) turli-tuman o`zgartishlar sababli biri ikkinchisidan o`sib chiqqan bo`lishi, 
barchasi bir manbaga birlashuvi; 
b) asosida ayni bir obrazning yotishi, (bu obrazning variantlarga ko`ra 
so`nish-so`nmasligidan, qay darajada uqilishidan qat’iy nazar);
v) ayni bir lug`aviy ma’noni anglatishi (o`zaro ma’no qirrasida, nutqiy, 
stilistik belgisida farq qilish-qilmasligidan qat’iy nazar); g) o`zaro o`sib chiqqan 
variantlar tarkibida umumiy so`z-komponentning bo`lishi asosga olinadi. 
Variantlanish tufayli bir ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga 
xos obraz birligi, lug`aviy ma’no birligi saqlanadi. Variantlanish iboraga xos 
yaxlitlikning o`zi doirasida, shu yaxlitlik yo`l qo`ygan darajada voqe bo`ladi. Aks 
holda yo ibora yo`qqa chiqadi, yoki boshqa bir ibora barpo qilinadi
1
.
Frazeologik variantlarda leksik variantlar va grammatik variantlar 
farqlanadi. Ibora tarkibida mustaqil turkum so`zi bilan ifodalangan komponentni 
o`zgartib hosil qilingan variantga leksik variant deyiladi. Bunda so`z-komponent:
1) almashtiriladi; 
2) qo`shiladi; 
3) tashlanadi.
Bulardan eng murakkabi – leksik almashtirish asosidagi variantlanish.
Frazemalarning shakl va ma’no munosabati asosida frazeologik omonimiya 
va frazeologik paronimiya yuzaga keladi. 
1
Ш.Раҳматуллаев Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Tошкент: Ўқитувчи, 1978. – Б. 13-14.


66 
Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi shakldagi, 
tuzilishdagi tenglik hodisasidir. Tuz uzvli frazeologizmlarda bunday hodisani 
kuzatishimiz mumkin:
1.Tuz yalab – “hech narsa yemay-ichmay, qorinni juda-juda ochqatib, och 
holda”: Xatib domla panjshanba kunidan tuz yalab, ziyofatga borishga 
hozirlanadi. (А.Қ.) 
2.Tuz yalab – “biror kimsaning mehmoni bo`lib, taomidan yemoq”Uyimga 
kelib tuzimni yalab, eshigimdan yaltiroq to`n kiyib chiqsalar, hammaning og`zi 
yumiladi.(О.) 
Erkin birikma bilan frazema (turg`un birikma) o`rtasidagi shakliy tenglik 
hodisasi frazeologik ominimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Bunday 
hodisa tuz uzvli frazeologizm va erkin birikmalar o`rtasida ham kuzatiladi: 
1.Tuzlamoq (erkin birikma) – “tuz sepib qo`ymoq, tuz sepmoq, tuzga 
bulamoq” ma’nosida;
2.Tuzlamoq (erkin birikma) – “tuz sepib yoki namakobga solib, uzoq vaqt 
buzilmaydigan yegulik tayyorlamoq”. Oshko`klar va ularning ildizlari.. 
sabzavotlarni tuzlash, marinovka qilish va konservalashda juda ham bebahodir. 
Gazetadan.
3. Tuzlamoq ham frazema sifatida “gap bilan biror kimsani boplamoq, mot 
qilmoq” ma’nosida, ko`proq so`zlashuv tilida qo`llanadi. 
4. Tuzlamoq (turg`un birikma) “boplab aldamoq, firib bermoq, laqillatmoq” 
ma’nosida qo`llanadi. Qars ikki qo`ldan chiqar ekan! Ikkalamiz bir bo`lsak, 
Sultonni tuzlaymiz. (Ch.) 
Tuz uzvli paremalarni mazmun-mohiyatiga ko`ra quyidagicha guruhlash 
mumkin: 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling