Ihyou ulumid-din
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan – kurashgan zotlarni, albatta, O‘z
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan – kurashgan zotlarni, albatta, O‘z
yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir» (Ankabut, 69-oyat), degan. Agar sen: «Mutakallimlar avom xalqning aqidasini bid’atchilardan qo‘riqlovchi, dedingiz, ularning darajasini esa, arab yo‘lto‘sarlarining hujumidan hojilarning mol-mulklarini himoya qiluvchilarga qiyosladingiz. Bu bilan faqihning darajasini sulton kabi ba’zi odamlar ba’zilariga qiladigan dushmanchiligini to‘sadigan qonunning nazoratchisi qilib ko‘rsatdingiz, holbuki, qo‘riqchilik va nazoratchilik din ilmiga nisbatan ancha past daraja. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 38 Millatning fazilat bilan mashhur bo‘lgan ulamolari faqihlar va mutakallimlardir. Ular Alloh taolo huzurida xalqning afzalidirlar. Qanday qilib, din ilmiga mansub zotlarni past darajaga tushirib qo‘ydingiz», desang, bilgilki, kim haqni shaxslar bilan tanisa, u zalolat sahrolarida hayratga tushib qolibdi. Agar haq yo‘lda yursang, haqni tanisang, haqni tamsil etganlarni ham taniysan. Agar sen odamlar o‘rtasida yuksak darajalari bilan mashhur bo‘lgan kishilarga boqib, ularga taqlid qilish bilan qanoatlansang, sahobalarning yuksak martabalaridan g‘aflatda qolasan. Men zikr qilib o‘tgan olimlar sahobalarni (barcha ilm sohiblaridan) oldinda ekanliklariga ijmo’ qilishgan. U zotlarning dinda peshqadamliklari kalom va faqih ilmi tufayli emas, balki oxirat ilmi va uning yo‘lidan yurganliklari tufaylidir. Abu Bakrning (r.a.) boshqalardan ustunliklari ko‘p ro‘za tutish, ko‘p namoz o‘qish yoki ko‘p hadis rivoyat qilish, fatvo berish yoki gapirish boisidan emas, balki qalblariga mustahkam o‘rnashgan narsa tufaylidir. Bunga Rasullar sayyidi (sollallohu alayhi vasallam): «Abu Bakrning fazli namoz va ro‘zaning ko‘pligi bilan emas...» deya guvohlik berganlar.73 Demak, sen Abu Bakrni ana shu cho‘qqiga olib chiqqan sirni bilishga qiziq. U sir nafis javhar, yashiringan yoqutdir. Sen ifodasi cho‘zilib ketadigan, turtki va sabablar tufayli izzat-hurmat qilinadigan narsani tashla. 73. Termiziy Abdulloh ibn Muzaniydan rivoyat qilgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot qilganlarida ortlarida Allohni tanigan minglab olim zotlar-sahobalar qoldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni maqtaganlar. Vaholanki, ularning birortasining kalom ilmidan xabari yo‘q edi, bir nechtasidan boshqasi fatvoga o‘zini loyiq bilmasdi. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) biror masala so‘ralsa, u zot: «Falonchi amirdan borib so‘ra. Chunki muammo va hukmlarda xulosa chiqarib, fatvo berish valiy va sultonlarning ishi», der edilar. Hazrati Umar (r.a.) vafot etganlarida Ibn Mas’ud: «Ilmning o‘ndan to‘qqiz qismi ketdi», dedilar. U kishiga: «Oramizda shunday sahobalar turib, shunday deysizmi?» deyishganida, u zot: «Men fatvo va hukm chiqarishni ko‘zda tutmayapman. Balki Alloh taoloni tanish ilmini aytyapman», deb javob berdilar. Ibn Mas’ud (r.a.) ushbu so‘zlari bilan kalom va jadal (munozara) ilmini ko‘zda tutgan deb o‘ylaysanmi? Nima uchun Hazrati Umarning vafoti bilan o‘ndan to‘qqizi o‘lgan ilmni o‘rganishga qiziqmayapsan? Vaholanki, kalom va jadal ilmining eshigini yopgan u kishidir. Sabi’ ibn Sharik degan kishi, ikki oyati karima bir-biriga qaramaqarshi kelyapti, deb savol berganida, unga darra urib, Basraga surgun qilganlar va odamlarni undan uzoqroq yurishga buyurganlar. Mutakallim va faqihlarni mashhur olimlar, deyishingga kelsak, bilgilki, Alloh huzuridagi fazilatga yetish bilan odamlar orasida erishiladigan obro‘-shuhrat boshqa-boshqa narsa. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) shuhratlari u kishining xalifaliklari sababli, ammo fazilatlari esa, qalblarida e’zozlangan sir tufayli bo‘lgan. Hazrati Umarning (r.a.) shuhrati siyosatlari tufayli, fazilatlari esa, vafotlari ila o‘ndan to‘qqizi o‘lgan Alloh taoloni tanish ilmi bilan edi. U kishining adolati va xalqqa nisbatan mehribonligi Alloh taologa yaqinlik hosil qilish uchun edi. Bu narsa Umarning (r.a.) ichida Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling