Ihyou ulumid-din
payg‘ambarni) o‘z farzandlari kabi taniydilar. Va ulardan bir guruhi bilganlari
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy – gunohkordir»
- «(Ey Muhammad, insonlarni) Parvardigoringizning yo‘li – diniga donolik – hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat eting»
payg‘ambarni) o‘z farzandlari kabi taniydilar. Va ulardan bir guruhi bilganlari
holda haqiqatni yashiradilar» (Baqara surasi, 146-oyat). Bu oyat ilmni yashirish, boshqalardan bekitish haromligiga dalildir. Guvohlik hukmi bayon qilingan oyatda ham ilmni bekitishdan ogohlantiriladi: «Kim uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy – gunohkordir» (Baqara surasi, 283- oyat). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilm o‘rgatish fazilati haqida shunday marhamat qiladilar: «Alloh taolo payg‘ambarlardan so‘z, va’da olgani kabi, qaysi olimga ilm bergan bo‘lsa, undan ham ilmini yashirmasdan, odamlarga bayon qilish va’dasini Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 18 olgan».41 Alloh taolo aytadi: «(Odamlarni) Alloh(ning dini)ga da’vat qilgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib: «Shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlovchi kim bor?!» (Fussilat surasi, 33-oyat). Alloh taolo marhamat qiladi: «(Ey Muhammad, insonlarni) Parvardigoringizning yo‘li – diniga donolik – hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat eting» (Nahl surasi, 125-oyat). 41. Abu Nu’aym rivoyati. Alboniy bu hadisni juda zaif degan. Alloh taolo aytadi: «Unga yozish va ilm – hikmatni ta’lim beradi» (Oli Imron surasi, 48-oyat). Hadislarda bu haqda ko‘p rivoyatlar kelgan. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Muoz ibn Jabalni Yamanga voliy qilib jo‘natayotib: «Alloh taolo sen tufayli bir insonni hidoyat qilishi dunyo va undagi barcha narsalar seniki bo‘lishidan yaxshiroqdir», deganlar.42 Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Kim insonlarga ta’lim berish maqsadida bir bob ilm o‘rgansa, unga yetmish siddiqning savobi beriladi».43 42. Imom Ahmad Muozdan rivoyat qilgan. «Sahihati»da Sahl Ibn Sa’ddan rivoyat qilingan. 43. Abu Mansur Daylamiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan. Iso (a.s.): «Kim ilm o‘rganib, unga amal qilsa va uni boshqalarga o‘rgatsa, butun osmon farishtalari orasida «Buyuk» deb chaqiriladi», degan ekanlar. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni Alloh taolo obidlar va mujohidlarga: «Jannatga kiringlar», deydi. Shunda ulamolar: «Bular bizning ilmimiz sharofati bilan ibodat etdilar, jihod qildilar», deyishadi. Shunda Alloh taolo aytadi: «Sizlar mening huzurimda ba’zi farishtalarim kabidirsiz. Shafoat qilinglar, shafoatingiz qabul qilinadi». Olimlarning shafoatlari qabul bo‘lgach, jannatga kiradilar».44 Bu shafoat qilish haqqi «olimman» deganning barchasiga emas, balki ilmiga amal qilib, uni boshqalarga o‘rgatganlarga xosdir. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Alloh taolo insonlarga bergan ilmini ulardan qaytarib olmaydi. Lekin ilm olimlarning ketishi bilan yo‘qoladi. Har bir olim qaytsa (vafot qilsa), u bilan birga undagi ilm ham ketadi. Hattoki diniy maqomlar nodon, johil rahbarlar qo‘lida qoladi. Ulardan fatvo so‘ralsa, johilona fatvo beradilar, o‘zlari ham adashadilar, boshqalarni ham adashtiradilar».45 44. Abul Abbos Zahabiy Ibn Abbosdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan. 45. Muttafaqun alayh Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling