Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Gap bilan osh pishmas. 

Halol oshga it tegsa ham – tegmaganday, eliksa ham – elikmaganday. 
Har kuni yema palovni, har kuni yoqqil olovni. 
Hunar oshxo`rga osh berar, nonxo`rga – non. 

Ichgani oshi yo`q, itining oti “Boytevat”. 
Ichib turgan oshimga, chivin yetdi boshimga. 


83 
Illat yo oshda, yo moshda. 
Ilmsiz kishiga osh yo`q. 
Ilmsizda osh yo`q. 
Insofli odam oshini yer, insofsiz odam – boshini // Insofli oshini yer, insofsiz – 
boshini. 
Intizorlikning oshi – shirin. 
Ish bor yerda – osh bor. 
Ish deganda – nofarmon, osh deganda – jon qurbon. 
Ish desa – ayyor, osh desa – tayyor. 
Ish desa, og`rir oshiq-moshig`im, osh desa, tayyor katta qoshig`im. 
Ish oshga tortar, yalqovlik – boshga. 
Ish oshga tortar, yalqovlik boshga tortar. 
Ish qolsa – mehnat, osh qolsa – davlat. 
Ish vaqtida – ayyor, osh vaqtida – tayyor. 
Ishchan oshini yer, dangasa – boshini. 
Ishdan qochding – oshdan qochding. 
Ishga – cho`loq, oshga – qo`noq. 
Ishga – no`noq, oshga – o`rtoq. 
Ishi to`g`ri bo`lgan oshini minbarda yer. 
Ishi yo`qning oshi yo`q. 
Ishimning boshi yo`q, oshimning moshi yo`q. 
Ishlab topganing – osh, ishlamay topganing – tosh. 
Ishlab topganning oshi – lazzatli. 
Ishlagan osh tishlar, ishlamagan tosh tishlar. 
Ishlaganning og`zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga tegar. 
Ishlamasdan osh yegan dardga yo`liqar. 
Ishsiz boshim – oshsiz boshim. 
Ishtoni yo`q qasavaga zo`rlar, oshi yo`q moshovaga zo`rlar. 
Ishyoqmasga ish buyursang, also bajarmas, shirin oshing tamom bo`lmay, 
uyqusi kelmas. 


84 
Ishyoqmasga osh berma. 
Ishyoqmasga osh yoqmas. 
It ichmas oshidan umid qilar. 

Jon bo`lsa, jahon topilar, osh bo`lsa – qozon // Jon bo`lsa jahon topilar, osh 
bo`lsa qozon topilar. 
Jon bo`lsa, jonon bo`lar, osh bo`lsa – qozon. 

Kambag`al osh topsa, qo`ygani idish topmas. 
Kambag`alning og`zi oshga tekkanda, burni qonar. 
Kambag`alning og`zi oshga yetganda, boshi toshga tegar. 
Kambag`alning osh ustida burni qonar. 
Kambag`alning suygan oshini kim beradi. 
Kamtar bo`lsang, osh ko`p, manman bo`lsang, tosh ko`p. 
Kasal – oshdan, davo – qarindoshdan. 
Kelin kelsa uzoqdan, arba-arba osh kelar. Kelin kelsa yaqindan, arba-arba so`z 
kelar. 
Kelinoyimning oshini shirin qilgan akamning zira-piyozi. 
Kishining qo`lidan ishini olsang, og`zidan oshini olasan. 
Ko`ngil tortgan osh – halol. 
Ko`pga osh bermaydi, Qo`rg`onga yot bormaydi. 
Ko`rdingki – osh, ko`tarma bosh, ko`rdingki – yog`liq, uraver vaqtliq. 
Ko`rdingki osh, ko`tarmagin bosh. 
Ko`rgan oshning kuyugi yomon. 
Kuningdan bir kuning qolsa – bedov min, pulingdan bir puling qolsa – palov 
ye. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling