Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 30
musnad hadis bilan mursal hadis orasini ajratish uchun roviylarning yoshlari va umrlari haqidagi ilmlar kiradi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt qism ilm shar’iy hisoblanib, ularning barchasi maqtalgandir, shuning bilan birga ular farzi kifoyadir. Agar, nega fiqh dunyo ilmi va faqihlar dunyo olimlari sirasida sanaldi, deb so‘rasang, javob quyidagichadir: ma’lumki, Alloh taolo Odam alayhissalomni tuproqdan xalq etdi, u kishining zurriyotlarini tuproqdan bo‘lgan otaning maniyidan va onaning ko‘kragidan otilib chiquvchi suvdan yaratdi. Zurriyotlarini otalar belidan onalar bachadoniga, undan dunyoga, keyin esa qabrga, qabrdan hisob maydoniga, undan jannat yoki do‘zaxga chiqaradi. Mana shu narsalar insonning ibtidosi, g‘oyasi va boradigan yeridir. Oxirat hayotiga zod (ozuqa) to‘plash uchun dunyoni yaratdi. Agar insonlar dunyoni adolat bilan tutsalar, xusumatu dushmanliklar kesiladi, faqihlarga ehtiyoj yo‘qoladi. Lekin insonlar dunyoni shahvat va dushmanlik bilan tutganlari uchun, unda xusumat va adovat yuzaga keladi. Shunda insonlarni boshqaradigan rahbarga ehtiyoj tug‘iladi. Rahbar esa insonlarni boshqarish uchun qonunga muhtoj bo‘ladi. Insonlar shahvatga berilib, birbirlari bilan nizolashgan vaqtda ularni murosaga keltiruvchi o‘rta yo‘lni va boshqaruv qonunlarini biluvchilar faqihlardir. Shunday ekan, faqih dunyo ishlarida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi va siyosat qonunlarini o‘rgatuvchi rahbar, podshohlarga muallim va murshiddir. Tabiiy, fiqh dinga ham bog‘langan, lekin bevosita emas, balki dunyo vositasi ila bog‘langandir. Zero, dunyo oxirat ekinzori, din dunyo bilan kamol topadi. Din va podshohlik egizaklar kabidir. Ammo din – asos, podshoh esa, uning qo‘riqchisidir. Asosi yo‘q narsa mahv bo‘lishga mahkumdir. Qo‘riqchisi yo‘q narsa esa, zoe’ bo‘luvchidir. Saltanat va mulk podshoh bilan turgani kabi, hukumatlar orasidagi adovatni daf qilish faqat fiqh bilan bo‘ladi. Shuningdek, xalqni boshqarishda siyosat ilmi din ishlari orasida birinchi darajali hisoblanmaydi. Balki u din ilmining bir bo‘lagidir. Ma’lumki, haj yo‘lda qaroqchilardan himoya topish bilan amalga oshadi. Lekin haj o‘zi alohida ish, hajga yo‘l olish ikkinchi bir ish, hajni amalga oshirishda kerak bo‘ladigan qo‘riqchilik uchinchi ishdir. Qo‘riqchilikning yo‘llari, uslublari va qonun-qoidalarini o‘rganish esa, to‘rtinchi ishdir. Xulosa qilib aytganda, fiqh fani rahbarlik va qo‘riqchilik yo‘llarini o‘rgatadi. Bunga musnad yo‘l bilan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir: «Insonlarga faqat amir yoki mamur yoki mutakallif fatvo beradi».64 Amir rahbar va boshqaruvchidir. Shuning uchun u fatvo beradi. Mamur esa, amirning noibidir. Mutakallif ehtiyoji bo‘lmasa-da, o‘zicha fatvo berishga uringan kishidir. Sahobai kiromlardan oxirat va Qur’on haqida so‘rashganda tezda javob berishgan, lekin fatvo berishdan saqlanishgan, hatto ularning birortasidan fatvo so‘ralgudek bo‘lsa, bir-birlariga havola qilishgan. Boshqa rivoyatda hadisdagi «mutakallif» o‘rniga «muroiy» riyokor kelgan. Zero, ehtiyojsiz, o‘zicha fatvo berish xatarini zimmasiga olgan kishining maqsadi faqat mol va obro‘ bo‘ladi. Shu o‘rinda sen: «To‘g‘ri, hozir aytilgan narsalar dunyoga aloqador bo‘lgan qasos, jazo, haqdor bilan nohaq orasini ajratish kabi ishlarga mos keladi. Ammo ibodatlar asosi bo‘lgan namoz, ro‘za yoki ibodatlarning to‘rtdan birini tashkil qiluvchi halol bilan harom orasini ajratuvchi muomalot qismiga umuman to‘g‘ri kelmaydi», deb aytishing mumkin. Bunga javoban aytamizki, bir fiqh olimining oxirat amallariga taalluqli eng ko‘p so‘zlagan narsasi islomiyat, namoz, zakot, halol va harom narsalardir. Yaxshilab o‘ylab ko‘rsang, faqih bu narsalarda dunyodan oxiratga tomon bo‘lgan chegaralarni bosib o‘tolmaydi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling