Mashg‘ulot turi: Ma’ruza (ma’lumotli ma’ruza) Mavzu
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1.2.Маъруза
Mashg‘ulot turi: Ma’ruza (ma’lumotli ma’ruza) Mavzu: Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Mavzu rejasi: 1. ”Avesto”- eng qadimiy yozma ma’rifiy yodgorlik sifatida. 2. ”Avestoda tarbiya masalalari. Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o‗rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‗plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo‗lib, ular avloddan avlodga og‗zaki va yozma ravishda o‗tib borgan. agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖ asari mundarijasidan o‗rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma‘lumotga ega bo‗lolmagan bo‗lardik. ―Avesto‖ asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo‗lib, mashhur sharqshunos olim Ye.E. Bertelsning fikriga ko‗ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr ―Zardushtnoma‖ dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kelgan. Xususan, dostonda Avesto va Zendni Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug‗ilishi va keyingi hayoti xususidagi ma‘lumotlar keltiriladi. Ya‘ni, ZARDUShTNOMA Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Dostondan parcha) Men pahlaviy deb atalgan yozuvla bitilgan Shohona kitoblardan birini ko‗rdim. U asrab kelingandir barcha oqillar va Ustozlar ustozi mobedlar mobedida. Unda olam hodisalari, ajdodlar Va shohlar ishlari haqda bitilgan. Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesta va Zendaning hikoyatlari bitilgan. Shuningdek, Zardushtning onadan tug‗ilishi Va so‗ngra u bilan yuz bergan voqealar Bandalarchun bu kitob eskidur endi Va hech kim uni o‗qiy olmaydi 1 Mazkur doston 1760 yil mashhur fransuz olimi Anketil Dyu Perron tomonidan avval lotin tili, keyin esa fransuz tiliga tarjima qilingan. Asarni ingliz tiliga Istvix tarjima qilgan. Keyinchalik asarning F.A.Rozenberg tomonidan qilingan fransuzcha tarjimasi ham e‘lon qilingandir. Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dostonda keltirilgan ma‘lumotlarni qanday manbalarga asoslanib bayon etganligi haqida ma‘lumot yo‗q edi. Lekin tadqiqotchilar dostonni yozishda muallifning ikki muhim manba- ―Avesto‖ning yO‗qolib ketgan Chitradat (O‗n ikkinchi) va Spent (O‗n uchinchi) nusxalaridan foydalanganligini e‘tirof etadilar. 1 Бертельс Е.Э. История персидско-таджикской литературы. Изб. труды. – М. Изд-во Восточной литературы, 1960, - с. 33. Lekin ―Avesto‖ tarjimoni Dj. Darmsteter Zardusht birinchi inson Gayomard haqidagi afsonaviy rivoyatning afsonaviy qahramoni bo‗lib, xalq fantaziyasining ―mevasi‖dir, deydi. Afsonada hikoya qilinishicha, u jaholat ramzi sanalgan ―ilon‖ bilan kurashib halok bo‗ladi. Undan uch o‗g‗il qolib, ular uch tabaqa – kohinlar, harbiylar hamda dehqonlar avlodiga asos solganlar. Mavjud manbalar, shuningdek, so‗nggi yillarda e‘lon qilingan ma‘lumotlarga kO‗ra zardushtiylik Sharq xalqlari sig‗ingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to‗n egasi degan ma‘noni anglatadi) bo‗lib, din ham uning nomi bilan atalgan. Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yilda tug‗ilgan bo‗lib, 77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomonidan o‗ldirilgan. Zardusht O‗z davrida ikki xudolik g‗oyasini ko‗tarib chiqadi. Asta-sekin u payg‗ambar darajasiga ko‗tariladi va o‗zini Axura-Mazda, ya‘ni, Oliy Tangri elchisi deya e‘lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida ikiga bO‗ladi. Bu ikki dunyo o‗rtasida bir-biriga qarama-qarshi g‗oyalar ustuvor bo‗lib, ular o‗rtasida doimo kurash ketadi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko‗plab o‗lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so‗ng zardushtiylik dinining g‗oyalari yanada keng yoyila boshlaydi. ―Avesto‖ asari eramizdan avvalgi YI asrning oxiri va IY asrning boshlarida yaratilgan bo‗lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o‗tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to‗liq kitob holida shakllanishI eramizdan avvalgi birinchi asrga to‗g‗ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. G‗arb, rus va O‗zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zero, ―Avesto‖ asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma‘rifiy fikrlar ma‘lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g‗oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma‘rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma‘lumotlarga ega bo‗lamiz. «Avesto» diniy xarakterga ega bo‗lish bilan birga o‗zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta‘limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan asardir. Abu Rayhon Beruniy o‗zining ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya yerlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa ―Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi‖ kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-betlar) ―Avesto‖ni faqat Ozarbayjon adabiyotining ma‘naviy merosi deb e‘tirof etadi. Tarxichi olim V.M.Avdievning fikriga ko‗ra, ―Avesto‖ nomli qadimgi diniy to‗plamning dastlabki qismlari aynan O‗rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish uchun barcha asoslar yetarli. Zero, asarda keltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi ―Muqaddas olovi‖ Xorazmda yoqilgan. ―Avesto‖ asarida tasvirlangan ―Ayriana Vayjo‖ mamlakati Xorazm bo‗lgan bo‗lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura- Mazda Zardushtga ko‗rinish bergan. ―Ayriana Vayjo‖ degan afsonaviy mamlakatning ―Avesto‖ asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning geografik sharoitlariga to‗la muvofiq keladi. S.P. Tolstov ham ―Avesto‖ning eng qadimgi zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmida yozilgan deb qayd etadi. ―Avesto‖da xudolar va qahramonlar to‗g‗risidagi xalq epik afsonalariga oid juda ko‗p qimmatli ma‘lumotlar jamlangan. Asarda tasvirlangan xudo va qahramonlar O‗rta Osiyo mamlakatlari va ularga qo‗shni bo‗lgan Eron va Afg‗oniston o‗lkalarida ish ko‗radilar. ―Avesto‖da keltirilgan madhiyalarda shunday bir o‗lka tasvirlanadiki, unda: ―Bir talay qo‗shinga qudratli yo‗lboshchilar bosh bo‗lgan, keng o‗tloqlari va suvlari ko‗p bo‗lgan, baland tog‗lari chorvachilik uchun zarur hamma narsani yetishtiradi, unda chuqur-chuqur va sersuv ko‗llar, kemalar yurib turadigan keng daryolar Iskat va Pourta, Mour (Marv), Xarova (Hirot), Gou SO‗g‗d va Xvoyrezm (Xorazm) tomoniga pishqirib oqadilar (Yasht X, 14)‖. Bunda zikr etilgan joylarning ta‘rifi va nomlari boshqa qator jihatlari bilan birga qadimgi Zardusht dinining xuddi shu yerda, Amudaryo havzasida vujudga kelganiga shubha qoldirmaydi. Zardusht eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urug‗idan bo‗lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug‗ullanganlar. Zardusht ko‗p xudolikka sig‗inish hamda ko‗plab qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, shuningdek, turli qabilalar o‗rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ko‗rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu maqsadda o‗z ta‘limotini targ‗ib qila boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta‘limoti va unda ilgari surilgan g‗oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vahiy orqali ko‗pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ‗ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat o‗rnatib, yer yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani himoya qiladi. Zardushtning yangi ta‘limotini qabila a‘zolari orasida targ‗ib qilishini istamagan qabila boshliqlari uni ta‘qib etadilar. Ana shu ta‘qib tufayli u Ray (Eron)ga qochadi va o‗z dinining O‗sha yerda to‗laqonli shakllantirishga muvaffaq bO‗ladi. ―Avesto‖ni shoh Vishtasp (Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, zardushtiylik dinining g‗oyalari keng yoyila boshlaydi. Zardusht shoh Gushtasp vazirining qizi Havoviga uylangani, undan uch O‗g‗il - Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz – Freni, Triti, Pourichistalarni kO‗rganligini qayd etadi. 1 Vishtaspning farmoniga kO‗ra 1200 bobdan iborat ―Avesto‖ni oltin taxtga yozdirilib, shoh otashkadasiga topshiriladi. ―Avesto‖ning kitob holidagi matni eramizdan oldin O‗n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa Iskandar Makedonskiy istilosiga qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar Istahrni bosib olgach, ―Avesto‖ kitobida bayon etilgan tibbiyot, nujum, ilmi hikmat sohalariga oid g‗oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada yetib kelgan. 1 Ҳамидов Х. ―Шохнома‖нинг қудрати. - Т.: .Ўзбекистон, 1991. 87-88- бетлар. Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to‗plamidan iborat bo‗lib, ―Vendidat-sede‖, ya‘ni, ―Pok Vendidat‖ deb ataladi. Ushbu kitobga ―Yasna‖ va ―Vispered‖lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchisi kitobdagi kabi ―Vendidat‖, ―Yasna‖ va ―Vispered‖lar o‗rin olib, unda sharhlar ham beriladi. Izohli tarjima ―Zand‖ (sharh ma‘nosida) deb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi ―Avesto va Zand‖ yoki ―Zand Avesto‖ deb nomlangan. Ikkinchi variantiga binoan ―Avesto‖ asari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. ―Vendidat‖. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo‗lib, asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning o‗rtasida kechgan savol-javobi shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, devlarni yengish voqealari, gunohlardan pok bo‗lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o‗z ichiga oladi. Xarakterli jiqati so‗z yuritilayotgan qismda devlarga qarshi yaratilgan qonun matni, ya‘ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada aytilishicha, yomonlik timsoli bo‗lgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anhra Manu (Axriman) o‗z yurtida yomonlikni qaror toptiradi. 2. ―Vispered‖. U 24 bobdan iborat bo‗lib, ibodat qo‗shiqlarini o‗z ichiga oladi. 3. ―Yasna‖. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o‗tkazish chog‗ida, shuningdek, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo‗shiqlar, xudolarga bag‗ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi. Gotlar ―Avesto‖ning eng qadimgi qismlari sanaladi. 4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma‘budalari sharafiga aytilgan 22 qo‗shiq (gimn)larni o‗z ichiga oladi. 5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma‘budalar sharafiga bag‗ishlangan kichik ibodat (gimn) matnlaridan iborat. Zardushtiylik dinining g‗oyalari xususida so‗z borganda, ularning to‗g‗rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta‘kidlab o‗tish lozim. Inson va uning jamiyatda tutgan o‗rniga nisbatan munosabat masalasi ―got‖lar mazmunida o‗z ifodasini topgan. ―Avesto‖ tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytib o‗tilganidek, Zardusht qadimgi qabilalar a‘zolarining diniy e‘tiqodlariga aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Zardusht ta‘limotining ilg‗or g‗oyalari shundan iboratki, Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo‗lgan adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha yomonliklarni yuzaga keltiradi. ―Avesto‖ning mazmuni borasida uning bizgacha yetib kelgan parchalarda ilgari surilgan qarashlar mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kelish mumkin: ―Vendidat‖ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yerning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va adovat hukmron bo‗lgan o‗lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o‗lkasining asoschisi, Anhra Manyu esa jaholat urug‗ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Asarda ana shunday o‗lkalardan 16 tasi qayd etib o‗tiladi. ―Avesto‖da tasvirlangan adolat o‗lkasining keyingi davrlardagi nomlari: 1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg‗og‗i yoki Amu va Sirdaryo deltasidagi o‗lka. 2. Gava-So‗g‗diyona. 3. Mouru (Margav)-Marshana (Marv, hozirgi Mari shahri joylashgan hudud). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya - Nisa, Parfiya poytaxti. 6. Xaroy-Isfaxondagi bir joy. 7. Xnenta-Gurkaniya. 8.Xaraxvaiti- Garut (Araxoziya bilan bog‗liq). 9. Xetumant - Gilmenda havzasidagi viloyat. 10. Raga-midiyadagi bir shahar. Ray Tehronga yaqin. 11. Chaxra-Xurosondagi bir joy. 12. Varna - Janubiy Kaspiy bo‗yi viloyati. 13. Xapta Xindav - Inda, Panjob havzalarida joylashgan hududi. 14. Rangxa irmoqlari-mifologik O‗lka 1 . Keyingi boblarda Yima haqidagi afsona keltiriladi. Afsonada yerni uch barobar ko‗paytirish, shuningdek, o‗simlik, hayvon va odamlarni himoya qilish maqsadida chegara belgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu afsonada, shuningdek, qadimgi Hind-Eron qabilalarining Yerning suvdan paydo bo‗lganligi borasidagi dastlabki tasavvurlari ham o‗z ifodasini topgan. 3-19-boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta‘riflanadi, olov, suv, yer, chorva, daraxt hamda o‗simliklar ulug‗lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o‗tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo‗limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar - tirnoq va sochlarni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. XIX-bobda odamlarning Axura Mazdaga bo‗lgan e‘tiqodlari darajasini ifodalash maqsadida ular boqiy dunyoda qil ko‗prikdan o‗tadilar, ko‗prikning o‗rtasi qilich kabi o‗tkir bo‗ladi, deyiladi. kimki axura mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u ―qil ko‗prik‖dan o‗tolmay, jahannamga tushadi. dindor va doimiy ravishda ibodat qiluvchilar esa jannatga tushadilar. axura mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan o‗n ming yil o‗tgach, axrimanning kuchi tugab, adolat o‗lkasi qaror topadi. shunda barcha mayitlar (qazo qilgan kishilarning tanalari) bir joyga to‗planadi, ularga jon ato etilib, yaxshi kishilar bir tomonga, yomon kishilar ikkinchi tomonga ajratiladi. shu tariqa yaxshilar jannatga, yomonlar esa do‗zaxga tushadi. yaxshi odamlar uch kun davomida otash irmog‗ini kechib o‗tgach, gunohlardan poklanib, axura mazda yurti - adolat o‗lkasiga kiradilar. bu o‗lkada inson o‗zining axloqi va yaxshi amallari, xatti-harakatlari bilan yaxshilik tarafdori ekanligini isbotlashi kerak. inson o‗z hayot yo‗lini tanlar ekan, o‗z zimmasiga olgan majburiyatni bajarishga javobgar sanaladi. ―got‖larda axura mazdaning yerdagi yordamchisi hisoblangan chorvadorlarning dunyoqarashlari ifodalangan. yaxshi kishilar yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‗lsalar, yovuz kishilar yomon xislatlarning egasidir. zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali yer yuzida mavjud bo‗lgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib beriladi. taqvodor chorvador odil va oqil bo‗lib, atrofdagilarning hurmatlariga sazovor bo‗lsa, katta podaning egasiga aylanadi. chorvadorlarning nazarlarida ko‗chmanchilar ularning dushmanlaridir. chunki ular odamlarni talaydi, molini 1 Маковельский А.О. Авесто. – Баку, Изд-во АН Азерб, 1960. с. 48-56. haydab ketadi. asarda ko‗chmanchilar axloqsiz maxluqlarga qiyoslanadilar. ular azob-uqubatlarga loyiq, zero serhosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g‗oyalariga ko‗ra shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo‗lishi adolat o‗lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo‗lib xizmat qiladi. zardushtning asosiy yo‗riqlaridan biri ham axura mazdaning ko‗makchisi sanalgan inson sahovatli bo‗lishi kerak, degan aqidadir. garchi, zardushtiylikda diniy rasm- rusumlarga rioya etish, zardushtning tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo‗l- yo‗riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e‘tirof etilishi bilan birga dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. zardusht axura mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sevimli joy qaerda ekanini so‗raganda, u shunday javob beradi: u shunday joyki, kishilar u yerda uy-joy quradilar, otashkada (ibodatxona)lar barpo etadilar, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanib, bola-chaqali bo‗ladilar; men har ikkala qo‗li bilan mehnat qiluvchi kishini qo‗llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka bag‗ishlayman, deydi. bunda mehnat, dehqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi deb ko‗rsatiladi. zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko‗rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‗u beriladi. ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil deya ta‘kidlanadi. dehqonchilik bilan shug‗ullanish, mo‗l-ko‗l hosil yetishtirishga qaratilgan harakat axura mazda qonuniga bo‗ysunish sanalgan. don ekkan kishi taqvodorlik urug‗ini ekishi, mazdaga ixlosmandlik e‘tiqodini ilgari surishi, imonni oziqlantirib turishi o‗n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng deyiladi. ―g‗alla yerdan unib chiqqanda, devlar larzaga keladi, g‗alla o‗rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‗alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir qilinganda esa devlar mahv bo‗ladi. g‗allaning mo‗l-ko‗l bo‗lishi devlarning labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-taraqay qiladi‖. ushbu misollarda ―avesto‖da inson mehnati tufayli barcha yomon xislat, yomonlik hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g‗oya ilgari suriladi. samoviy dunyoda ham uchlik hukmronlik qiladi: axura mazda – oliy tangri, ya‘ni ―qodir iloh‖ - o‗t, alanga ruhiga, asha (arta) – vazishta – ―eng yaxshi tartibot‖ (kohinlik va katta kohinning samoviy obrazi)ga, chorva ruhi - voxu mana, ya‘ni, ―sahovatli fikr‖ (o‗troq chorvadorlar va ularning boshliqlari jamoasining samoviy obrazi)ga tayanadi. ana shu uchlik fikr, so‗z va ish birligidan iborat axloqiy uchlikni ham o‗zaro bo‗lishib olishgan. 1 o‗sha davrda jamiyatda bosh hokim (lashkar boshlig‗i) katta kohin (kohinlar ijtimoiy guruhining boshlig‗i) yoki urug‗lar oqsoqollariga, o‗troq chorvador va dehqonlarning jamoalari hamda xonadonlariga tayangan. ―avesto‖ asarining hajman eng katta qismi - ―yasna‖larda inson kamolotini belgilovchi axloq-odob mezoni uchlik - humata (manbalarda gumata, humata) – yaxshi fikr, hukta ( manbalarda gukta, huckta) – yaxshi so‗z va hvarsha (manbalarda gvarsha, hwarsha) – yaxshi ishlar birligida ifodalanadi. ―men yaxshi fikr, yaxshi so‗z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. men yaxshilikdan iborat mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman‖ (―yasna‖, 14-bob), deyiladi asarda. ―avesto‖da inson fikri, so‗zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: voxu mana (ezgu fikr) va ako mana (yovuz fikr) ta‘sir ko‗rsatadi, deydi. barcha fikr, so‗z va ishlar asosida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi (―yasna‖, 30-bob). asta-sekin axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta boshlaydi. masalan, ―yaxshi so‗zlar‖ deganda ahdida turish va berilgan va‘dani bajarish kabilar nazarda tutilsa, ―yaxshi amallar‖ deganda esa savdo-sotiq ishlarida halol bo‗lish, qarzni vaqtida to‗lash, o‗g‗rilik va talonchilik qilmaslik, o‗zgalarning moliga ko‗z olaytirmaslik, buzuqliklardan o‗zini tiyish, atrofdagilarga ziyon yetkazadigan har qanday harakatni sodir etmaslik va hokazolar tushunilgan. ezgu kuchlarga yovuz kuchlar qarshi bo‗lgan. yovuz ruhlarga drudjo (yolg‗onchilik ruhi) boshchilik qilgan. unga yovuz fikr (ako mana), talonchilik ruhi (eshma) yordam bergan. yovuz, yomon fikr - ako mana, yomon so‗z – drudjo hamda yovuz amal, yomon ish – eshma obrazlari timsoli yordamida ifoda etilgan. zardusht yovuzlik kuchlariga ko‗maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz munosabatda, shuningdek, chorvachilik rivojiga halal beruvchi yolg‗onchilik ixlosmandlariga qarshi kurashda esa shafqatsiz bo‗ladi. ―kimki menga sodiq bo‗lsa, eng yaxshi narsaga musharraf bo‗ladi, kimki sodiq bo‗lmasa, unga eng yomon narsa nasib etadi... kimki meni – zardushtni quvvatlasa buning evaziga istagan barcha narsalari bilan birgalikda bir juft sog‗in sigir ham oladi‖ (―yasna‖, 46-bob), deyiladi asarda. ―yaxshi fikr‖ iborasining mazmuni o‗zida ilohiy qonun ruhidagi g‗oyalarga ega bo‗lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko‗rsatish, muhtojlarga ko‗maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt- saodati yo‗lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do‗stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. yaxshi niyatli kishi darg‗azab bo‗lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o‗ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‗ya harakatlar qiladi. ―avesto‖dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‗lsa, ular qadimgi zamon kishilarning axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‗lib tushadi. fikr, so‗z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasavvurlari o‗zi mansub bo‗lgan jamoa bilan uzviy bog‗langan. jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so‗zlari uning ham so‗zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo‗lgan. ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg‗unligi – urug‗chilik jamiyatining muhim belgisidir. jamoaning har qanday topshirig‗ini bajarish uning a‘zolari uchun muqaddas qonun edi‖. ―yasht‖larda ifoda etilgan har bir yasht muayyan xudo (axura mazda, mehr yasht, ardvasur yasht, mitra va boshqalar)ga bag‗ishlanadi. ―yasht‖lar doirasida qo‗llangan gimnlarda axura mazdaga bag‗ishlangan qasida alohida diqqatga sazovor. masalan, birinchi, ―yasht‖ - ―xurmuzd yasht‖da axura mazda tilidan zardushtiylik g‗oyasi ifodalanadi. zardushtiylik ilohining yetmish ikki nomi borligi ma‘lum. yuqorida ta‘kidlanganidek, zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amaldan iborat uchlik g‗oyasini ilgari suradi va ushbu g‗oyaga avvalo uning o‗zi amal qiladi. inson o‗limidan so‗ng marhumning faoliyati ustidan o‗tkazilgan hisob- kitob vaqtida haqiqat ilohi u tomonidan sodir etilgan ezgu va yovuz amallarni maxsus tarozida o‗lchaydi. tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal — xayrli ishlar, boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-harakatlar qo‗yiladi. ezgu amallar salmog‗i og‗irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi va jannatga tushadi, yovuz va yomon harakatlar qo‗yilgan palla og‗irlik qilsa, chohga tushadi. axura mazda – oliy tangri elchisi sifatida ―xurmuzd yasht‖da shunday ta‘riflanadi: mening nomim - so‗rovchidir, vafodor zardusht. ikkilamchi ismim - matlub, uchinchisi qudrat, to‗rtinchisi haqiqatdir. beshinchisi – barcha ezgulik, mazda bilan boshlanguvchi bor haqiqatlar. oltinchisi – aql erur, yettinchi - men aqllidurman, sakkizinchi – ta‘limotchiman men, to‗qqizinchi – men muallimman, o‗ninchi - men avliyodurman, o‗n birinchi - muqaddasman men, o‗n ikkinchi – men axuraman, o‗n uchinchi – qudratlidurman, o‗n to‗rtinchi – yovuz emasman. o‗n beshinchi – men tolibdurman, o‗n oltinchi - hisobchisi barcha narsaning. har narsani ko‗rguvchiman – o‗n yettinchisi, asraguvchi ham o‗zimman – o‗n sakkizinchi, yaratguvchi mening o‗zim - o‗n to‗qqizinchi, yigirmanchi – men mazdaman (27; 8-11-betlar). ―avesto‖ ta‘limotida jismoniy va ma‘naviy dunyo uch hayotiy davrga bo‗linadi. birinchi davr eng qadimgi davr sanalib, u ilk hayotni bildiradi. bunda ham jismoniy, ham ma‘naviy dunyoda yaxshilik tantana qiladi. dunyoda yorug‗lik va insoniy saodat hukmron bo‗lgan. yagona jinoyatchi - hokim yima vivaxvant bo‗lib, u kishilarni batamom rozi qilmoq uchun ularga mol go‗shti yediradi. ikkinchi davr hozirgi davr bo‗lib, bu davrda yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‗rtasida kurash davom etadi. uchinchi davr - bo‗lg‗usi hayot. bu davrda aql-idrok va adolat tantanasi o‗rnatiladi. bo‗lg‗usi yaxshi hayotni artu o‗rnatib, dehqonlar badavlat, hokimiyat esa mustahkam bo‗ladi, deyiladi. ―yaxshilik ta‘limni va sadoqatni amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. odamlarga va ularning avlodlariga baxt- saodat keltiradigan ta‘limni amalga oshirsinlar‖. zarushtiylik ta‘limotida 15 yosh balog‗at yoshi sanalgan. o‗smir balog‗at yoshiga yetganda unga zardusht qonunlari – falsafa, axloq-odob qoidalari va axloqiy yo‗riqlar mazmuni o‗rgatilgan. o‗smirlarning xudojo‗y mehnatkash, adolatli bo‗lib voyaga yetishlari, o‗y-niyat, so‗z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e‘tibor berilgan. bolalarga ularning yoshligidayoq ko‗chat o‗tkazish, daraxtlarni parvarish qilish, uy-ro‗zg‗or buyumlarini yasash, yerga ishlov berish hamda chorva mollarini boqish borasidagi bilimlar berilib, amaliy ko‗nikmalarning hosil bo‗lishiga alohida e‘tibor qaratilgan. zardushtiylik ta‘limotining axloqiy yo‗riqlariga binoan inson tomonidan o‗z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma‘naviy poklik sanalgan. ayollarga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko‗rsatish asosiy insoniy burch hisoblangan. diniy g‗oyalarga ko‗ra tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddas sanaladi, odamlar ularni e‘zozlash, quyoshga sajda qilishga da‘vat etiladi. zardusht ta‘limotida shaxsiy va turmush gigienasiga qat‘iy amal qilish kishilar o‗rtasida turli xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanligi alohida uqtiriladi. shu o‗rinda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqligiga urg‗u beriladi: qabristonlarning shahar yoki qishloqdan tashqarida bo‗lishiga alohida e‘tibor berish, hayvonlarning qabrlarni oyoq osti qilmasliklari uchun qabristonlarning atrofini o‗rab qo‗yish, mayit (o‗lik)ni yuvish vaqtida ozodalikka rioya qilish, murda tekkan libos yoki murda qo‗yilgan joyni suv yordamida yuvib tashlash, turli jonzotlarning o‗ligi (inson murdasi) tushgan suv havzalarini bir necha bor qatron qilish (havzani yomg‗ir yoki daryo suviga bir necha bor to‗ldirib, suvni havzadan chiqarib tashlash), badan va sochning toza bo‗lishiga ahamiyat berish, tirnoqlarni vaqti-vaqti bilan olib turish, kuniga besh marta yuvinish va hokazolar. zardusht g‗oyalarining amaliy ahamiyati shundaki, ularda turli kasalliklarning oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini ta‘minlovchi usullar to‗g‗risida ham ma‘lumotlar beriladi. bu boradagi usullar quyidagi uch guruhdan iboratdir: 1) axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko‗mib tashlash; 2) olov yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida mikroblarni yo‗q qilish; 3) kimyoviy usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - sandal va isiriq tutatish, aloe, piyoz, sarimsoq, qizil qalampir va hokazolarni iste‘mol qilish) orqali mikroblarni yo‗qotish, orqali yuqumli kasaliklarga barham berilgan. ta‘limot mazmuniga ko‗ra kasallik tarqatuvchi ayrim hashoratlarning o‗ldirilishi evaziga suvni saqlash qoidalarini buzgan yoki itni o‗ldirgan kishilarning gunohi kechirilgan. bu o‗rinda alohida me‘yor belgilangan, ya‘ni, yuqorida qayd etilgan gunohni sodir etgan kishi 1ooo ta echkiemar, 1ooo ta suv qo‗ng‗izi, yoki kasallik tarqatuvchi pashshani o‗ldirishi yoki 1o.ooo ta ruhiyatni tetiklashtiruvchi o‗simlik bargi, barsum berishi lozim bo‗lgan. bizga yaxshi ma‘lumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida tez tarqaladi va keng hududga yoyiladi, shu bois ―avesto‖ g‗oyalariga ko‗ra ularni asrash, ulardan foydalanishga nisbatan oqilona munosabatni qaror toptirish o‗ta muhim sanalgan. ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 4oo qamchi urish bilan jazolanganlar. zardushtiylik ta‘limotida ovqatlanish qoidalari xususida batafsil so‗z yuritilib, ularga qat‘iy rioya etish lozimligi alohida ta‘kidlanadi. zero, insonning salomat bo‗lishi, o‗z burchlarini to‗laqonli ado eta olish imkoniyatiga egaligi uning ovqatlanish qoidalariga nechog‗li amal qilganligiga bog‗liq bo‗ladi. darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni ham bajara olmaydi. insonning ma‘naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan aloqador ekanligi asarda alohida qayd etilgan, xususan, ―yasna‖larda ―yeb- ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishga quvvati yetmaydi‖, - deyiladi. zardushtiylikda kishini holdan toydiradi degan fikrga ko‗ra ro‗za tutish man etilgan. inson holdan toysa, o‗z zimmasiga yuklangan vazifani bajara olmaydi, ya‘ni, axura mazdaga yordam bera olmaydi, bu esa yovuz kuchlarning ezgulik kuchlari ustidan g‗alaba qilishiga sharoit yaratib beradi, deyiladi. och qolish va yaxshi ovqatlanmaslikning inson xulqining shakllanishga ham ta‘sir etishi quyidagicha ta‘kidlanadi: ―oziq-ovqat yaxshilanishi bilan xalqning axloq-odobi ham kuchayadi. non mo‗l-ko‗l bo‗lsa, axloqiy so‗zlar, ilohiy fikrlar yaxshiroq idrok qilinadi‖. zardushtiylikda may iste‘mol qilish ta‘qiqlanmagan. mayni me‘yorida iste‘mol qilish kishi organizmini mustahkamlaydi, ya‘ni, ovqat yaxshi hazm bo‗ladi, qon yaxshi yurishadi, kishi yaxshi uxlaydi, bu holatlar esa uning unumli ravishda aqliy mehnat qilishiga yordam beradi, kishilar o‗rtasida do‗stona munosabatlarning qaror topishiga ko‗maklashadi, axloqi yomon kishilar bilan axloqi yaxshi kishilarni bir-biridan ajratib olishiga yordam berishi qayd etib o‗tiladi. zardushtiylikda dunyoviy noz-ne‘matlardan voz kechish talab etilmaydi, balki noz-ne‘matlarni me‘yorida iste‘mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson hayotining ―yaxshi kun ko‗rish uchun zarur narsalar mo‗l-ko‗lchiligida‖ xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o‗tkazishi lozimligi to‗g‗risidagi fikrlar ilgari suriladi. ―ard yasht‖ning 17-bobi baxt muammosiga bag‗ishlanib, unda moddiy farovonlikka erishish birinchi o‗ringa qo‗yiladi. axloqan mukammal bo‗lgan insonning baxt-saodatga erishishi muqarrar ekanligi ta‘kidlanadi. insonning baxt- saodatga ega ekanligini ko‗rsatuvchi omillar sifatida quyidagi holatlar keltiriladi: uning sog‗-salomatligi, uzoq umr ko‗rganligi, sevimli xotini va bolalarining borligi, shuningdek, oziq-ovqatining mo‗l-ko‗lligi. ularning uy-joylari shinam, chorvasi mo‗l, uzoq-uzoq vaqtlargacha mo‗l-ko‗lchilikda yashaydilar. biroq baxt-saodatga erishish uchun mehnat qilish lozim. shu bois, baxtga erishishning yagona va ishonchli yo‗li mehnat qilish ekanligiga alohida e‘tibor qaratiladi: ―chorvadorlar to‗q bo‗lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq lozim‖. zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra oila muqaddas hisoblangan. oila qurish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan. erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo‗lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo berilgan. u qopga solib kaltaklangan, peshonasiga tamg‗a bosilgan yoki beliga zanjir bog‗lab yurishga majbur etilgan. ko‗p bolali oilalarning davlat tomonidan mablag‗ bilan ta‘minlashi yo‗lga qo‗yilgan. egizak yoki bir yo‗la uchta farzand ko‗rgan ayollarning maxsus ravishda taqdirlanishlari e‘tirof etilgan. zardusht g‗oyalariga ko‗ra naslning sog‗lom bo‗lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o‗zaro oila qurishi man etilgan. ―avesto‖da inson omili, uning salomatligini ta‘minlash masalasi alohida bayon etilgan. bugungi kunda xalq tabobatida qo‗llanilib kelayotgan va kishilar salomatligi saqlashda muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma‘lumotlar beriladi. bildirilgan fikrlar mazmuniga ko‗ra mavjud kasalliklarni davolashda dorivor o‗simlik (giyoh)lar yordamida tayyorlangan vositalardan samarali foydalanilgani ma‘lum bo‗ladi. ana shunday dorivor vositalar sirasida kunjut, ko‗knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda sedananing nomi qayd etiladi. ayrim kasalliklarni bartaraf etishda dorivor o‗simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi va urug‗laridan tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta‘kidlanadi. kasalliklar rivojlanish davri, holati va turiga ko‗ra rejim asosida, duo o‗qitish, parhez saqlash, dori iste‘mol qilish, shuningdek, jarrohlik amallarini tashkil etish kabi yo‗llar bilan davolangan. asarda tabiblar tomonidan e‘tirof etilgan va ularning faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma‘naviy g‗oya bo‗lib xizmat qilgan qasamnoma matni ham keltirilgan. xulosa qilib aytganda, ―avesto‖ asarida insonning barkamol bo‗lib yetishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi va ezgulikning tantanasi Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling