Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom Shofe’iy rahimahulloh.
www.ziyouz.com kutubxonasi 40
(r.a.), Sufyon Savriy (r.a.). Ularning har biri obid, zohid, oxirat ilmining olimi, xalqning dunyosini isloh qiluvchi faqih, ilmi bilan Alloh taoloning roziligini istagan zotlar bo‘lishgan. Zamonamiz faqihlari mana shu besh xislatdan faqat bittasigagina ergashdilar. U ham bo‘lsa, fiqhning far’iy masalalariga chuqur kirish va mubolag‘a qilishdir. Zero, to‘rt xislat faqat oxirat uchun manfaatlidir. Bitta bu xislat (ya’ni, faqihlik) dunyo va oxirat uchun salohiyatli bo‘ladi. Agar uni oxiratni ko‘zlab o‘rganilsa, dunyo uchun manfaati ozdir. Zamonamizdagi faqihlar fiqhning far’iy masalalariga chuqur ketib, ulug‘ faqihlarga o‘xshashni da’vo qiladilar. Ularning da’volari haqiqatdan shu qadar uzoqki, temirchilar bilan farishtalarni muqoyasa qilishga o‘xshaydi. Quyida buyuk faqihlarning mana shu besh xislatga dalolat qiladigan holatlarini keltirib o‘tamiz. Ularning fiqh ilmidagi ma’rifatlari ochiq-ravshan ko‘rinib turibdi. Imom Shofe’iy rahimahulloh. U kishining obidliklariga dalolat shuki, kechani uch qismga bo‘lib, bir qismida ilm tahsil qilganlar, bir qismida ibodat bilan shug‘ullanganlar va bir qismida uxlaganlar. Rabi’ aytadilar: «Imom Shofe’iy (r.a.) ramazon oyida Qur’oni karimni oltmish marta xatm qilar va bularning barchasini namozda o‘qir edilar». Shogirdlaridan bo‘lgan Buvaytiy ramazon oyida har kuni bir marta Qur’oni karimni xatm qilardilar. Hasan Karobiysiy aytadilarki: «Men Imom Shofe’iy bilan bir necha bor tunab qoldim. U kishi kechaning uchdan bir qismida namoz o‘qirdilar. Namozlarida ellik oyatdan ko‘p, yuz oyatdan oshirmay o‘qiganlarini ko‘rdim. Rahmat oyatini o‘qiganlarida o‘zlari va barcha mo‘min-musulmonlar uchun Alloh taolodan rahmatini, azob oyatini o‘qiganlarida o‘zlari va mo‘minlar uchun najot berishini so‘rar edilar. U zotda xavf bilan rajo birdek jamlangandek edi». Sen u kishining Qur’onning sirlarini bilishlariga va uning ma’nolarini tadabbur qilishlariga qaramay, ellik oyat bilan kifoyalanishlari nimaga dalolat qilishini bir o‘ylab ko‘r. Imom Shofe’iyning o‘zlari aytadilar: «Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi». Qorin to‘q bo‘lishining ofatlarini bayon qilishlaridagi hikmatlarini fikr et, ibodatdagi g‘ayratlariga qara. U zot ibodat uchun to‘yib ovqat yeyishni tashladilar. Hukamolar aytadilarki, ibodatning sarmoyasi kam yeyishdir. Imom Shofe’iy (r.a.) yana aytadilar: «Men xoh rostgo‘y bo‘lay, xoh yolg‘onchi bo‘lay, hech qachon Alloh taolo nomi bilan qasam ichmadim». Endi u kishining Alloh taologa bo‘lgan izzat-ikromlarini taammul et. Bu hol u zotning Alloh taoloning buyukligini chuqur his etganlariga dalolatdir. Imom Shofe’iy (r.a.) bir safar bir masaladan so‘ralganlarida, sukut qilib qoldilar. «Alloh rahmat qilgur, javob bermaysizmi?» deyishdi. U kishi: «Sukutim afzalmi yoki javobimmi, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling